Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari


O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo'nalish” hamda “Markaziy Osiyo ruhi” kabi tamoyillar bilan o'z tashqi siyosatini olib bordi



Yüklə 18,99 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü18,99 Kb.
#203280
1   2   3   4   5   6
Siyosatshunoslik - Tolliboyev Shohjahon

O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo'nalish” hamda “Markaziy Osiyo ruhi” kabi tamoyillar bilan o'z tashqi siyosatini olib bordi.

  • O'tgan qisqa davr mobaynida O'zbekiston “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo'nalish” hamda “Markaziy Osiyo ruhi” kabi tamoyillar bilan o'z tashqi siyosatini olib bordi.
  • O'zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida so'nggi besh yilda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlarining yetakchilari o'rtasidagi o'zaro ishonchga asoslangan siyosiy muloqot doimiylik kasb etdi. Bunday aloqalar natijasida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, chegaraviy masalalar, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sog'liqni saqlash va ekologiyaga oid o'zaro, mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim qo'shma qarorlar qabul qilindi.
  • Ushbu sa'y-harakatlar samarasi o'laroq, O'zbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi, xususan, o'zaro bordi-keldi rishtalari qaytadan yo'lga qo'yildi hamda chegaralar ochildi. Bu esa qo'shnichilik aloqalarini yanada kuchaytirdi, shuningdek, xalq diplomatiyasi, gumanitar yordam va madaniy hamkorlikning qaytadan jonlanishiga turtki bo'ldi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohalardagi munosabatlar izchil rivojlanmoqda. O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasini tahlil qiladigan bo'lsak, 2016 yilda 2,5 mlrd dollar, 2017 yilda 2,7 mlrd dollar, 2018 yilda 4,0 mlrd dollar, 2019 yilda 5,2 mlrd dollar va pandemiya sharoitiga qaramasdan, 2020 yilda 5,0 mlrd dollarni tashkil qilgan. Dinamik jadvalga e'tibor beradigan bo'lsak, 2016 yildan 2020 yilgacha tashqi savdo hajmi ikki barvarga oshdi. Bu esa hukumatning faol tashqi siyosati mahsulidir.

  • Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohalardagi munosabatlar izchil rivojlanmoqda. O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasini tahlil qiladigan bo'lsak, 2016 yilda 2,5 mlrd dollar, 2017 yilda 2,7 mlrd dollar, 2018 yilda 4,0 mlrd dollar, 2019 yilda 5,2 mlrd dollar va pandemiya sharoitiga qaramasdan, 2020 yilda 5,0 mlrd dollarni tashkil qilgan. Dinamik jadvalga e'tibor beradigan bo'lsak, 2016 yildan 2020 yilgacha tashqi savdo hajmi ikki barvarga oshdi. Bu esa hukumatning faol tashqi siyosati mahsulidir.
  • O'zbekiston tashqi siyosatining zamonaviy ustuvor yo'nalishlari haqida gapirganda, mamlakatimizning etakchi xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik aloqalari rivojlanib borayotganiga alohida to'xtalib o'tish lozim.
  • Xususan, yetakchi davlatlar bilan “Markaziy Osiyo + Rossiya Federatsiyasi”, “Markaziy Osiyo + Xitoy Xalq Respublikasi”, “S5 + 1” (AQSH), Markaziy Osiyo + Hindiston, “Markaziy Osiyo + Yaponiya”, “Markaziy Osiyo + Koreya Respublikasi”, “Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi” hamkorligi doirasida mintaqaviy muloqotning turli formatlarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Bu esa Markaziy Osiyoning etakchi xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarining tizimli ravishda olib borilayotganini ko'rsatmoqda.

Yüklə 18,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin