Mavzu: Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi


Sporali anaeroblar – Clostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat toksikoinfeksiyalari



Yüklə 51,05 Kb.
səhifə8/12
tarix18.12.2022
ölçüsü51,05 Kb.
#76069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Gigiyena 2019

Sporali anaeroblar – Clostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat
toksikoinfeksiyalari.
Hozirgi kunda 12 turda toksin moddalar alfa, betta, gamma va boshqalarni ajratadigan A, V ,S, e, G, D, Kl.perfringens turli ovqat toksikoinfeksiyalarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi.
Go‘sht, kolbasa, sut mahsulotlari Kl.perfringens bilan zararlanishi
mumkin.
Klinikasi. Kasallik ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: a) yashirish
davr 6-22 soat davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi: bemorning ko‘ngli ayniydi, qusadi, ichaklari spazmga uchraydi, ko‘p marta (kuniga 20 martagacha) ichi ketadi, axlatidan badbo‘y hid keladi, ko‘p yel ajraladi. Og‘ir hollarda qo‘l-oyoq mushaklari tortishadi, ba’zan arterial bosim tushib ketadi;
b) kasallik nekrotik enterit ko‘rinishida xam kechib ichaklarning bir
qismi yiringlay boshlaydi, natijada bemor jarrohlik bo‘limiga tushib
qoladi.
Profilaktikasi. Kl.perfringens qo‘zg‘atgan toksikoinfeksiyalarning
oldini olish quyidagilardan iborat:
1. Go‘shtni qayta ishlaydigan korxonalarda sanitariya qoidalariga
rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish
2. Go‘sht va boshqa mahsulotlarni past haroratda saqlash.
3. Yaxshilab pishirish, ya’ni kolbasa va boshqa go‘sht
mahsulotlarini tayyorlash uchun ajratilgan mahsulot va ziravorlarnisterillash.
Stafilokokk intoksikatsiyalari.
Stafilokokk toksinidan zaharlanish ko‘pgina sut mahsulotlaridan: tvorog, smetana, krem konditer mahsulotlari iste’mol qilish natijasida ro‘y beradi. Biroq go‘sht va sabzavotli har xil taomlar ham stafilokokklarning rivojlanishi uchun qulay muhit ekanligi hozir aniqlangan. Qoramol
bilan odam ham stafilokokklar manbai hisoblanadi. Agar oziq-ovqat mahsulotlari stafilokokklar keltirib chiqaradigan ovqatdan zaharlanishlar mastit bilan og‘rigan sigirlar sutini iste’mol qilganda yuzaga keladi, chunki sut mahsuloti kasal tarqatuvchi manba hisoblanadi.
Klinikasi. Kasallanish alomatlari 2-4 soat o‘tgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Stafilokokk intoksatsiyasining yetakchi belgilari gastroenterit hisoblanadi. To‘satdan bemor tez-tez qusadigan bo‘lib qoladi, qorinda qattiq achishtiradigan og‘riq (to‘sh sohasi ostida) paydo bo‘ladi, tez orada ich ketishi kuzatiladi, ayrim hollarda ich ketmasligi xam mumkin. Bemor darmonsizlanadi, ularning boshi og‘riydi va aylanadi, puls tezlashadi. Tana harorati odatda normal, sovuq ter chiqadi. Talvasa
tutadi.Kasallik qisqa vaqt kechadi. Odatda 1-2 kundan keyin bemor sog‘ayib ketadi. O‘lim bilan tugagan hollar qayd qilinmagan.

Yüklə 51,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin