Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat kirish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə5/9
tarix16.08.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#139541
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu; O\'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat

I.4-rasm. Terak (Populus deltoides) barglari hujayrasi endoplazmatik retikulumining tuzilishi. 1-Granular endoplazmatik retikulumning sisternalari, 2-ribosomalar, 3-Goldji apparati donachalari, 4-diktiosomalar, 5-vakuolalar.
Uning membranasi yadro membranasi va ichki muhitdagi moddalar almashinuvini boshqaradi. Endoplazmatik to‘rlar bir-birlari bilan plazmodesma iplari bilan tutashib umumiy hujayralararo va organoidlararo moddalar almashinuvini ro‘yobga chiqaradi.
Goldji apparati (GA). Ular 7-8 nm qalinlikdagi membrana bilan o‘ralgan diktiosomalar, vezikulalar va sistemalar to‘plamidan iboratdir. Ular endoplazmatik to‘rdan pufakchalar holda ajralib disk tayoqchalar ko'rinishida to‘planadi. 0 ‘simlik hujayralarida bir nechtadan bir necha yuztagacha GA uchrashi mumkin. GA ni membranasi endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranasi bilan tutashgan bo'ladi. GA 18 plazmolemma va hujayra qobig‘ini shakllanishida ishtirok etadi. Shuningdek, GA, vezikulalari tufayli hujayralarda sekretorlik ya’ni shilimshiqsimon-suyuq moddalarni chiqarib tashlashda ham qatnashadi.
Golji apparatining diktiosomalarida gliko-proteinlar va gliko-lipidlar shakllanadi.

I.5-rasm. Goldji apparati tuzilishi (Aleksandrova, 1976)
Golji apparati membranalarida hujayra devorining sintezi uchun zarur ayrim moddalar ham yig‘iladi. GA vezikulalari yordamida uglevodlar komponentlari plazmolemmaga o‘tadi. Shuningdek, GA membranalari plazmolemma va ER membranalari o‘rtasida bogMovchi bo‘lib xizmat qiladi. UlhoNoiniiliir. Bular ribonukleoproteidli zarrachalar bo’lib, inomlimiutMi bo'linaydi, RNK va oqsillardan tashkil topgan. Har bir hujayrada bir nucha o‘n minglab ribosoma uchraydi.
Ribosomalaming har biri ikkita nukleoproteiddan iborat bo‘lib diametri 20-30 nm. Ular katta va kichik bo‘lakchalardan tuzilgan, bo‘lib kattasining diametri odatda 12-15 nm, kichigi esa 8-12 nm atrofida boMadi. U yadrochada sintezlanadi va sitoplazmaga tushib mRNK molekulasida yigMladi. Ular si* plazmada erkin holatda yoki endoplazmatik to‘r membranasiga ayrim hollarda yadro membranasiga yopishgan holatda hamda polisomalar holatida bolishi mumkin.
Ribosomada rRNK, oqsil va oz miqdorda lipidlar uchraydi. Ribosomalar yadroda, xloroplastlar va mitoxondriyalarda uchrab ularda faqat oqsil sintezlanadi. Sitoplazmadagi ribosoma 80S boMib, u 40S va 60S boMaklardan iborat. Ushbu nukleoproteidlar bir biridan o‘zlaridagi rRNK va oqsil miqdorlari bilan ham farqlanadilar. Masalan, sitoplazma ribosomasining 40S boMakchasi 1 molekula rRNK va 30 molekula oqsil tutsa, 60S 3 molekula rRNK va 45-50 molekula oqsil tutadi.
Mitoxondriya ribosomasi esa 70 S boMib, u 50S (2 mol. rRNK) va 30S (1 mol. rRNK) boMakchalardan tashkil topgan. 0 ‘simliklaming muxtor organoidi xloroplastlar ribosomasi ham 70S boMib, o‘zida 3 mol. 19 rRNK tutgan 50S va 1 mol. rRNK tutgan 30S hamda 46% oqsildan iboratdir. Ribosomalarda boradigan oqsillar sintezida har xil komponentlar qatnashadi.
Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar ham xuddi xloroplastlarga o ‘xshash yadro membranalaridan uzilib chiqqan pufakcha-initsial tanalardan hosil boMadi. Mitoxondriyalar ham qo‘sh membranali organoiddir (I.6-rasm).

I.6-rasm . Mitoxondriyalaming tuzilishi (Palad,1953) I— tashqi membrana, 2—ichki membrana, 3-matriks, 4-kristlar, 5-kristlarning ichki membranasi ATFsomalari.
Ularda aerob nafas olish, oksidlanishli fosforirlanish sistemasi mavjudligi sababli hujayradagi asosiy energetik jarayonlar va ATF sintezi shu organoidda boradi. 0 ‘simlik hujayrasi mitoxondriyalarining uzunligi 1-5 mkm, diametri 0,4-0,5 mkm boMib shakli dumaloq, gantelsimon ko‘rinishdadir.
Bitta hujayrada 50-2000 atrofida mitoxondriyalar boMishi mumkin. Bu hujayraning ontogenezda bajaradigan ishiga bogMiq. Mitoxondriyalar ham tashqi va ichki membrana bilan o‘ralgandir. Ichki membrana kristlar deb ataluvchi har xil qatlamlarni hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki muhiti matriks deyiladi.
Matriksda ribosomalar, RNK va halqa shaklida joylashgan mitoxondrial DNK boMganligi uchun mitoxondriyadagi oqsilning bir qismining sintezi uchun javob beradi. Ammo hamma o‘simliklarda ham mitoxondriyaning tuzilishi, ko‘rinishi bir xilda emas. Mitoxondriyalaming o‘z genetik sistemasi va replikasiyalanuvchi DNK molekulasi mavjudligi ularga mustaqil boMinish xususiyatini beradi. 0 ‘simlik hujayrasida mitoxondriyalar har 5-10 kunda yangilanib turadi. Ammo mitoxondriyalaming tashqi membranasi ichkisiga nisbatan tez yangilanadi.
Mitoxondriyalaming ichki membranasida ATF sintezi bilan boradigan elektronlar va protonlar tashiluvini amalga oshiruvchi ATF sintetaza va elektron tashuvchi zanjir komponentlari joylashgandir. Shuningdek, matriksda ikki- va uchkarbon kislotalar oksidlanishni, lipidlar, aminokislotalar va boshqa organik moddalar sintezi sistemalarining fermentlari joylashgandir. Shuni aytib o‘tish kerakki, 0‘simlik mitoxondriyalari membranalarida ionlar va moddalaming tashiluvi o‘ziga xos tarzda kechadi. Buni biz quyidagi I.7-rasmda keltirilgan ma'lumotlardan ham ko‘rishimiz mumkin.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin