Mavzu: O’zbek adabiy til meyorlari Reja: Adabiy til me`yorlari. Nutq odobi-umumiy axloqni belgilovchi mezon



Yüklə 77,68 Kb.
səhifə5/15
tarix16.06.2023
ölçüsü77,68 Kb.
#131448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-15 o\'zbek

Mavzu: Farmoyish hujjatlari
Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va F.lar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chikarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chikariladigan huquqiy hujjatlar ham F. hisoblanadi. F. mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.
FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. F. — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, F.ga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qad. hukmdorlarning oliy buyrugʻi7-mavzu: Ma’lumot-axborot hujjatlari. Xizmat yozishmalari
Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi, bosh yoki etakchi mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh buxgalter bilan kelishiladi. Huquq maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek muayyan xodim mukofotlanganda mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «Buyuraman» so‘zi bilan boshlanadi. SHu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi. Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko‘chirma asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to‘g‘ri» so‘zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar: vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi; normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi; normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.; normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;


Yüklə 77,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin