O‘ZBEKTILININGYANGIIMLOQOIDALARI Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi sanaladi.
So‘zlarningyozilishidagibarqarorlik,qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tiliningimloqoidalariniishlabchiqadi,uni amaliyotga tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz
1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.
O‘zbektiligadavlattilimaqomining berilishi,mustaqillikningqo‘lgakiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respub-likasi
Vazirlar Mahkamasi 1995- yilning 24- avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Harflar imlosi: unlilar imlosi (1—7-bandlar); undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar). Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). Ajratib yozish (57—56-bandlar).
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar).