Mavzu: O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari. “Lotin yozuviga asoslangan yangi imlo qoidalari”ning qabul qilinishi va uning ahamiyati



Yüklə 161,05 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü161,05 Kb.
#130798
O\'ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI


TAQDIMOTI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FILOLOLOGIYA VA O’ZBEK ADABIYOTI FAKULTETI
ONA TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI
2-BOSQICH 205- GURUH TALABASI
O’RALOVA NODIRANING NING
TALAFFUZ VA IMLO ASOSLARI TAYYORLAGAN

  • MAVZU:O'ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI


O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI
Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi sanaladi.
So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining
berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi.
u nlilar imlosi (1—7-bandlar); undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar). Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). Ajratib yozish (57—56-bandlar).
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar).
Harflar imlosi:
Oʻzbek lotin alifbosi, oʻzbek lotin yozuvi — lotin grafikasiga asoslangan
harftovush (fonografik) yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan.
Harflarning alifbodagi asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng respublikada oʻzbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazish haqida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993-yil
2-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga
asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonuni eʼlon qilindi. Yangidan qabul qilingan oʻzbek alifbosi 31 harf va
bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.
1993-yilda joriy etilgan alifboni va shu asosda tayyorlangan
„Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari“ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995- yil 6-may kuni alifboga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1) yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, Ɉ ɉ harflari alifbodan chiqarib tashlandi;
3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarning shakliga esa isloh kiritildi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996-yildan boshlanishi qayd etilgan edi.

Amaldagi o’zbek alifbosi


O`zbek tilining asosiy imlo qoydalarini tasdiqlash haqida
339-son. 1995-yil. 24-avgust. Toshkent sh.
O`zbekistonning “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi
Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.O`zbek tilining asosiy imlo qoidalariga tasdiqlansin.
  • Respublika vazirligi, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari,ommaviy axbarot vozitlari lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarsda,matbuotda,ish yuritishda ushbu qidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
  • O`zbekiston Fanlar akademiyasi,Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi,Xalq talim vazirligi, Davlat matbuot qo`mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo`llanma sifatida o`zbek tilining imlo lug`atini, kishi isimlari va joy nomlari lug`tlarini tayorlasinlar va nashir etish choralarini ko`rsinlar.

Yüklə 161,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin