Tayanch kompetensiya elementlari



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə1/16
tarix02.06.2023
ölçüsü308,5 Kb.
#122255
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tayanch kompetensiya elementlari




Sana: 10.09.2021
1-Mavzu: ―Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!
Doskada: ―Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O‘zbekistonim !” Mashg‘ulotning maqsadi:o‘quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o‘stirish. Mustaqillik, erkinlik, O‘zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o‘zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
O‘quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o‘stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg‘ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg‘ulotning shiori: Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O‘zbekistonim! Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo‘lganlaridan foydalanish.
1.Tashkiliy qism: salomlashish,davomat,tozalikka e‘tibor berish II.Asosiy qism
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so‘ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va o‘quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o‘zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi. Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so‘zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo‘lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz? O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho
Vatanimizdan olamiz. Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug`
istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo‘lish degani. Hushyorlik ogoh bo‘lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo‘lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O‘zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti? O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o‘zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.
Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o‘zgarishlarning bosh maqsadidir. Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.
5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?
O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o‘zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy
emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy. Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga
tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki
afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir. Bizning qonimizda ming
yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi. Biz Beruniylarga, Amir Temur,
Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.Inson o‘z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo‘ladi.
III.Mashg‘ulotni yakunlash "Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq" deganda nima nazarda tutiladi?
O‘quvchilarning javoblarini o‘qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Yoshlarning ma'naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.
O‘qituvchi butun bir dars davomida o‘quvchilarning savollarga bergan
javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:
Vatanga bo‘lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.
Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo‘sh urmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi.
Aziz o‘quvchilar! O‘z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch- g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!
Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O‘zbekiston g`alabasidir!
Dars davomida o‘qituvchi javob bergan o‘quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to‘qri yo‘naltirib, rag`batlantirib borishi shart.
Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo‘lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko‘proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim. Topshiriq: Vatanimizni madh etuvchi she‘rlar aytiladi Uyga vazifa: mavzuni o’rganish

Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin