Oʻzbek lotin alifbosi, oʻzbek lotin yozuvi — lotin grafikasiga asoslangan
harftovush (fonografik) yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan.
Oʻzbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga oʻtkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15—23 may kunlari Samarqand shahridaboʻliboʻtganrespublikaadiblari,til-imlochilarivaumuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustda OʻzSSR Xalq maorif komissarligi hayʼati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan koʻra koʻproq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi.
Samarqand konferensiyasida qabul qilingan „lotinlashtirilgan oʻzbek alifbosi“ 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat boʻlgan. Konferensiyada singarmonizm oʻzbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik oʻzini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir soʻz bir necha xil yoziladigan boʻldi. Natijada 1934- yilning yanvar oyida til va imlo masalalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika qurultoyida oʻzbek alifbosidan Ө ө, Y y, Ь ьharflarini olib tashlashga, hamda Ə ə harfidan foydalanishni cheklashga va uning oʻrniga aksar hollarda A a harfidan foydalanishga qaror qilingan. Bu qaror Oʻzbek SSR hukumati tomonidan 1934-yil 13-martda tasdiqlangan.
Lekin oʻtgan asrning 30-yillari 2-yarmidan oʻzbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940-yilda yangi kirillcha alifbo qabul qilinishi bilan yakunlangan.