Mavzu: Ota-onalar jamoatchiligi va ularning ish faolyati
Reja:
Kirish.
I Bob Maktabgacha talim muassasalari va oila hamkorligi.
1.1 Bola tarbiyasida oilaning o’rni haqida mutafakkirlar talimoti.
2.1 Maktabgacha talim muassasining ota-onalar bilan hamkorligi ishining
mazmuni va usullari.
II Bob Ota-onalar jamoatchiligining ish faolyati.
2.1 Ota-onalar qomitasi va jamoatchilik bilan ishlash.
2.2 MTM ning ota-onalar bilan ishining yllik rejasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mundareja:
Kirish.
II Bob Maktabgacha talim muassasalari va oila hamkorligi.
1.1 Bola tarbiyasida oilaning o’rni haqida mutafakkirlar talimoti.
2.1 Maktabgacha talim muassasining ota-onalar bilan hamkorligi ishining
mazmuni va usullari.
II Bob Ota-onalar jamoatchiligining ish faolyati.
2.1 Ota-onalar qomitasi va jamoatchilik bilan ishlash.
2.2 MTM ning ota-onalar bilan ishining yllik rejasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
O'zbekistonRespublikasining mustaqilligi sharoitida
demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy
harakat mustaqil fikrlash layoqatiga ega, aqliy, ma'naviy- axloqiy va jismoniy
jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqdi.
Zero, sog'lom avlod va uning ijtimoiy faolligi milliy hamda umuminsoniy
qadriyatlar ustuvorligi ta'minlangan huquqiy jamiyatni barpo etish imkoniyatini
beradi.
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonun va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda “Sog'lom avlod” davlat dasturi mazmunida o'z
aksini topgan g'oyalar insonni intellektual va ma'naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalash,
bo’lajak Mudiralarda sog'lom shaxsni tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish
imkonini beruvchi eng maqbul yo'l ekanligini ifoda etadi.Yoshlar salomatligini
mustahkamlash, ularda mafkuraviy va jismoniy jihatdan xavfli sanalgan salbiy
odatlarning qaror topishini oldini olish, ularga qarshi kurashuvchanlik immunitetini
hosil qilish, pedagogika nazariyasi va amaliyotida keng ko'lamda tadqiq etilishi
lozim bo' lgan muhim muammolardandir.
Mavzu doirasida qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga qaramasdan,
Kurs ishi olib borilishini taqozo etgan mazkur muammoning dolzarbligini quyidagi
omillarni belgilaydi: - ijtimoiy - siyosiy omil. Tarixiy xronologik manbalarni
o'rganish natijasida shunday to'xtamga kelish mumkin: inson mavjud ekan, uning
hayoti va salomatligi muhofazasini ta'minlash dolzarb ijtimoiy masalalardan biri
sifatida e'tirof etilib, mazkur muammoga o'sha davr ehtiyojiga ko'ra o'ziga xos tarzda
yondashilgan.Jamiyatda sog'lom bolalarni tarbiyalash o'sib kelayotgan yoshlarni
jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo'lgani kabi bugungi kunda
ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.Hattoki, 1-
prezidentimiz I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12
yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida xalqning sog'lom va farovon
hayot kechirishini asosiy sharti insonning “...hayot tarzini, hayot kechirishini to'g'ri
tashkil qilishi, o'z salomatligiga bo'lgan oqilona munosabatidir” deya ta'kidlab,
sog'lom bolalarni tarbiyalash va madaniyatini jamiyat a'zolari ongida qaror toptirish
kechiktirib bo'lmaydigan muammo ekanligini qayd etgan holda - 2005 yilni
mamlakatimizda “Sihat - salomatlik yili” deb e'lon qildilar.
Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali
pedagog uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash vazifalarini to’laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi
ta'lim-tarbiyaviy pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga
oshirilishi uchun zarur shart -sharoitlarni ta'minlaydi. O’z jamoasida ishchanlik
maqsadga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi.
Mudira o’z ishida-davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan
qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi.
Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik tamoyillik o’ziga va qo’l ostidagilarga
talabchanlik. Bu mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi to’g’ri o’zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish
intizomligiga rioya qilishni ta'minlaydi.
Rahbarlik mavqei mudira o’z g’oyaviy, ma'naviy ma'rifiy, siyosiy - huquqiy
saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni
bolalarga ta' lim - tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi
bosqichda maktabgacha ta'lim oldida turgan vazifalarni bilishga va o'z bilimlaridan
amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U dastur metodik instruktiv,
normativ xujjatlarni yaxshi bilishi va ularga amal qilishi kerak. U pedagogik
jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darhol bartaraf qilish
choralarini ko'rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Xalq ta'limini boshqarish organlari
tomonidan oliy ma'lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega
bo'lgan yoki o'rta mahsus ma'lumotiga va 5 yildan kam bo’lmagan pedagogik ish
stajiga ega bo'lgan shaxslardan tanlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida
qadrlarni tanlash joy-joyiga qo’yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi
maktabgacha ta'lim muassasasi kengashining faol ishtirokida ma'muriyat amalga
oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari qadrlarning kasb mahoratini,
umumiy ta'lim mahoratini umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam
uyishtirib borishiga g’amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va
maktabgacha talim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z
vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar rezervi shakllantirilib, ular bilan
doimiy ish olib boriladi.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasining butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u
maktabgacha
ta'lim muassasasini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish
ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarini to'gri taqsimlash,
muassasasini oziq - ovqat moddalari bilan ta'minlash rejimini to'g’ri tashkil etish
rejasida maktabgacha ta'lim muassasasini bolalar bilan to'ldirish, ta'lim-tarbiya
dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, taomnoma
sifatini vitaminga boy bo' lgan moddalar bilan ta' minlashi (kamida haftada 2 marta)
xamirli ovqatlari (bulochka, pechenye). Pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi
xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirish ishlari
bo'yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash muhofaza qilishi uchun bolalar muassasasida to'g’ri
rejalari, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigienik qoidalarning bajarilishiga,
tadbirlar o'tkazadi. Qishga oziq-ovqat mahsulotlarini jamlaydi. Vitaminga boy
bo'lgan mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari o'z
vaqtida oylik maosh bilan ta'minlanadi.
Mehnatga ishchilarning intizomiga qat'iy rioya qiladi. Ish yuritish qattiq
nazorat qilinadi. Katta xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi. Aktiv xodimlarni
rag’batlantiradi. Mudira maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan joriy
kapital remontga bosh rahbardir. Zavxoz, kladovshik, kir yuvuvchi, kastilyansha,
bog’bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, shafyor bilan yakkama -
yakka suhbat o'tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etiladi.
Mudiraning tashkiliy - pedagogik ishlarini rahbarligi. Tashkliy - pedagogik
jarayonlarga quyidagilar kiradi. 1). Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik qilish.
2)
. Ochik tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq
tadbirlar
va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va taxlil qilish. Masalan, ochiq
mashg’uloti, sayrlarni kuzatish.
3)
Xalq ta'limi bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va
bolalarni ko'rik-kurslarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, sanat bayrami, sport
bayramlarini o'tkazish.
Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy jarayonlariga rahbarligi quyidagilar:
a)
har bir guruhdagi ta'lim- tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va taxlil qilish,
tarbiyachining ish xujjatlarini o'rganish va taxlil qilish guruhning ta'lim- tarbiyaviy
ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning xisobotidir.
b)
guruhning jixozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib
boradi.
Mudira kvartalda birinchi Mart kuni umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi.
Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1
haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir
muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla komissiasi bilan ish metodlari quyidagi tarzida
amalga oshiriladi:
1.
Ota-onalar va jamoatchilik uchun konferensiyalar.
2.
Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar,
xalq ta'limi bo'limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar
Universitetning asosiy maqsadi:Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar
tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. Mudira
tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib 1 yilga mo'ljallangan reja asosida ish
ko'radi. 1- yilga mo'ljallangan reja asosida maktabgacha ta’lim muassasasi
vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar choralar, bolani maktab
ta'limiga tayyorlash, lotin alifbosi o'qish yozish, mukammal o'rganish. Bunda
Mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) ma'muriy xo’jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha bolalarni
joylashtirish, maktabgacha ta'lim muassasasi dasturining maktabgacha ta'lim
tizimiga belgilangan xarajatlarni o'z vaqtida joy - joyiga qo'yib ishlatishni tashkil
etish, bolalarni ovqatlantirishini to'g’ri tashkil etish, yozgi sog’ lomlashtirish
sezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g’ri joylashtirish va ishlash
malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasiga kerakli texnikaviy va xo'jalik materiallari
bilan muntazam ravishda ta'minlab turish, binoni jihozlash bilan (qattiq va yumshoq
inventarlar) jihozlash, binoni o'z vaqtida remont qilish va o'quv-ko'rgazmali
qurollari bilan to'ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik xujjatlarda
tavsiya etilgan ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnatni estetik tarbiyalash
maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta' minlash,
bolalar maydonchasi va uchastkasini to'g’ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda
ularni bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini
hisobga olishi, vrach bilan birgalikda meditsina ishlarini nazorat va bolalarni
sistemali medisina ko’rigidan o’tkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo’jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy ma'naviy-ruhiy muhit
yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi
maktabgacha ta'lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma'muriyatini ularning
kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qo'yuvchi zarur choralar
ko'radi; maktabgacha ta'lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma'muriy- buyruqbozlik
urinishlariga uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi; shu
masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojat qiladi.
Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan harakat qiladi,
barcha shuhrat va jamoat korxonalari, muassasalar va tashkilotlarida uning
manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch
qog’ozlarini beradi, banklarda xisob va boshqa schotlarini ochadi; maktabgacha
ta'lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni
xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, suhbatlardan va ayrim shaxslardan naqd
pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish xuquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasasi xuquqi doirasida buyruq chiqaradi,
ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar maktabgacha ta'lim muassasasining
barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta medodist
xamshirasi, xo'jalik mudirining o'z xuquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari barcha
xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat:
Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina
hamshirasi), pedagogika, meditsina, xizmat ko’rsatish tarmoqlari hodimlari.
Maktabgacha tarbiya muassasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli
moddiy resurslarni berkitadi. Mudira mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning
asosiy shakli umumiy yig’ilishidir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavini ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurligini aniqlaydi, kengash
tarkibini va uning raisini saylaydi;
yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida
ma'muriyat xisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining
samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi;
Jamoa shartnomasini muxokama qiladi va kasaga uyushmasi qo'mitasiga
taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: |