Tayanch kompetensiya elementlari


Uyga vazifa : mavzuni o‘rganish



Yüklə 308,5 Kb.
səhifə8/16
tarix02.06.2023
ölçüsü308,5 Kb.
#122255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Tayanch kompetensiya elementlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Uyga vazifa : mavzuni o‘rganish


Sana:
8-Mavzu: Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management)
Kun shiori: ―30-modda. "Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,.. ta'lim olishlari uchun javobgardirlar‖
Maqsad: O‘quvchilarni halollikga o‘rgatish
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik II.Asosiy qism:
Har bir shahar va tumanda 18 yosh- ga to‘lmagan fuqarolarning muammolarini hal etish uchun maxsus bo‘lim - voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya mavjud.
Bunday komissiyani tuzishdan Maqsad:
- voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy man faatlarini ta'minlash;
- voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarov- sizligi, huquqbuzarligi va jamoatga qarshi harakatlarining oldini olish, bunga ko‘makla- shuvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
- ijtimoiy xavfli ‘ holatga tushib qolgan voyaga yetmaganlarga yordam berishdir.
O‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun komissiya voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, ta'lim berish, moddiy ta'minlash sharoitlarini nazorat qiladi, ularga ishga joylashish va maishiy jihatdan yordam beradi.
Komissiya quyidagilarga haqli:
- umumta'lim maktablari va voyaga yetmaganlar bo‘lgan boshqa tashkilotlarda bolalar va o‘smir- lar bilan tarbiya ishlari ahvolini tekshirish;
- voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalarini shaxsan qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish;
- voyaga yetmaganlarni afv etish to‘g'risida ilti- mosnomani qo‘zg'ash; javobgarlikdan ozod qilish to‘g'risida, yengilroq jazo qo‘llash to‘g‘risi-
da, sudlanganlikni muddatidan awal bekor qilish to‘g'risida sudga taqdimnoma kiritish. Komissiya oyda bir marta yig'iladi. Bu vaqt ichida maxsus kishi - komissiyaning mas'ul kotibi
- ko‘rib chiqish uchun ishlarni tayyorlaydi, muammoni hal etishda yordam bera oladigan mutaxas- sislarni taklif qiladi. Yig'ilishda xalq ta'limi bo‘li- mi inspektori, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi inspektor, shifokorlar, peda- goglar, mehnat birjasi vakili albatta qatnashadilar. Komissiya a'zolarining hammasi asosiy ishga ega va komissiyaga faqat yig'ilishga keladilar. Agar ayrim o‘quvchilar yoki ularning ota- onalari "Ta‘lim to‘g'risida"gi qonunni buzsalar, komissiyaga maktab murojaat qilishi mumkin. O‘smirlarning ma'muriy huquqbuzarliklarini ham komissiya ko‘rib chiqadi. Qaror chiqarishdan oldin komissiya a'zolari o‘smirning haat sharoitlari, oilaning mod-
diy-maishiy sharoitlari to‘g'risida ma'lumotlar to‘playdi, o‘smir va uning ota-onasi bilan suhbat- lashadi.
Komissiya a'zolari - Rozaga, uning onasiga, sinf rahbariga savollar beradilar. Voqea yechimini topishga harakat qiladilar. Qaror chiqaradilar.
Roza - unga ko‘chada savdo qilishga to‘g'ri kel- ganidan uyaladi, biroq u oiladaga bolalarning kat- tasi va onasiga yordam berish uning burchi.
Ona - Roza maktabda yetarlicha o‘qidi va endi ko‘proq yordam berishi kerak deb hisoblaydi. Agar oila pirojka sotmasa, unda Rozaning maktab uchun kiyimi bo‘lmaydi.
Sinf rahbari - qizcha maktabga borishga va to‘qqizinchi sinfni tugatishga majbur deb hisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
41-modda. "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafo- latlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir‖.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g'risi- da"gi qonuni
30-modda. "Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,.. ta'lim olishlari uchun j avobgardirlar ".
34-modda. Ta‘lim to‘g'risidagi qonun hujjatlari- ni buzganlik uchun javobgarlik
"Ta'lim to‘g'risidagi qonun qujjatlarini buzish- da aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar".
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 73-modda. Ota-onalarning bolalarga ta'lim berishga oid huquq va majburiyatlari
"Ota-onalar o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma‘naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo‘rlik qilishlari shart.
Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgi- langan zarur darajada ta'lim olishini ta'minlashi shart".
III.Mashg‘ulotni yakunlash:
1. Nizoni qanday hal etish kerak?
2.Nizoni hal etish uchun muzokaralar.
3.O‘smirlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarda ma`muriy huquqning
qanday me`yorlarini qo‘llash mumkin?
4. Nizoni tinch yo‘l bilan hal etish uchun qanday ko‘nikmalardan
foydalanish lozim?
5.Siz yashaydigan joyda muammolarni hal etishga qanday yondashuv
ko‘proq qo‘llaniladi? Nima uchun?
6.Muammolarni hal etishga siz qanday yondashuvdan foydalanasiz? Nega? 7.Muammolarni hal etish uchun muzokaralar o‘tkazishning kuchli va kuchsiz
tomonlari qanday?
8.Muammolarni bartaraf etishda muzokaralarni qanday muvaffaqiyatli
yuritish mumkin?
Sana:
9-Mavzu: Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar Kun shiori: Oila-qo‘sh ustunli ayvon.
Mashg‘ulotning maqsadi:O‘quvchilarga oilaviy qadriyatlar oilaning ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunishi,oila sha`nini, uning obro‘- e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etishi,oilaviy muhitning sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq ekanligi,o‘z oilangiz tinchligi va totuvligini ta`minlashga siz ham o‘z hissamni qo‘shyapman, deya olishi,«Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko‘rishi,«Halol» va «harom» tushunchalari to‘g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o‘tkazishi, «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab berishi,
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: Amaliy, og`zaki
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
III. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
Qisqa savol-javoblar
1. Islohot so‘zining ma`nosi nima?
2. Hozirgi kunda Prezidentimizning islohotlarini aytib bering?
3. O‘zbekiston aholisining katta qismini kimlar tashkil etadi?
4. Sho‘ro davrida ―o‘rta maktab‖lardagi o‘qish muddati qancha bo‘lgan?
IV. Asosiy qism:
Hurmatli o‘quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta`minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo‘lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Chunki oilani bekorga jamiyatning kichik ko‘rinishi demaydilar. Xuddi jamiyatda bo‘lgani singari unda ham o‘zining boshlig`i, shuningdek, uning izmi va ko‘rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a`zolari bo‘ladi. Dono, tadbirkor, uzoqni ko‘ra biladigan rahbardan jamiyat taraqqiyotini boshqarish talab etilsa, oila kattalari ham o‘z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga shunchalik mas`uldirlar.Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma`naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo‘lur edi.Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘g`il uylantirishda kelin tanlashdan tortib farzandlarni tarbiya
qilishgacha bo‘lgan jarayon-larga shaxsan o‘zi jiddiy e`tibor bergani bejiz emas, albatta. Chunki har qanday davlatning qudrati - sog`lom fikrli, bilimli, xalq va Vatan taqdiri uchun jonini tikishga tayyor farzandlarning ko‘pligi bilan o‘lchanadi. Qolaversa, biz mansub bo‘lgan Sharq xalqlarida oila sha`ni va obro‘sini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish oilaning har bir a`zosi uchun ham farz, ham qarz sanaladi. Oila - muqaddas dargoh, degani quruq gap bo‘lmay, balki uning zamirida mana shu muqaddaslikni ta`min-lash, oila sha`niga gard yuqtirmaslikdek ma`nolar yotadi.
Siz ham hozirdan bilib olmog`ingiz kerakki, turmush qurishga chog`langan yigit va qizning o‘zaro roziligi, hurmati va muhabbati zaminiga qurilgan oila mustahkam bo‘ladi. Shunday nikoh asosida dunyoga kelgan farzandning baxti ham barqarordir. Farzand - oilaning orzu-umidi, er-xotin o‘rtasidagi mehr rishtalarini qattiqroq bog`lovchi ulug` ne`mat. Hayotning mazmuni, achchiq yoxud chuchuk bo‘lishi farzand bilan. Xalqimizning «Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor», «Bolalilar bosh bo‘lar, bolasizlar yosh bo‘lar», «Bola - er-xotin tilmochi», «Odobli o‘g`il - ko‘kdagi yulduz, odobli qiz - yoqadagi qunduz» kabi ko‘plab maqollarini ming yillik hayotiy tajribalar mevasi desak, aslo xato boimaydi.Er-xotin, oilaning boshqa a`zolari o‘rtasidagi sog`lom ma`naviy muhit, xushmuomalalik bolaning bexavotir, sog`lom tug`ilishiga garovdir. Mutaxassis-shifokorlarning fikricha, homilador ayolning kayfiyati yaxshi, asablari tinch, iste`mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lishi kerak. Bu gaplarning sizga ham bevosita aloqasi borligini sezib turgandirsiz. Chunki siz yashaydigan oilada ham kamida bitta kelinoyi bor, to‘g`rimi? Uning oilangizning yangi a`zosi sifatida bu yerdagi muhitga o‘rganib ketishi oson kechmasligini ham yaxshi his qilsangiz kerak. Shunday ekan, kelin-oyingizga har tomonlama ko‘maklashish, uning kundalik yumushlarida dalda bo‘lish sizning ham qo‘lingizdan keladi. Ayniqsa, u tug`ilajak jiyaningizga homilador bo‘lib, yurishga, yumush bajarishga qiynalib qolganida, sizning yordamingiz juda asqatadi. Masalan, kir yuvmoqchi bo‘lganida chelakda suv tashib bersangiz, hovlining u ulgurmagan qismini supurib qo‘ysangiz, xullas, ozgina bo‘lsa ham qo‘lidan ishini olsangiz, uning ko‘ngli qanchalar ko‘tariladi!
Bilsangiz, homilador ayollar tansiq narsalar yegisi kelib qoladi. Balki u o‘rik shoxidagi dovuchchadir, biror tuzlamadir yoki karsillagan olmadir. U uyalib, istagini boshqalarga aytolmay turganida ko‘ngli tusagan narsani darrov muhayyo qilsangiz, qanchalar savob.«Ayol sizga yoqmagan alfozda ham qozoningizni qaynatib, chirog`ingizni yoqib yuraveradi, o‘tingizdan kirib, kulingizdan chiqaveradi. Yuklik holatida ham o‘shanday-tinimi yo‘q. Ichidagi bolasi uning o‘pka-jigariga chirmovuqday yopishib, bag`ridagi bor mag`zini shimib tursa ham, (bekorga «og`iroyoq» demaydilar) oyoqlari shishib, beli uzilay desa ham, yotib olmaydi, ro‘zg`orning, sizning xizmatingizni qilaveradi! Sizningcha, hurmat unga bo‘lmay, kimga bo‘lsin?! «Ko‘zi yoridi» deydilar va bekorga bunday demaydilar. Farzand ko‘rish jarayonida ayol qorong`i go‘rni ko‘rib qaytadi, «yo hayot, yo mamot» deya qutqu solib turgan ko‘prikdan o‘tadi. Ko‘zi yorir ekan, ayol suyaklarining qirsillab surilayotganini eshitib, etlarining uzilayotganini bilib turadi. Joni ko‘z kosasidan chiqay deb tursada, «do‘xtirjon, nima qilsangiz ham bolamni tirik oling», deya faryod uradi! O‘zim nima bo‘laman deyish yo‘q! Ayting-chi, birodar, hurmat faqat unga bo‘lmay, kimga bo‘lsin?»
Aziz o‘quvchi, biz bu gaplarni bekorga keltirmayotganimizni o‘zingiz ham sezib- bilib turibsiz. Zero, siz ham, aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz ham xuddi shu tarzda dunyoga kelgansiz. Tug`ilajak jiyanlaringiz ham xuddi shunday og`riqlar evaziga olam
yuzini ko‘radi. Ayolning, onaning mo‘tabarligi, azizligi shundan. Demak, hozirdan boshlab bu ulug` zotni asrab-avaylash, unga qo‘ldan kelgancha xizmatda bo‘lish har birimizning insoniy burchimiz ekanini unutmaylik!
Qolaversa, ajdodlarimizning bolani u tug`ilmasdan oldin tarbiyalay boshlash kerakligi xususidagi o‘gitlari bor. Harqalay, mana bu rivoyatni eshitgan bo‘lsangiz kerak:Bir kishi yangi tug`ilgan chaqaloqni donishmand oldiga olib kelib: «Taqsir, bolam tarbiyasini qachondan boshlay?» - deya savol beribdi. «Bolangiz dunyoga kelganiga necha kun bo‘ldi?» - so‘rabdi donishmand. «Ikki oy bo‘ldi, taqsir», - javob beribdi ota. «Attang, siz ancha kech qolibsiz, farzandning tarbiyasini ona-sining qornidaligidan boshla-shingiz kerak edi», - degan ekan donishmand.
Yuqorida ta`kidlaganimiz oiladagi sog`lom ma`naviy iqlim xuddi shu tarbiyani o‘zida mujassam etadi.O‘zbek oilalarida farzand ko‘rish bilan bog`liq qator marosimlar, rasm-rusumlar mavjud bo‘lib, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan ado etiladi. Jumladan, chaqaloqqa munosib ism qo‘yish, uni birinchi marta cho‘miltirish, beshikka belash, soch, tirnoq olish, tish chiqishi, yoshiga to‘lishi, o‘g`il bolalarni xatna qilish, birinchi muchal munosabati bilan bog`liq oilaviy tantanalarning o‘tkazilishida ramziy ma`nolar bor. Bunday marosim, rasm-rusumlar bola va uning atrofidagilar quvonchiga quvonch qo‘shadi, farzandning ma`naviy kamolotiga, o‘zining qanday millatga tegishli ekanini anglashiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi.
«Taassufki, ba`zi ota-onalar o‘z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilada o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o‘rnak bo‘lish o‘miga qo‘pol muomala qiladigan bo‘lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma`naviy olamining shakllanishiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo‘ladi».
V. Mashg‘ulotni yakunlash:
1. Oilaning ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunasiz?
2. Oila sha`nini, uning obro‘-e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etadi?
3. Oilaviy muhitning sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq?
4. O‘z oilangiz tinchligi va totuvligini ta`minlashga siz ham o‘z hissamni qo‘shyapman, deya olasizmi?
5. «Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy maqsad- mohiyatini sharhlashga urinib ko‘ring.
6. «Halol» va «harom» tushunchalari to‘g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o‘tkazing.
7. «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab bering.
Sana:_________________________
10-Mavzu:―Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).
Kun shiori: ―O‘zbekiston kelajagi – yoshlar qo‘lida‖
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: ―Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch‖, ―O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖, ―O‘zbekiston buyuk kelajak sari‖, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich,, OO‘`zzbbeekkiissttoonn RReessppuubblliikkaassii KKoonnssttiittuuttssiiyyaassii,,MMaa‘‘nnaavviiyyaatt qqaallbbiimm qquuyyoosshhii,, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: ―XXI asr intelluktal yoshlar asri‖
O‘qituvchi:
―Avvaliga biz bolalarimizga o‘rgatamiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o‘z davridan orqada qoladi‖ Ya. Raynis
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo‘lsak, bugun farzandlarimiz juda ko‘p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko‘ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o‘rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.―Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o‘ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma‘rifatga, madaniyatga mansub bo‘lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo‘tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o‘z o‘rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o‘z tariximizdan juda ko‘p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko‘ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o‘rni, ya‘ni kim bo‘lishidan qat‘iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o‘z kasbining ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun jon fido
qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o‘zi bobolarning ma‘naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko‘p asrlik meroslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta‘kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma‘naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma‘rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan‖.
Topshiriq: ―Kelajak ovozi‖ tanlovining vazifasi nimadan iborat? ―Davra
suhbati‖ o‘tkaziladi. Izoh: O‘qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka,
o‘quvchilarning o‘zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo‘lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Yüklə 308,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin