Mavzu; O'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat kirish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/9
tarix16.08.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#139541
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu; O\'simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi. Refarat

0 ‘SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI

Hujayra hayotning tuzilma va funksional birligidir. Hujayra (grekcha-sytos yoki lotincha-sellula) so‘zini birinchi bor Robert Guk 1665-yilda qo‘Hagan. Biologiya fanining asosiy yutuqlaridan bo‘lgan hujayra nazariyasi 1839-yilda. M.Shleyden va T.Shvann tomonidan yaratilgan (I.l-rasm).



I.l-rasm . Elektron mikroskopda kuzatilgan o‘simlik hujayrasining umumiy ultratuzilishi (N.Grin, U.Stauta, D.Teylor, 1990). I—о 'rta plastinka, 2—qo 'shni hujayra qobig 7, 3—sitoplazma bo 'ylab erkin joylashgan ribosomalar, 4—g 'adir-budur endoplazmatik retakulum, 5—endoplazmatik retakulum bilan bog'Iangan ribosomalar, 6—xloroplastlar, 7—xloroplast qobig'i (ikkitamembrana), 8—granlar, 9—mitoxondriya, 10-Golji apparati, II—hujayra shirasi, 12—tonoplast, 13—vakuola, 14—Golji pufakchalari, 15—mikroJilamenliar (hujayra bo ‘ylab tarqalgan), I6—miktronaychalar (ко 'pchilik hollar do hujayra atrofida joylashgan bo 'ladi), l7—sUoplazm,I8—plazmatik membrana, 19-silliq endoplazmatik retikulum, 20-euxromatin, 2 l—geteroxromatin, 22—xromatin, 23—yadrocha,
24—yadrog'ovagi, 25—yadroqobig‘i (ikkita membrana), 26—yadro, 27—hujayra qobig 7, 28—plazmodesmalar.
0 ‘simlik hujayralari turli ko‘rinishlarda boMishi mumkin (I.2-rasm).

1.2-rasm. 0 ‘simlik hujayrasining formalari (N.S.Kiseleyva, N.V.Sheluxina, 1969): A-parenximatik: 1—sharsimon, 2-silindrsimon, 3-kuhsimon, 4-tahletkasimon, 5-yulduzchasimon; B-prozenximatik.
Tabiatdagi organizmlar hujayra tuzulishiga nisbatan ikkita guruhga bo'linadi: 1-prokariotlar-hujayrasida, shakllangan yadro boMmaydi, ulnrga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari kiradi. 2-cukarlotlar-hujayrasida albatta shakllangan yadro bo‘ladi.
Ulurga o'simlik va hayvon organizmlari kiradi. Bir organizm tarkibiga kiruvchi hujayralar tuzilishida ham bir-biridan sezilarli darajada farq bo'lishi mumkin. Ko‘p hujayrali organizmlarda maxsus funksiyalami bajaruvchi yuqori darajada mutaxassislashgan hujayralar uchraydi. Har bir tirik hujayraning o‘ziga xos bo‘lgan ko‘pgina vazifalar funksiyalar mavjuddir.
0 ‘simliklar hujayrasi ham barcha eukariot organizmlar hujayrasiga o‘xshashdir. Ammo ulardan farqli o‘laroq o‘simlik hujayrasida fototrof oziqlanish uchun xos bo‘lgan plastidlar, hujayrani o‘rab tumvchi polisaxarid devori hamda turgomi saqlab turish uchun muhim bo‘lgan markaziy vakuola mavjud. BoMinuvchi o‘simlik hujayrasida esa sentriollar yo‘q. Tirik hujayra yarim o ‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan membrana bilan chegaralangan bo‘lib, o‘zini qayta qurish qobiliyatiga ega. 0‘simlik hujayralari ko‘rinishi jihatidan ikki xil bo‘lishi mumkin. Ulardan nisbatan ko‘proq ucliraydigani parenximatik va prozenximatik hujayralardir.
Parenximatik hujayralaming eni bo‘yiga teng bo‘Iib, ko‘proq kvadratga o‘xshash bo‘ladi. Masalan, asosiy to‘qima hujayrasi (0,04 mm2). Prozenximatik hujayralaming bo‘yi enidan bir necha barobar katta bo‘ladi. Masalan, paxta tolasi bir hujayradan iborat bo‘lib, uzunligi 35-40 mm, qichitqi o‘tining po‘stloq tolasining uzunligi esa 70-80 mm. 0 ‘simlik hujayralarining ko'rinishi va bajaradigan vazifalari har xil bo'lsa ham, ular umumiy tuzilishga ega.
0 ‘simlik hujayralarida dastlab hujayra qobig* ini va ichki tarkibiy qismni farqlash zarur. Hayotiy xossalar aynan hujayra ichki qismi bilan belgilanadi. Uni protoplast deb ataladi. Voyaga yetgan o‘simlik hujayrasi vakuolaga ega, u hujayra shirasi bilan to‘lgan bo‘ladi. Protoplast, sitoplazma va unda joylashgan yirik organellalaridan iborat: yadro, plastidalar, mitoxondriyalar va boshqalar. Sitoplazma murakkab sistema bo‘lib, Vinda Goldji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosoma, nvkronaycha va boshqa submikroskopik tuzilmalar joylashgan. Organizmning hujayralari bir-birlari bilan plazmodesmalar deb ataluvchi sitoplazmatik ipchalar-kanalchalar bilan bog‘langan bo‘lib ular orqali hujayralararo moddalar almashinuvi ro‘y berib turadi. Hujayra po‘sti. U hujayra va to‘qimalarga mexanik mustahkamlikni beradi va protoplazmatik membranani vakuola shirasining gidrostatik bosimidan himoya qiladi hamda moddalami yutilishida ishtirok etadi.
Yosh hujayralarda po‘st o'sish qobiliyatiga ega. U protoplast komponentlaridan hosil bo‘ladi. Ona hujayra boMinayotganda 2 dona yosh hujayra oralig‘ida parda, ya’ni to‘siq hosil boMadi va u eski po‘st bilan qo‘shilib ketadi va hosil bo‘lgan 2 dona yangi hujayra ham avvalgi qattiq po‘stga o‘raladi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, hujayra qobig*ining 100 mkm yuzasida 10-30 donaga yaqin plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po'sti tarkibida selluloza, gemiselluloza va pektin moddalari (ko‘pchilik hollarda ulaming nisbati mos ravishda 30%; 40%; 25% nisbatda) uchraydi. Hujayra po‘stining yo‘g‘onlashishi asosan ichki tomondan kuzatiladi. Mikroskopik analizlar shuni ko‘rsatadiki hujayra po‘sti uch qavatdan iboratdir.
Asosan ichki qavat yo‘g‘onlashish xususiyatiga ega. 0 ‘rta qavat-ikkilamchi qavat, tashqi qavat esa uchlamchi deb ataladi. Hujayra po‘stida ham enzimatik-fermentativ jarayonlar sodir bo'lishi kuzatilgan. Hujayralaming yosh po‘sti tarkibida ko‘proq invertaza, fosfataza, askorbatoksidaza va boshqalar mavjud.
Shuni aytib o‘tish lozimki, hujayra po‘sti suv va unda erigan moddalami yaxshi o‘tkazadi. Biroq hujayra po‘stini yog‘ochlashishi o‘tkazuvchanlikni sezilarli darajada pasaytiradi, po‘kaklashish esa o‘tkazuvchanlikni keskin kamaytiradi, natijada hujayra nobud bo'ladi. Hujayra membranasi.
Hujayra va uning tarkibiga kiruvchi barcha organoidlar membrana bilan chegaralangandir. Membranalar hujayralarni ayrim kompartmentlarga ajratadi. Membranalarda o‘ta hayotiy muhim bo'lgan jarayonlar sodir bo'ladi, ya’ni to‘siqlik, tashiluv, osniotik, energetik, biosintetik va boshqalar. Biologik membranalarning tuzilishi.
Membranalar asosan lipoproteidli tuzilmalar bo‘lib 60% oqsil moddalardan, 40% esa lipidlardan, xususan, fosfolipidlardan iborat. Ulaming qalinligi 6-10 nm. Membrana shakllanishida gidrofob bogMarga asosiy o‘rin beriladi: lipidlipid, lipid-oqsil, oqsil-oqsil. Bundan tashqari, membrana tarkibiga yar.i har xil funksiyani bajaruvchi oqsillar ham kiradi (tashuvchi, ion kanali va nasos vazifalarini bajaruvchi).
Keyingi vaqtlarda membranalarda qandlar va aminokislotalami tashuvchi oqsillar ham topilgan. Shuningdek, membranada polisaxaridlar, nuklein kislotalar, sezuvchi sistemalar (retseptorlar) ham joylashgan. Bundan kelib chiqadiki, membranalar hujayraning boshqa kompartmentlaridan metabolitik funksiyalami bajarishi bilan ham ajralib turadi. Biologik membranalarning tuzilishida hozirgi vaqtda ko‘proq suyuqlik-mozaikali tuzilishga e’tibor beriladi. Bu gipotezaga asosan, membrananing asosini o‘zida qisman boshqa lipidlami (galaktolipidlar, stearinlar, yog‘ kislotalari) tutgan ikki qavatli fosfolipidlar tutadi.
Fiziologik haroratlarda to‘yinmagan yog‘ kislotalari tufayli ayrim suyuq g‘ovakchalar vujudga keladi. Ushbu holga stearinlar ham yordam beradi. Biologik membranalar lipid tuzilishi bo‘yicha assimetrikdir. Chunki ulaming ikki tomoni har xil gidrofil muhitlarga qaralgandir. Tashqi qavatda ko‘proq stearinlar va glikolipidlar mavjud (I.3-rasm).


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin