Mavzu: O’zbekiston Respublikasida asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Bo`limning asosiy vazifa va funktsiyalari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/4
tarix16.09.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#144207
1   2   3   4
Allayarov Babamurat (2)

Bo`limning asosiy vazifa va funktsiyalari:
asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni, respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o`rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llarini asoslash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo`nalishlari va maqsadli kompleks dasturlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni rivojlantirishning ko`p variantli ssenariylarini, mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo`yicha qisqa va o`rta muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqish;
asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo va to`lov balanslari bilan o`zaro bog`liqligini ta'minlovchi mexanizmlarni shakllantirish;
jamiyatni rivojlantirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va barqaror, mutanosib rivojlantirishning puxta o`ylangan strategiyasini hamda bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiyotni liberallashtirishni amalga oshirishning ta'sirchan mexanizmini ishlab chiqishda ishtirok etish;
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bo`yicha qabul qilinadigan qaror va farmoyishlar hamda qonun va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertiza qilish;
makroiqtisodiy ko`rsatkichlar ma'lumotlar bazasini shakllantirish va ularni doimiy monitoringini olib borish;
hisobot davridagi statistika ma'lumotlari asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining makroiqtisodiy ko`rsatkichlar ahvoli va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish, iqtisodiyotda tarkibiy qayta o`zgartirishlarning aniq maqsadli siyosatini shakllantirish, uning mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyotni rivojlantirishning qisqa va o`rta muddatli makroiqtisodiy rivojlantirish ko`rsatkichlari prognozlari va dasturlarini shakllantirishda tashkiliy - metodik qo`llanmalarni ishlab chiqish;respublika iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakuni bo`yicha yillik va har choraklik ma'ruzalar hamda tahliliy jadvallar tayyorlashda ishtirok etish;bo`limning har bir mutaxassisiga tegishli bo`lgan yo`nalish ma'lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilab borish.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) makroiqtisodiy ma’lumotlarga ishlov berish va ularni makroiqtisodiy tahlil maqsadlari uchun tizimlashtirilgan 7 ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini amalga oshirishda zarur bo‘lgan axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida namoyon etadi. Milliy hisoblar tizimi – muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha asosiy sektorlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatning umumiy ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi. Ta’kidlash lozimki, MHTning makroiqtisodiy tahlil uchun o‘ta muhim ahamiyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 1. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun zarur baza hisoblanib, o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mamlakatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi, hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi hisoblanadi. 2. MHT nafaqat muayyan davrda, balki dinamikada ham (muayyan vaqt qatori mobaynida) eng muhim makroiqtisodiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi) harakatini kuzatish imkonini beruvchi tizimni o‘zida namoyon etadi. 3. MHT – xalqaro taqqoslashlar uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi, chunki xalqaro tashkilotlarga milliy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’riflar va tasniflarni taqdim etishda foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘plab holatlarda, masalan, imtiyozli yordam olish huquqini belgilashda, XVFga a’zo mamlakatlar kvotalarini hisoblab chiqishda, shuningdek, turli mamlakatlar milliy hisoblarini taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi. MHTga muvofiq iqtisodiyot aktivlarga ega bo‘lib, majburiyatlarni qo‘lga kiritishga qodir bo‘lgan va boshqa iqtisodiy birliklar bilan iqtisodiy bitimlarni tuzuvchi iqtisodiy agentlarning institutsional birliklaridan tarkib topgan. MHT milliy iqtisodiyotni tashqi dunyodan rezidentlik mansublik tamoyili bo‘yicha ajratib turadi. Milliy hisoblar tizimi bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bir necha o‘nlab yildan buyon foydalanilmoqda. Ilgari markazlashgan rejalashtirish qo‘llanilgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning yakuniy hajmini o‘lchash uchun boshqa tizim – moddiy mahsulot tizimi (MMT) ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida ishlab 8 chiqarish umumiy hajmining ko‘rsatkichi bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning sof mahsuloti (MIChSM) xizmat qilgan.
Uslub (approach) – bu bir necha usul va tamoyillar yig‘indisi hisoblanib, ular orqali tadqiqot maqsadiga erishish yo‘llari belgilanadi. Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining turli bosqichlarida tadqiqotning turli xil uslublaridan foydalanilgan (formal-logik, dialektik va boshq. ) va hozirda ham ulardan zamonaviy tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning eng muhim tamoyili umumlashtirish hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va uning qonuniyatlarini, iqtisodiyotni bir butun darajada o‘rganish faqatgina umumlashtirish yoki agregatlash (aggregation) tamoyili orqali amalga oshiriladi. Makroiqtisodiy tahlil agregatlashni talab etadi. 11 2.1. -rasm. Makroiqtisodiy tahlilning uslub va tamoyillari1 Agregatlash – alohida elementlarni bir butun agregatga birlashtirishni ifodalaydi. Agregatlash doimo abstraktlashtirishga asoslanadi, ya’ni unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan jihatlarni chiqarib tashlab, ahamiyatga molik bo‘lgan iqtisodiy jarayon va hodisalarning qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatish demakdir. Agregatlash: makroiqtisodiy agentlar, makroiqtisodiy bozorlar, makroiqtisodiy bog‘liqliklar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Iqtisodiy agentlarning nisbatan tipik harakatiga asoslangan agregatlash to‘rtta makroiqtisodiy agentlarni ajratib beradi:  uy xo‘jaliklari;  firmalar;  davlat;  chet el sektori. Bozorlarni agregatlash (aggregation markets) har bir alohida bozorda amal qiluvchi qonuniyatlarni aniqlash, ya’ni: talab va taklif shakllanishi xususiyatlarini va har bir bozorda uning muvozanat shartlarini tadqiq etish; talab va taklif nisbatlari asosida muvozanat narx va muvozanat hajmni aniqlash; har bir bozorda muvozanat o‘zgarishi oqibatlarini tahlil etish maqsadida amalga oshiriladi. 1 N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 Makroiqtisodiy tahlilning uslub va tamoyillari «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyili modellashtirish chizma yoki grafiklarda tasvirlash usuli umumlashrish tamoyili yoki agregatlash ekonometrik metod tahlil sintez induksiya deduksiya gipoteza bashoratlash usuli 12 Bozorlarni agregatlash to‘rtta makroiqtisodiy bozorni ajratish imkonini beradi:  tovar va xizmatlar bozori (real bozor);  moliyaviy bozor (moliyaviy aktivlar bozori);  iqtisodiy resurslar bozori;  valuta bozori. 2.2. -rasm. Makroiqtisodiy agentlar va bozorlar2 Ekzogen va endogen o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar. Har qanday model (nazariya, tenglama, grafik) real borliqning sodda va abstrakt ko‘rinishi hisoblanadi, chunki tadqiqot o‘tkazishda barcha elementlarni bir vaqtning o‘zida barchasini hisobga olish mushkul masala hisoblanadi. Shuning uchun har qanday makroiqtisodiy modelni absolyut deb hisoblash mumkin emas. Bunday makroiqtisodiy modellar barcha mamlakatlar uchun bir vaqtning o‘zida bir xil to‘g‘ri javob berish imkonini bermaydi. Ammo bunday «umumiylashtirilgan» modellar orqali bandlik, ishlab chiqarish, inflatsiya, investitsiya, iste’mol, foiz stavkasi, valuta kursi kabi ichki (endogen) iqtisodiy ko‘rsatkichlarni boshqarishning kompeks muqobil usullari aniqlanadi. 2 T.Z.Teshabayev, Z.M.Otaqo‘ziyeva, Makroiqtisodiyot. Ma’ruzalar matni. Т.: ТАТU, 2015 makroiqtisodiy agentlar uy xo‘jaliklari firmalar davlat chet el sektori Bu modeldan ko‘rish mumkinki, ma’lum davrda jamiyat faqatgina iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishni lozim deb topsa, u holda barcha resurslar safarbar etilib iste’molga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqariladi, ammo bunday sharoitda endilikda ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishning imkoniyati mavjud bo‘lmay qoladi yoki aksincha (2. 3 - rasmdagi A yoki D nuqta). Modelni tahlil etishni davom ettirar ekanmiz, muqobil xarajatlar mavjudligini, ya’ni ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idagi B yoki C nuqtalarda ulardan birini kamaytirish hisobiga ikkinchisini oshirish mumkinligi yaqqol ko‘rish mumkin. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i ichkarisida joylashgan har qanday nuqtada (masalan F nuqta) hozirda mavjud imkoniyatlar, ya’ni mavjud resurslar (yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik faoliyati) dan 3 N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 15 samarali yoki to‘liq foydalanilmayotganlikni ko‘rishimiz mumkin. Chunki bunday holatda har ikki mahsulotni mavjud bo‘lgan imkoniyat darajasidan past darajada ishlab chiqarilgan hisoblanadi. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, 5 T.Z.Teshabayev, Z.M.Otaqo‘ziyeva, Makroiqtisodiyot. Ma’ruzalar matni. Т.: ТАТU, 2015 № Iqtisodiy tizim turlari Belgilari an’anaviy ma’muriybuyruqbozlik sof bozor aralash 1 Mulkchilik shakli jamoa davlat xususiy xususiy va davlat 2 Xo‘jalik faoliyatini tashkil etish usuli an’analarga asoslangan reja asosida bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida 3 Davlatning roli boshqaruvchilik deyarli mavjud emas cheklangan 4 Misollar Afrika qabilalari Shimoliy Koreya, Kuba Iqtisodiy jarayonlarga davlatning u yoki bu darajada aralashuvi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud AQSh, Rossiya, Yevropa, Yaponiya va boshqa davlatlar 17 umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi. Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi: a) tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelning bir qismi bo‘lib qoladi; b) tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan 19 bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin: Y = f (OPF, PPP) RRR = f(L) OPF = f (KK). Bu erda Y - asosiy ko‘rsatkich, RRR - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital qo‘yilmalar. v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi.


Xulosa:

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin