Мавзу. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy islohotlar strategiyasi 1991-2000



Yüklə 84,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü84,84 Kb.
#169920
5 -мавзу O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy islohotlar




1-
мавзу. 
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy 
islohotlar strategiyasi (1991-2000 
йиллар

 
Режа
:
1.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
2.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning mo‘rt, zaif va bir tomonlama rivojlanganligi
paxta yakka hokimligi.
3.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning nazariy konseptal 
asoslari.
4.
Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari. Modeli. 
Hoziigi davrda O‘zbekiston qisqa davr ichida asrlar davomida rivojlanishga 
teng bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Mamlakatning hozirgi iqtisodiy salohiyatini 
tasavur etish uchun mustaqillik davridagi yutuqlarimizni sobiq totalitar tuzum 
davriga qiyoslashga zarurat tug‘iladi. Sobiq ittifoq davrida partiyaga sig‘inish, 
shuningdek, shaxsga sig‘inishga zo‘r berildi. Hatto bu davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarildi. Ko‘p o‘tmay mamlakatda totalitarizmga xos bo‘lgan ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi asosidagi «kazarma sotsializmi» g‘alaba qildi. Leninizm 
niqobiga puxta o‘ralgan stalinizm jamiyatning hamma sohalariga kuch, aldov, 
qo‘rqitish, proletariat diktaturasi kabi vositalar bilan singdirildi. Qisqa davr ichida 
mamlakatda totalitar rejim g‘alaba qildi. Bir necha o‘n yillar ichida bunday siyosat 
natijasida xalq ommasi ijtimoiy va erkin fikrlashdan butunlay mahrum etildi. 
Axloqiy nopoklik har tomonlama rag‘batlantirildi. Mamlakat tashqi dunyodan 
butunlay uzib qo‘yildi. Demokratiyaning elementar ko‘rinishlari ham tor- mor 
qilindi. 
O‘sha mash’um davrlarni Prezident Islom Karimov quyidagicha ifodalagan 
edi: «Ayni vaqtda sotsialistik qurilishning ko‘pgina bosqichlarida qo‘pol xatolar va 
buzilishlarga yo‘l qo‘yilganini ham hech kim, hech narsa shubha ostiga qo‘ya 
olmaydi. Bu xato va jinoyatlaming ildizlari o‘tmishga borib taqaladi. Shaxsga 
sig‘inish yillarida, turg‘unlik yillarida noto‘g‘ri yo‘l- yo‘riqlar, maqsadlar va ularga 
erishish yo‘llari butunlay buzib, soxtalashtirib yuborildi. Asossiz ravishda qilingan 



ommaviy qatag‘onlarni, kollektivlashtirish va sanoatlashtirish davrida turmushning 
asosiy negizlari shafqatsizlik bilan barbod qilingani, xalqlarning ma’naviy qadriyat 
va an’analari qalbakilashtirilgani, ayrim kishilar pulga sotilib, aynib ketganligi, 
ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga uchragan odamlar xalqning eng zarur ehtiyojlari va 
hayotiy talablarini pisand qilmay qo‘yganliklarini ko‘rsatuvchi tobora yangi-yangi 
dahshatli misollar hozir ma’lum boiib qolmoqda» ’70. 
Sobiq ittifoq iqtisodiyoti XX asrning 60-yillaridan o‘z inqirozini boshlagan 
edi. Bu daviga kelib iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib, mavjud ma’muriy-
qo‘mondonlik boshqaruv usulini qo‘llash oqibatida inqirozning oldini olish 
imkoniyatlari boy berildi. Inqirozning aniq ko‘rinishlaridan biri sohaga 
ajratilayotgan sarf-xarajatlarning o‘sishiga qaramay rivojlanish sur’atlarining 
pasayishida namoyon boidi. Inqirozdan chiqish uchun iqtisodiy omillar ishga 
solinmadi, iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari e’tiborga olinmadi. 
O‘tgan asrning 80-yillariga kelib iqtisodiy inqirozdan chiqishga qaratilgan 
barcha urinishlar ham zoe ketdi. «Qayta qurish» siyosati bozor munosabatlari 
qonuniyatlariga zid boshqamv usullariga asoslanganligi, moddiy rag‘batlantirish 
vositalari hisobga olinmaganligi, barcha resurslar yakkahokim partiya tomonidan 
tasarruf etilganligi uchun ham kutilgan samarasini bermadi. 
Bu paytga kelib O‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham ittifoqda 
oxirgi o‘rinlardan birini egallagandi. Jumladan, yalpi milliy daromad hajmi 
ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki marta kam edi. Shuningdek, aholining oziq-
ovqat mahsulotlari va ijtimoiy ta’minlanish darajasi ham eng past 
ko‘rsatkichlardan birini tashkil etardi. 
O‘zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasida 
birtomonlama, ya’ni uni faqat xomashyo tayyorlashga moslashtirilganligi oqibatida 
sanoat sohasida ham yurtimiz qoloq mintaqalardan biriga aylangan edi. Faqat 
xomashyoga dastlabki ishlov beruvchi sanoat tarmoqlarigina shakllandi, xolos. 
O‘sha davda respublikada ishlab chiqarilgan sanoat tayyor mahsulotlari salmog‘i 
umumiy mahsulotlaming faqat 25 foizini, xalq iste’moli mollari esa ittifoqdagi 
o‘rtacha ko‘rsatkichning faqat 40 foizini tashkil etdi. 



Markaz asosan bizdan xomashyo mahsulotlarini olib ketardi. Markaz va 
boshqa respublikalardan esa asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlar keltirilardi. 
Bunday ahvol shimoldagi respublikalar sanoatini o‘sishini ta’minlar, 0’zbekiston 
sanoatini esa turg‘unlik holatida bo‘lishga majbur etar edi. Iqtisodiy rivojlanishga 
doir dasturlar, partiya va hukumat qarorlarida ittifoqdosh respublikalar manfaatlari 
hisobga olinmas, asosiy maqsad ittifoqning umumiy ko‘rsatkichlariga qaratilar edi. 
Qayta qurish davrida ham markaz inqirozlar sabablarini ittifoqdosh respubliklarga 
to‘nkab, xalq iste’moli mollari bilan aholini ta’minlash vazifasini ham butunlay 
ular zimmasiga yuklab qo‘ydi. 70 yil markazning keng iste’mol mollarini 
taqsimlashiga o‘rgangan respublikalarda aholini birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ta’minlashda uzilishlar boshlandi. Odamlar o‘rtasida ertangi kunga ishonch 
yo‘qolib, turli mintaqalarda ommaviy mitingbozliklar, namoyishlar avj oldi. 
0’zbekiston ulkan mamlakatning paxta xomashyosi yetkazib beruvchi 
bazasiga aylantirildi. Yetishtirilgan paxta hosiliga markaz egalik qila boshladi. 
Bunday ahvol respublikamizning agrar mintaqa bolishini taqozo etdi. Oqibatda 
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida qo‘shni davlatlar va 
ittifoqdosh respublikalardan bir necha marta orqada qolib ketildi. Markazning 
ko‘zga ko‘rinmas, niqoblangan mustamlakachilik siyosati partiyaning hamma 
sohalarini o‘ziga qamrab olgan edi. 
Turg‘unlik davrida ham ana shu siyosat madaniyroq va puxta niqoblangan 
ravishda davom etdi. Ittifoqning Yevropa qismida to‘xtovsiz ravishda kuchayib 
borayotgan xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida 0’zbekistonda paxta 
yetishtirishning eng oxirgi imkoniyatlari ham ishga solindi. Oqibatda ekologik 
holat yanada yomonlashdi, mehnat yanada og‘irlashdi. Xalqning turmush kechirish 
darajasi qiyinlashib, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar yanada keskinlashdi. 
Kommunistik partiya rahbarlaridan bir guruhining 1991-yil 19—21-avgust 
kunlari davlat to‘ntarishi qilishga urinishlari va uning oqibatida O‘zbekistonning 
boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan iqtisodiy aloqalari ham uzilib, yarim asrdan 
ko‘proq davr ichida shakllangan xo‘jalik aloqalari izdan chiqdi. Markaz chiqaigan 
rublning qadri butunlay tushib ketib, iqtisodiy aloqalami natural mol ayirboshlash, 



barter asosida amalga oshirish odatga aylandi. Barcha respublikalar umumiy 
moddiy va iqtisodiy resurslarni olishga intilar, o‘zlaridagi boyliklarni tashqariga 
chiqishiga tish- timog‘i bilan qarshilik qilar edilar. Natijada barcha respublikalar, 
jumladan, 0’zbekiston ham 1991-yildan boshlab markazga bo‘ysunmaslik, o‘z 
milliy manfaatlariga e’tibor bergan holda siyosat yuritishga o‘tdi. 
Prezident Islom Karimov «Xalqimizning fikri — biz uchun oliy mezon» 
nomli asarida o‘sha suronli davrda davlat to‘ntarishi qilishga urinishlarga barham 
berilganidan keyin markaz bilan har qanday munosabatlami to‘xtatish va 
respublikada davlat mustaqilligi uchun kurashlarni avj oldirish yo‘lini tutgani 
holda quyidagi fikrlami bildirgan edi: 
«Buning ajablanadigan joyi yo‘q. Markaz o‘tkazayotgan siyosat chor 
Rossiyasi o‘tkazgan siyosatdan kam farq qilardi, respublikamiz xomashyo bazasi 
boiib qolgan edi va bunday holga barcha tashkilotlar, eng avalo, KPSS Markaziy 
Komiteti bilan Ittifoq rahbar organlari asosiy masala, deb qarar edi. Ular faqat bir 
narsani bilishardi — mazkur mintaqa paxta, xomashyo bilan ta’minlashi kerak, 
qolgani esa suvga cho‘kayotganlaming o‘z ixtiyoridadir, deb o‘ylashardi. Bizga 
ko‘p narsalar va’da qilindi. Respublikamiz mamlakat paxta mustaqilligi yo‘lida 
ancha qurbonlar berdi. Biz, eng avalo, aholini go‘sht, sut, boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan, xalq iste’moli mollari bilan ta’minlash masalalarida qaram 
bo‘lib qoldik. Ekologiya to‘la buzilgani to‘g‘risida gapirmay qo‘- yaqolaylik. Bu 
o‘rinda kishilaming zaharlangani va ular umrining qisqarganini aytib o‘tish kifoya. 
Bulaming barchasi KPSS Markaziy Komitetining partiya shiori ostida olib borgan 
siyosati oqibati edi. Bulami to‘g‘ridan to‘g‘ri va oshkora aytish kerak, bu siyosat 
0’zbekistonni jaryoqasiga olib keldi, uni qashshoqlashtirib yubordi. Bizni, 
o‘zingizni o‘zingiz boqa olmaysiz va sizga berilayotgan har bir sadaqa uchun 
Markazga minnatdorlik bildirishingiz kerak, deb ishontirishardi»171. 
Bu davrda respublikada sobiq ittifoqdan meros bo‘lib qolgan mafkuraviy 
yakkahokimlik, iqtisodiy inqirozlar, kishilarda davlatga va tuzumga bo‘lgan 
ishonchsizlik, xalq o‘rtasida paydo bo‘lgan parokandalik siyosiy bo‘xronlar uchun 
yetilib qolgan edi. Ana shunday og‘ir va tahlikali bir sharoitda mavjud 



muammolarni hal qilish, xalqni milliy mustaqillik sari safarbar etish kabi 
maqsadlar rivojlanish kun tartibini belgilab bermoqda edi. Ayniqsa, bir necha yuz 
yilliklar o‘zbek xalqining orzu-armoni bo‘lgan milliy davlatni shakllantirish tarixiy 
zaruriyatga aylangandi. Tarixning ana shunday qaltis davrida Islom Karimovning 
respublika rahbari etib saylanishi, uning dastlabki faoliyati, ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotni o‘zgartirishga doir dastlabki islohotlari respublikamiz aholisida kelajakka 
bo‘lgan umid his-tuyg‘ularini uyg‘otdi. O‘zbekiston boshqa MDH davlatlaridan 
farqli o‘laroq barqarorlik va tinchlik mamlakatiga aylanish jarayonlarini boshladi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish va milliy iqtisodiyotni rivojlanishi 
Mustaqillikning ilk davridayoq 0’zbekiston iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
yirik industrial-agrar davlat sifatida tanila boshlandi. Prezident 
I.A.Karimovtomonidan ishlab chiqilgan 0’zbekistonda bozor iqtisodiyoti va bozor 
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
konsepsiyasi hayotga tatbiq etila boshlandi. Bu rivojlanish yo‘li jahondagi 
mamlakatlar tomonidan «Olzbek modeli» sifatida e’tirof etildi. Mamlakat xalqaro 
iqtisodiy integratsiyadan o‘ziga munosib o‘rinni olishga erishdi. 
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich va izchillik 
asosida amalga oshirilib, bu holat jamiyatni tinch va barqaror tarzda o‘tish davriga 
kirishini ta’minlab berdi.
1-bosqich. 1991-1994 yillar. 
2-bosqich.1995-1999 yillar. 
3-bosqich. 2000—2005 
Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida (1991—
1994 yy.) bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish uchun zamr bo‘lgan barcha 
shart-sharoitlar tayyorlandi. Bu jarayonda quyidagi keskin o‘zgarishlar amalga 
oshirilgan edi: 
islohotlar strategiyasi va taktikasi mamlakat tarixiy-iqtisodiy rivojlanish 
xususiyatlarini, aholining mentalitetini hisobga olgan holda shakllantirildi; 



iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
xos bo‘lgan meyoriy-huquqiy asoslari yaratildi
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish asosida ko‘p ukladli 
iqtisodiyotni shakllantirish asoslari shakl- lantirildi; 
milliy iqtisodiyotning eng murakkab sohasi — qishloq xo‘jaligini tubdan 
o‘zgartirish asosida mutlaqo yangi — bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan agrar 
munosabatlar shakllantirildi va qishloqda mulkdorlar sinfini yaratishga kirishildi; 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi va yangi demokratik 
institutsional o‘zgarishlar uchun keng yo‘l ochildi; 
narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmalarini shakl- lantirishga ustuvor 
ahamiyat berildi; 
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish asosida mam- lakatning jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuviga erishildi; 
davlatning bosh islohotchilik faoliyati natijasi o‘laroq millat ma’naviy-
ruhiyjihatdan uyg‘ondi; 
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj keng qatlamiga nisbatan davlat 
tomonidan kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati amalga oshirila boshlandi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning ikkinchi bosqichida 
(1995-1999 yy.) - makroiqtisodiy bar qarorlikka erishildi, xususiylashtirish 
jarayonlari yanada chu- qurlashtirildi va yangi raqobat muhiti shakllantirildi. Bu 
davrda milliy sanoatni mustahkamlash chora-tadbirlari, iqtisodiyotda tarkibiy qayta 
qurish dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy ishlab chiqarishda nodavlat sektori 
ulushining ortishi va ijtimoiy yo‘naltirilgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni 
shakllantirish, aholini manzilli himoya qilishni yanada kuchaytirishdan iborat 
dasturlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 
0’zbekiston 2000-yilga kelib MDH davlatlari o‘rtasida yalpi ichki mahsulot ishlab 
chiqarish bo‘yicha 1991-yil darajasiga yaqinlashgan yagona davlat sifatida e’tirof 
etildi (yalpi ichki mahsulot indeksi 1991-yilga nisbatan 98,7% ni tashkil qildi). 
Ayni vaqtda, yalpi ichki mahsulotning mutlaq hajmi jihatidan MDH doirasida 



uchinchi iqtisodiy baquvat (Rossiya va Ukrainadan so‘ng) davlat darajasini 
egalladi. 
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichida (2000—2005 yy.) 
bozor iqtisodiyoti munosabatlari mexanizm- larining samarali ishlashi negizida 
iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlariga erishish Dasturi asosida davlat 
qurilishining siyosiy va iqtisodiy sohalari yanada rivojlandi, ma’naviy jihatdan 
yangilanishlar ro‘y berdi, aholi turmush darajasi o‘sa boshladi, iqtisodiyotda 
tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirildi. 
«0’zbek modeli» asosida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida 
yirik muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, 1997— 2003-yillarda YalMning 
o‘rtacha yillik o‘sishi 4,4 %, 2007-yilda 2006-yilga nisbatan 9,5 % o‘sdi. 2003-
yilda real YalM 1995- yilga nisbatan 36,9 % oshdi. 2007-yilgacha aholi jon 
boshiga YalM ishlab chiqarish sur’atlari sezilarli ravishda o‘sib bordi. 
Mustaqillik yillarida 0’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
cheklash asosida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi, xo‘jalik faoliyatiga 
aralashuvlar chegaralandi, xo‘jalik sub- yektlarining iqtisodiy va moliyaviy 
mas’uliyati ortib bordi, bozor infratuzilmalari rivojlandi, tashqi iqtisodiy faoliyat 
tizimi qayta shakllandi va valuta tizimi erkinligi kengayib borishi natijasida real 
raqobat muhiti shakllandi, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun iqtisodiy va huquqiy 
shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, mulkdorlar roli va huquqi mustahkamlandi, 
jumladan xorij investitsiyalari uchun kafolat va yengilliklar beradigan qulay va 
sog‘lom investitsion iqlim va rag‘batlantirish tizimi yaratildi. 
Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligidagi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar 
samarasi oiaroq tarmoqlarda texnik qayta qurishlar va modemizatsiyalash, tabiiy 
va xomashyo salohiyatidan toia va samarali foydalanish, eksportga yo‘nalgan va 
import o‘mini bosuvchi ishlab chiqarish tizimlari shakllandi. 
Ko‘rinib turibdiki, mamlakat iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy va institutsional 
o‘zgarishlar, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari, mavjud tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
va ilmiy, texnik-texnologik salo- hiyat 0’zbekistonning istiqbolda iqtisodiy 
rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat 



qila boshladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki 2008-yilda boshlangan jahon 
moliyaviy va iqtisodiy inqirozi mamlakat iqtisodiyotiga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi. 
O‘zbekiston mustaqillik davrida Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari 
surilgan tadrijiy taraqqiyot konsepsiyasini amalga oshirish, iqtisodiyotni 
mafkuradan xoli bolishi, demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich joriy qilish, 
qonun ustuvorligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini tan 
olish va o‘tish davrida uning ta’sirini oshirish, m’amlakatimizning o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish kabi prinsiplar 
asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarini chuqurlashtirib 
borish asnosida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirdi. 

Yüklə 84,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin