Sana: 15.10.2021 5-Mavzu: Men-o‘zgardim,Karyera-Faoliyat Kun shiori: muvaffaqiyatli karyera
Mashg‘ulotning maqsadi:O‘quvchilarga muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar berish,ularni Vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: Amaliy, og`zaki
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
II. Asosiy qism: Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar
Ishingizdan ko‘nglingiz to‘lishi kerak. Ko‘pchilik odamlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xato — ishdagi maqsadlarga erishish uchun vosita. Yillar o‘tib keragidan ortiq pulingiz bor bo‘lishi, lekin ortga nazar tashlab, umringiz faqat moddiyat uchun sarflanganini bilish og‘ir. Moddiyat asosiy rollardan birini o‘ynashini, ishini sevsa ham ehtiyojlarni qoplamaydigan maoshga indamay ishlab yurish kerak bo‘lmagani bilan, jamoa va ish jarayoni sizning hayotingizning bir qismi ekanini ham unutmaslik kerak. Ish bor joyda muammo va kamchiliklar bo‘lib turishi tabiiy, lekin siz o‘z sohangiz va faoliyat turingizni sevsangiz, ular bilan o‘ralashishni emas, yechim topishga diqqatingizni qaratasiz.
Balansda bo‘lish
2017-yilda germaniyalik hamda amerikalik tadqiqotchilar ishidan ma’no va rohat qidiradigan insonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ishidan ma’no qidiradiganlar ikkinchi guruh kishilariga nisbatan karyera qilishga ko‘proq qiziqishi ma’lum bo‘lgan. Aslida esa faoliyat davomida balansni topa bilish kerak. Ishga bo‘lgan qiziqish, xursandchilik va rohatlanishni his eta bilish juda muhim.
Sizga nima kerakligini o‘zingizdan boshqa hech kim bilmaydi
Karyera qilish bir-biridan farq qilishi mumkin. Kimdir bir joyda uzoq vaqt ishlashni, kimdir qisqa fursatda ish joyini o‘zgartirib turishni, yana kimdir bo‘lsa, oldindan ma’lum ishga erishish uchun boshqasi orqali ko‘tarilishni ma’qul biladi. Qaysi yo‘lni tanlash — bu sizning xohishingiz, faqat qayerda va qachon ishlashingizdan qat’i nazar ishingizni sevib bajaring. Bunda ikki tomonga foyda — sevimli ish bilan shug‘ullanib siz baxtiyorlikni, rahbariyat esa sizdek salohiyatli xodimi borligidan mamnuniyatni his qiladi.
Me‘yorni bilish
Ishni yaxshi ko‘rgan yaxshi, lekin butun hayotni ish bilan o‘tkazish ham yaramaydi. Sohangizning ustasi bo‘ling, yuklatilgan vazifani qoyillating, lekin ishni shaxsiy hayot bilan qorishtirib yubormang. Vaqtida salohiyatingizga yetarli baho berishni, salomatligingiz va yaqinlaringizga vaqt ajratishni, dam olish va asosiysi, ko‘ngildagidek yashashni unutmang.
Topshiriq: Bugungi mavzu yuzasidan o‘quvchilar matn tayyorlash.