Uyga vazifa : mavzuni o‘rganish Sana:22.10.2021 6-Mavzu:―Onati tili – qalb ko‘zgusi (O‘z.Res. ― “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
Kun shiori: Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali. Chunki til achchiqlikka aylansa, zarari umumiy bo‘lur‖ Alisher Navoiy
Maqsad: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o‘z ona tiliga bo‘lgan hurmatlarini oshirish, ona tilining obro‘sini ko‘tarishni ular ongiga singdirish.
Natija: O‘quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Tilingga ehtiyot bo‘l.
Rost yo‘lda yengiltaklik qilma. Motrudiy
O‘qituvchi: O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g`ri aytishadi.
Lekin ona tilimizni bilish yo‘lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo‘yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto‘g`ri bo‘lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do‘st bo‘lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.
Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat‘i nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi. O‘zbeklar o‘zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo‘lishiga qaramay, o‘z ona tilini hurmat qiladi. (O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasida so‘zlangan nutqdan 1989 yil 25 oktabr)
Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo‘lib, O‘zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya‘ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo‘yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O‘zbekistonni o‘zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O‘zbekistonni o‘z ona yurtidek e‘zozlashi hamda uning tiliga bo‘lgan munosabat hurmat va ehtirom
darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Hozirgi paytda ko‘pmillatli
respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan ―Turkiston- umumiy uyimiz‖ g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy-madaniy
markaz respublika maqomiga ega.
achchiq ham shirin‖ so‘zlarini sharhlash. Topshiriq: ―Til dil ko‘zgusi‖, ―Til fikr libosi‖, ―Til