O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarni
5-shart. “Sakra quyoncha”. O‘qituvchining buyrug‘i bilan birinchi o‘yin qatnashchisi dastlab arg‘aimchada sakrab borishi va to‘p atrofidan aylanib orqaga qaytishi kerak. Shunday qilib barcha jamoa a’zolari shartni bajaradilar. Shartni murrakkablashtirish mumkin.
Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o’yinlari bo’lgan. Paleolit davri boysun tog’idagi teshiktosh g’oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o’rta paleolit) odam suyagining topilishi, Samarqand- dagi Omonqo’ton qishlog’idagi g’ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryo- ning Zarautsoy kamarida alvon rangdagi suratlar, Xo’jakent qishlog’idagi toshlarga chizilgan kiyik hamda ho’kiz tasviri va boshqa ko’pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, jumladan, bola- lar folklor o’yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug’ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonot olami va tabiat bilan bog’liq marosimlari aks etib, ov vaqtida jonivorlar terisidan niqob kiyib yurishlari, bir tomondan, ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni hurkitib yubormaslikni ko’zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e’tiqodlarini etnografiq hamda urf-odatlari, qadriyatlarini ham ifoda etadi. Farg’onaning Soymalitosh tog’i g’orlariga chizilgan rasmlar (eramizdan oldingi II—I asrlar) hayvon terisini yopinib, o’yinga tushayotgan shikor marosimlaridan dalolat beradi.
Estafetali harakatli o‘yinlar. O‘yin estafeta qoidqsiga muvofiq har bir mashqni bajarishdan avval o‘quvchilar yodiga solib turish kerak bo‘ladi. Mazkur darsni tashkil etishda sinf o‘quvchilarini 3-4 jamoaga bo‘linib, ularga sardorlar tayinlanadi. Birinchi bo‘lib shartni bajargan jamoa 3 ochko, keying guruhlarga 2, 1 va 0 ochkolari bilan rag‘batlantiriladilar. Rag‘batlantirish jarayonida jarimalarni ham inobatga olinadi. 1-shart. “Kenguru”. Bunda jamoa o‘in boshchisi to‘pni oyoq tizzalariga qisib olib o‘qituvchining buyrug‘ini kutadi. O‘qituvchi buyrug‘iga binoan o‘quvchilar belgilangan joygacha sakrab borib, sakrab qaytadilar. Startdan finish chizig‘igacha bo‘lgan oraliq masofa 10-15 metrni tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Shartni bajarayotgan o‘quvchi agarda to‘pni tizzalari orasidan tushurib yuborsa, shu joydan musobaqani davom ettiradi. Bu holat jamoaga jarima olib keladi. 2-shart. “Bo‘g‘irsoq”. Har bir jamoani qarshisida gimnastika o‘rindig‘i qo‘yiladi. Birinchi qatnashuvchi o‘quvchi chap qo‘liga kiglini, o‘ng qo‘liga to‘pni ushlaydi. O‘qituvchining buyrug‘i bilan o‘quvchi gimnastika o‘rindig‘i bo‘ylab o‘ng qo‘lda to‘pni dumalatib borib, kiglini halqa ichiga qo‘yib, chap qo‘lda to‘pni gimnastika o‘rindig‘i ustida dumalatib qaytadi. Keyingi o‘quvchi aynan shu mashqni o‘zini bajaradi, ammo qaytishida halqa ichidagi kiglini olib kelib keyingi o‘quvchining qo‘liga beradi: