Salomlashishrituali. Bu o’zaro guruhda jamoaviylik, kirishimlilik, o’zaro ishonch va umumiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ritual bo’lib, bunda amaliy psixolog o’zining tajribasidan kelib chiqqan holda turli salomlashuv mashg’ulotlaridan foydalanishi mumkin yoki buni guruhning tashabbusi bilan turli shakllarda tashkil qilishi ham mumkin. Lekin amaliy psixolog tajribadan o’tgan, jamoaviylik va o’zaro ijobiy munosabatlarni shakllantiruvchi usullardan foydalangani ma’qulroq.
Chigil yozdi mashqlar. Bu mashqlar, guruhni emotsional boshqarishga yordam beradi. Ular orqali guruhni faollashtirish, emotsional bosimni olib tashlash yoki shunchaki tinchlantirish mumkin. Bu mashqlar xususiyatiga qarab asosiy mashg’ulotga jalb qilish maqsadida tanlanishi lozim, chunki ayrim mashg’ulotlar faollikni yuqori emotsional kayfiyatni talab etsa, ayrimlari shunchaki diqqatni jamlashni talab etadi.
O’tganmashg’ulotrefleksiyasi (qayta aloqa, o’tgan uchrashuvdagi mashg’ulotda egallangan bilim-ko’nikmalarni qisqa muhokama qilish) Bu element, o’tkazilayotgan psixokorreksion tadbirning mustahkamlovchi mexanizmdir.
Refleksiya otatda yoqdi-yoqmadi, tushundim-tushunmadim, yaxshi bo’ldi-yomon bo’ldi tarzida amalga oshadi. Refleksiyaning asosiy maqsadi mashg’ulot mohiyatini o’smir xotirasida qoldirish, bu nima uchun kerak, hayotda uning qanday foydasi bor degan savollarni faollashtirib, unga kerakli- bilim ko’nikmani singdirish.
Refleksiyada albatta amaliy psixolog turli savollar bilan o’smirga qayta aloqa qilishga yordam berishi, qo’llashi lozim, chunki gohida uning shunchaki so’z boyligi yetmasligi yoki biror kompleks halal berishi mumkin.
Asosiymashg’ulot. Bu – psixologik mashg’ulotlar, psixotexnikalar, usullardan foydalanib qo’yilgan topshiriqni yechishni nazarda tutuvchi jamlanma bo’lib, korreksion-rivojlantiruvchi xususiyatni kasb etishi lozim. Shu o’rinda bilish jarayonlari, ijtimoiy-psixologik ko’nikmalar va jamoaviy dinamikani rivojlantirishni asosiy ko’zlangan natija qilish lozim.