Mavzu: Ota onaning xulqi Reja: Kirish


Oilada er-xotin xulq atvori



Yüklə 89,24 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü89,24 Kb.
#184727
1   2   3   4   5
Bola tarbiyasida oilaning o’rni Reja Kirish (1)

2.Oilada er-xotin xulq atvori
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati o’zlarini tuta bilishlari muhimdir. Oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo’lishni o’rgatish otaning muhim vazifasi.
Odatda o’g’il bola otasiga, qizlar esa onasiga o’xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o’ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, bolani tarbiyalashga o’z hissalarini qo’shadilar. Ona g’amxo’r, mehribln ko’ngilchan uy bekasi bo’lsa, ota kuch-qudrat, jasurlik, qattiqqo’lik va adolat ramzi. Ota ko’proq bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg’ursa, ona yurish-turish, muomala, xis-tuyg’u nafosat uchun tashvishlanadi.
Bularning hammasi nisbiy bo’lib, ota ham, ona ham bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolati uchun baravar javobgar, chunki ularning biridan bir maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Anna shu jarayonning muvaffaqiyatli bajarishi ko’p o’rinda ota-onaning obro’siga bog’liq.
Manfaatlar umumiy bo’lgan ahil oilada yaxshi odat an’analar vujudga keladi, sog’lom muhit mehr-oqibat, qadr-qimmat uchun zamin yaratadi. Bolaning yaxshi tarbiya topishlari uchun shart-sharoit tug’iladi.
Oilada er-xotin o’rtasidagi o’zaro xurmat, ishonch va vafo sadoqat bolalar quvnoq, hushchaqchaq o’sishlariga, normal tarbiyalanishlariga, xonadonda sog’lom muhit yaratilishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi
Oila a’zolari o’zaro hurmatni joyiga qo’yishlari, bir-birlari uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabata bo’lishlari kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko’tarinki ruh xukmron bo’lsa oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. qaysi oilada noaxillik, qo’pollik, do’q-po’pisa, asabiylik xukmron ekan, unda xalovat ham bo’lmaydi.
Oiladagi arzimagan janjal ham dastavval bolalarning psixik holatiga ta’sir qiladi. Ularda yomon odatlar xosil bo’lishiga olib keladi. Bolalar ulg’aygach, ular ham qush uyasida ko’rganini qiladi qabilida ish tutishadi.
Ota-ona bir-birini behurmat qilmasligi, obro’larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo’q vaqtida bartaraf etishlari shart.
Oiladagi sog’lom vaziyatni barpo etish uchun er-xotin baravar ma’suliyatli bo’lishlari, agar ulardan biri mehribonroq, xushtavozeroq buo’lsa, u ikkinchisiga namuna ko’rsatishi lozim.
Bola yomon yoki yaxshi xulql, fe’l-atvorli bo’lib tug’ilmaydi. Uning o’sib borishi jarayonida oila muhiti, ota-onaning, kishilarning, atrof-muhitdagi munosabatlarning ta’siri hal qiluvchi rolь o’ynaydi. Ayniqsa ota-onaning o’zaro munosabati, yurish-turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oiladagi totuvlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat va yordam, shirinsuxanlik, mehnatsevarlik va to’g’rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi.
Oilaviy an’analar oilada yuksak axloqiy muhit yaratish imkonini beradi. Oila a’zolaridan birining tug’ilgan kunini nishonlash, to’y marosimlari, yubiley kechalari yoki oila azolaridan birining mukofotlanishi, ma’lum sohadagi ixtirosiga bag’ishlangan oilaviy tantanalar oila an’analari jumlasiga kiradi. Bolalar va kattalarning sovg’alar tayyorlashi, ularning alohida hayajon bilan o’z egalariga topshirish shunday bir tantanali shodiyona vaziyatni vujudga keltiradiki, bu vaziyat ma’naviy madaniyatni tarkib toptiradi, oilani jamoa sifatida jipslashtiradi.
Oilaga berilgan barcha ta’riflarga yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki, u murakkab mexanizm hamdir. Oilada sog’lom muhit yaratish va uni uzoq vaqt bir necha o’n yillar mobaynida saqlash uchun oila a’zolarining dunyoqarashi, nuqtai nazari, fikrlari o’zaro yaqin bo’lishi lozim. Oila a’zolari o’rtasidagi kelishmovchiliklar ko’pincha insoniy munosabatlardan, kishilar xulqini, hayotiy munosabatlarini baholashdan kelib chiqadi. Bu oilaviy muhit qarama-qarshi munosabatlardan tarkib topganligining natijasidir. Tarbiya ishida esa bunday kelishmovchiliklar salbiy iz qoldiradi. Bolalarda shubha, ikkilanish paydo bo’ladi, ota yoki onaning o’gitlariga ishonch susayadi yoki butunlay yo’qoladi. Shuning uchun ham oilada sog’lom muhitni shakllantirishda fikrlar yaqinligiga kata e’tibor beriladi.
Inson atalmish zotning tug’ilib kamolga etishi uchun ozmuncha vaqt yetmaganidek, uning shaxs sifatida kamol topishida, shu yurt, qolaversa oilasiga sodiq farzand bo’lib voyaga etishiga ko’pchilikning mehnati “sinadi”.Jumladan, inson ma’lum bir oilada tug’ilib tarbiyalana boshlaydi. Uning kamol topishida keyingi muhim vazifa maktabning zimmasiga tushadi. Shular bilan bir qatorda jamoatchilik ham bu vazifadan chetta qolmaydi. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan xalqimiz o’zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, axloq-odobi, xulq-atvori dastlab o’z oilasida shakllanadi.
“Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini,avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf –odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligini tan olmog’imiz darkor”-deb ta’kidlagan edilar Prezidentimiz I.A.Karimov 1997-yil “Oila faravonligi – millat faravonligi”nomli ma’ruzalarida. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, o’z oilasiga mehr- muhabbat tuyg’usini shakllantirish har bir ota-onaning, tarbiyachi murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchidir.
Barkamol shaxsni voyaga yetkazish uchun eng avvalo oila, mahalla, maktab, jamiyat va davlat hamkorligini yuqori pogonada ko’rish lozim.Oila jamiyatning asosi, mahalla- milliy qadriyatlar beshigi; “Ahil xonodonda, ma’rifatli mahallada, insonparvar jamiyatda,- deb ta’kidlagan edi I.Karimov, – zukko yigitlar, oqila qizlar, umr bo’yi elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil farzandlar ulg’ayadi”. 1.Oila muhiti farzand tarbiyasida eng muhim va dastlabki bo’g’in hisoblansada, u shaxsni to’liq tarkib toptira olmaydi. Anashunda maktab va jamoatchikka ehtiyoj seziladi.Bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o’qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi.
Oila davlatning asosiy kurtagi, sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi,didiga ta’sir ko’rsatadi.Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.Oilada kundan kun kamolga etib borayotgan farzand atalmish ne’mat eng avvalo shu oilaning azaliy qadriyatlariga, urf-odat va an’analariga to’la amal qilmog’i, qolaversa ota-onaning o’zi farzandiga ibrat bo’la olishi lozim. Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda maktabni oila bilan mustahkam bog’lamay turib tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalgam oshirib bo’lmaydi.
Estetik,axloqiy va tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga aylanib,ular oilaviy ijtomoiy tarbiya orqali tarkib toptiriladi va kamol topadi. Oilaviy tarbiyaning mazmunini tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi.Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishda, ijobiy hal etishda ota-onalar o’rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ’ibotlarning roli benihoyadir.
Chunki ota-onalar zamonaviy, ruhiy, ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirilmay turib, oilaviy tarbiyani yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Oilaviy-tarbiyaviy targ’ibotda eng yaxshi oilalar na’munasida ta’sir ko’rsatish eng maqbul yo’ldir. Maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim.O’z o’quvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo’naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo’lga kirita oladi. O’qituvchi ota-onalarni faol yordamisiz bolalarning barkamolligini ta’minlay olmaydi.Bu o’rinda tarbiyachining o’zini-o’zi tarbiyalashi lozimligini ham sedan chiqarmaslik kerak.
O’ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o’quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish ,tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo’yish uchun ma’naviy huquqga ega bo’ladi. Maktabni oila bilan bog’lovchi vosita bu o’qituvchidir.O’quvchilar bilan ishlash, ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta’minlash orqali ota-onalarga ta’sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvoviqdir.
Bu borada maktab va oila aloqasining ta’minlovchi Ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo’lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo’lmaydi. Jumladan, “Bolangizni qanday o’qishini bilasizmi?”, “Bolangizni odobi haqida suhbatlashaylik.”, “Mustaqil hayot bo’sag’asida» kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarni o’z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg’urishlariga sabab bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan darslar, ularning mazmuni va eng asosiysi,shu ma’lumotni o’quvchiga etkazib beruvchi o’qituvchi xulq-atvori, kiyinishi, hattoki har bir xatti-harakati ham bola dunyoqarashi shakllanishiga ta’sit etuvchi omildir.
Bola insoniy xislatlarni, ezgulikni, odamiylikni, yaxshilikni ham yomonlikni ham eng avvalo oiladagi kattalarning, ustozlarining xatti-harakatidan o’rganadi.Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachi-o’qituvchilar o’z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor bo’lishlari, ularning hayot yo’lida o’rnak ko’rsatishlari kerak. Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina ota-onani, qolaversa o’z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-kuyda o’zidan kichikni izzatlash, kattalarni hurmatlashni o’z o’rniga qo’yadigan, xulqparvar bo’lib voyaga yetishadi.
Har bir tarbiyachi tarbiya san’atkori bo’lmog’i lozim.Bu bolalarni sevish san’atidir.Tarbiyasi og’ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, ularni jamoatchilik kengashlariga olib chiqish, foydali mehnatga jalb qilish, to’garaklarga qatnashtirish, hunarmandchilikka o’rgatishni ta’minlash, har bir tarbiyasi og’ir bolaga jamoatchilik faollarini biriktirish, vaqti-vaqti bilan ularni hisobotlarini tinglash lozim.
Maktabda o’qitiladigan har bir dars, ayniqsa “Milliy g’oya va ma’navayat asoslari” fani mavzularini yoritishda, ma’naviyat soatlarida o’quvchilarga oila ma’naviyatiga oid berayotgan har qanday ma’lumotimiz puxta o’ylangan va chuqur mulohazali bo’lmog’i darkor, zero, bolalar ayni shu yoshda har qanday bilimning dastlabki poydevorini qo’yadilar.
Xalq ta’limi vazirligining 2004-yil 26-fevraldagi 26-sonli hay’at majlisi qarori billan “Oila, mahalla, maktab” Konsepsiyasi qabul qilindi.Bu konsepsiyada belgilab bergan vazifalarni hal qilish uchun: Vazirlikning tashabbusi bilan Respublikamizdagi har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Jamoatchilik maslahat kengashi” tuzilib, joylarda tarbiyasi og’ir, xulqi buzuqlikka moyil hamda daydib yurgan bolalar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga va “Oila, mahalla, maktab” Konsepsiyasini amalda joriy etishga e’tibor qaratildi. Kengash o’z oldiga : mahallalarda bolalarning dam olishlari, qiziqarli ish bilan shug’ullanishlarigaimkoniyat yaratish, mahallalarda tarbiyaning ta’sirchanligini oshirish; homiy tashkilotlar yordamida mahallalarda sport sog’lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish, mahallalarda qizlar hayosi, turmushga tayyorlash haqida baxs-munozaralar o’tkazish; yoshlarda milliy urf-odatlar, azaliy udumlar, tarixiy an’analarni o’rganish; maktab, jamoatchilik, mahalla ahli hamkorligida tadbir o’tkazishni; Joylardagi hokimitatlar, “Mahalla’’, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yordam berishni maqsad qilib qo’ygan.
Oilada bolani to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri-tarbiyadagi birlikdir. Bunday ulkan ma’suliyatni, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
O’quvchilar o’rtasida kitobxonlik darajasini ko’tarish; Kino, teatr, konsert va ko’rgazmalarga borish;
Sayohatlar, sayillar, sport musoboqalari tashkil etish; Tanlovlar, tarbiyaviy tadbirlar, bayramlarda ishtirok etish yaxshi samara beradi.
Milliy xalq hunarmanchiligi to’garaklarini tarmoqlarini kengaytirish, xalq ustalarini to’garak ishiga jalb qilish, ushbu to’garaklarni ko’proq maktablar,mahallalar hamda ijodi ustaxonalar qoshida tashkil etish ishlariga alohida e’tibor berish;
Novvoyxonlik, kashtachilik, naqqoshlik, duradgorlik va boshqa hunarlarga bolalarni qiziqtirish, mahallalarda imkon bo’lsa, hunar o’rgatadigan markazlar tashkil qilish;
O’quvchilarning qiziqishlarini o’rganib, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga mo’ljallangan turli to’garaklar, klub yoki seksiyalar tashkil etish;
Yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish; Ta’lim muassasalaridagi kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan boyitish;
O’quvchilarning qiziqishlariga qarab, to’garaklar soni, yozgi dam olish oromgohlariga ko’proq o’quvchilarni jalb etishni yo’lga qo’yish;
Barcha o’quv fanlari asosida to’garaklar tashkil etish va unga tarbiyasi og’ir bolalarni jalb qilish orqali ma’lum samaraga erishish;
O’quvchilar iqtidorini yanada takomillashtirish maqsadida turli ommaviy tadbirlar, musobaqalar va ko’rik tanlovlar o’rkazish yo’li bilan boy madaniy merosimizga hurmat, ona Vatanga , uning ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash muhim rol o’ynaydi. Bunda sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosarlar, maktab direktorlari, bolalar etakchilari o’z faoliyatini bu yo’nalishga e’tibor bilan qarashlari lozim bo’ladi. Chunki ular maktab mikrorayonida ijtimoiy-pedagogik, tarbiyaviy ishlarni olib borishda o’tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilaridirlar.
Ota-onalar bilan hamkorlikda amalgam oshiriladigan ishlarni tahlil qilib, ular bilan bog’liq bo’lgan shakl va usul asosida rejali va izchil ishlarni olib boorish maqsadga muvofiqdir.Ana shunda bog’cha xodimlari, maktab jamoasi a’zolari, ota-onalar va mahalla-kuy hamkorligi ishlarining keng tarqalgan shakli va usullari mavjud. Bular:

  1. Ota-onalar, oilalar bilan yakkama-yakka ishlash. Tarbiya jarayonida bu tur katta ahamiyat kasb etib,yaxshi natijani qo’lga kiritish imkonini beradi.Bunda tarbiyachi oila va bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o’rganib, tarbiyaviy jarayonda inobatga oladi.Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o’rtasida o’zoro ishonch, hurmat va do’stlik munosabatlari o’rganiladi.

  2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar, bularga ota-onalarning guruhli va umumiy majlisi, anjumanlar, tadbirlar kiradi.

  3. Tarbiya ishlarida atrof-muhit va mahalla bilan hamkorlikda ish olib boorish. Bunda tarbiyalanuvchi bolaga yetti mahalla ota-ona deganidek, mahallalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar yaxshi samara beradi. Bolalar tarbiyasida jamoaning o’rni ham beqiyosdir. Jamoa haqida gap ketganda biz turli jamoalarni ko’rishimiz mumkin. Masalan: maktab jamoasi, odamlar jamoasi, mehnat brigadasi jamoasi, Sayohatchilar,tashkilotchilar jamoasidan iborat. Bola bir vaqtning o’zida har bir jamoaning a’zosi bo’lishi mumkin. U jamoalarning har qaysisida muayyan vazifani bajaradi, ulardan o’ziga xos tarbiya oladi, hayot tajribasi boyib boradi. Hozirgi kunda jamiyatimizda maktab jamoasining asosiy vazifasi “ongli va uyushgan ijtimoiy tuyg’ularga, puxta o’ylangan dunyoqarashga ega bo’lgan, har tomonlama rivojlangan bolalarni tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan”. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tarbiya masalasi bo’yicha ota-onalar, mahallalar va jamoalarning birgalikdagi hamkorlikdagi harakatlari yaxshi samaraga olib keladi. Oiladagi axloq-odob tarbiyasi o’z-o’zidan amalgam oshmaydi albatta, uning uchun o’ziga xos murakkab ijtimoiy –iqtisodiy, psixologik muommolar bor. “Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o’z farzandlari baxtu saodati, fazlu kamolotini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, o’zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi.Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi ”. I.A.Karimov Biz oila ma’naviyati fikr yuritar ekanmiz, uni ehtiyoj, manfaat va mafkuraviy jarayonlar bilan bog’liq yana bir jihatini, ya’ni tarbiya jarayonida yoshlar va o’smirlarning ruhiy ehtiyojlarini inobatga olishni ham unutmaslik kerak.Ayni mana shu ehtiyojlarning shakllanishiga mahalla muhiti bevosita ta’sir qilsa,jamoatchilik bu ehtiyojlarni tartibga soladi. Mahalla-kuy, qo’ni-qo’shnilar hamkorligi,hamdardligini ko’rsatuvchi mahallalarimizdagi to’y,katta yig’inlar, a’za marosimlari—xalqimizning jamoatchilik fikri ta’sirida shakllangan qadriyatlari namoyon bo’ladi.Aynan shu qadriyatlar ta’sirida yoshlarimiz o’zi yashab turgan mahalladaga insanlarga nisbatan mehr-muhabbatli, oilasiga sadoqatli bo’lib tarbiyalanadi.

  4. Uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida Barkamol shaxsni shakllantirish ta’limvtizimida quyidagacha qo’llashni Tosh DPU doktaranti M.Hamdamova quyidagicha tavsiya etadi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida; Bunda tarbiyachilardan bolalarga onalarcha mehr berishlari, ularga muntazam ravishda muhabbat ko’rsatishni asosiy maqsad qilib qo’yishlari shart. Tarbiyachilar kundalik va yillik rejalarida barkomol shaxsni shakllantiruvchi maqsad va vazifalarni alohida ta’kidlab,bajariladigan ishlarni bayon etib borishlari shart.

Odatda tarbiyachilar o’z rejalari asosida o’zbek xalq ertaklaridan keng foydalanib kelishadi.Ertaklaridagi yaxshilik va yomonlik, mehribonlik, rahmdillik toshbag’irlik, ezgulik va yovuzlikning o’zoro farqlari mazmun mohiyatini kichkintiylarga etkazib berishga harakat qiladilar. Shuningdek ertak qahramonlarini chizish, yasash, musiqiy ohanglarni eshitish, raqs va bolalar qo’shiqlarini o’rgatish ham shu bosqichling tarbiyaviy qismi sanaladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining bashlang’ich sinflarida: Bu 7-11 yoshli bolalar bo’lib, odatda ular juda qiziquvchan, o’yinqaroq, quvnoq va diqqatsizroqdir. Bu bolalar maktab ostonasiga qadam qo’ygan kundan boshlab savodxonlik darajasida faqatgina ustozining so’zini so’z deb tan oladi. Ularning fikrini ota-onalar ham o’zgartirishlari mushkul. Shu sababli barcha o’qituvchilarimiz quyidagi savodxonlik turlarini bilishlari va bu haqda etarli malakaga ega bo’lishlari lozim: Savodiy savodxonlik; Nutqiy savodxonlik; Ijodiy savodxonlik; Mantiqiy savodxonlik; Ilmiy savodxonlik; Kasbiy savodxonlik; Umumiy o’rta ta’lim maktablarida: bu yoshdagi o’smirlarni yildan yilga atrof muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi.Ular ko’proq o’zlari qiziqqan ishni kattalardan yashirincha bajarishga harakat qilishadi.Yolg’on so’zlash, qilgan aybini yashirin va kattalar oldida o’zini aqli raso qilib ko’rsatishga urinishadi. Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib boorish uchun barcha o’qituvchi-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-kuy, nazorat inspeksiyasihamkorligida tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yib borilmog’i lozim. Chunki bu yoshdagi bolalarning uyda va ko’chadagi bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazayotganligi doimo kattalar nazoratida bo’lmog’i shart.
Bolalarni teatr, muzeylarga olib borish asosan maktabning zimmasida qolgan.Ammo shunga yarasha ota-onalar”Bugun teatrga boribsan, nima ko’rding, nimani tushunding” deb, besh daqiqa vaqt sarflash ota-onalarning vazifasidir. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida:bu ta’lim dargohiga o’qish uchun kelgan talabalar asta-sekin maktabdan, oiladan va ko’cha-kuydan o’rgangan tarbiyasini namoyish eta boshlaydi. Agar o’qituvchi-marabbiylarimiz bu maskanda o’ta kuzatuvchanlik bilan muntazam shug’ullanmasalar, bu yoshdagi o’smirlarning barkamollik darajasini rivojlantirib boorish ancha mushkul kechadi. Chunki ta’limning bu bosqichida o’qituvchi-murabbiylar ilmiy savodxonlikni kuchaytirish, kasbiy savodxonlikka erishish uchun talabalar bilan tinimsiz muloqot qiladilar. Sergak tarbiyachi o’smirlarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib unga to’g’ri ta’sir eta bilishi lozim. Umuman ta’limning qaysi bosqichida bo’lmasin Tarbiyachi-o’qituvchi yuksak pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarlik darajaga ega bo’lgan holda, ularning yosh xuxsusiyatlarini inobatga olib ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etishlari lozim. Ertangi kun, porloq kelajakka ishontirish, yomon illatlardan holi bo’lishga o’rganib borish barcha jamoa, oila, mahalla ahlining vazifasidir.

Yüklə 89,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin