Mavzu: O’zbekiston respublikasida budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari. Reja: Kirish


O’zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo’nalishlari



Yüklə 33,33 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü33,33 Kb.
#199519
1   2   3   4   5
Mavzu O’zbekiston respublikasida budjet tizimini isloh qilishni-fayllar.org

O’zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo’nalishlari

O’zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo’nalishlari (budjet xarajatlari) Davlat budjetining daromadlari mamlakat YAIM ini taqsimlash va qyta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biridir. Ular huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromad va jamg’malarning bir qismini budjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi.


Bunday daromadlarning moddiy buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lishi shakli budjetga borib tushivchi turli soliqlar, to’lovlar, yigimlar, bojlar va ajratmalardan iborat. Miqdoriy jihatdan davlat budjetining daromadlari yaratilgan YAIM da davlatni ulushini ko’rsatadi.
Ularning absolut hajmi va salmog’i mamlakatning YAIM ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi.
Ana shularga muvofiq ravishda davlat budjetida mablaglarni konsentratsiya qilish miqdori va ularni undirishning shakl metodlari aniqlanadi.
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkichilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablaglarning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi 3 guruhga bo’linadi;
- soliqli daromadlar;
- nosoliqli daromadlar;
- tiklanmaydigan pul mablaglari.
Soliqdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari-bu yangidan yaratilgan qiymat va uning dastlabki qayta taqsimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va boshqalar), shuningdek, jamg’armalardir.
Soliqqa kirmaydigan, ya’ni nosoliq daromadlarning ko’pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina daromadlari ko’rinishlari ega bo’lmaydi. Budjetning nosoliq daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko’p hollarda ular odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi.
Nosoliq daromadlari soliq daromadlari kabi O’zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi.
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subvinsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklanmaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamlardir.
Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi budjetning daromadlarida o’z iifodasini topishi kerak. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi4. Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) huquqiy shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
4 O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 23-modda.
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qaridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus yo’lovlar;
6) suv resurslarida foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’ii;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; Boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamgarmalarga majburiy to’lovlar;
2) respublika yo’l jamgarmasiga majbuiy to’lovlar;
3) davlat boji;
4) bojxona to’lovlari;
5) ayrim turdagi tovorlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi.
O’zbekistonda 1992 yilga qadar foizlar va mehnat resurslari uchun to’lovlar bilan birgalikda undiriladigan foyda solig’i amal qilgan. 1992 yildan buyon bu soliq daromad solig’i bilan almashtiriladi. Soliqning stavkasi o’rtacha 12% ni soishtirma hissasi budjet daromadlarida jami tushumlarning 17,6% ni tashkil qilgan.
1995 yil yanvaridan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida soliqlarning ragbatlantiruvchanlik rolini kuchaytirishning asosiy yo’nalishlari to’grisida» gi Farmoniga binoan foyda soligi joriy etildi Foyda solig’ini moliya yilida soliqqa tortiladigan foydaga ega bo’lgan huquqiy shaxslar to’laydilar.
Daromad solig’i har qanday soliq tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida bu soliq turi 1991 yil mart oyidan boshlab 1991 yil 15-yanvarda qabul qilingan. Qo’shilgan qiymat solig’i-tovarlarni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat ko’rsatish), ularni sotish hamda O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo’shilgan qiymatning bir qismini budjetga olish shaklidir.
Aksiz solig’i-bilvosita soliq turi bo’lib, tovarlar yoki xizmatlar narxiga ustama undiriladi, uni oxirgi iste’molchilar to’laydilar. Aksiz solig’i davlat umumiy soliq siyosatining tarkibiy qismiga kiradi va davlat budjetini ko’paytirish, ayrim tovarlarni (tamaki, alkogol mahsulotlari) iste’mol qilish, ayrim turdagi korxonalarning atrof-muhitga zararli oqibatlari bilan bog’liq ijtimoiy xarajatlar o’rnini to’ldirish, shiningdek avtomobil yo’llarini qurish va uni saqlash xarajatlarini qoplash, mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash maqsadida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasida aksiz solig’i birinchi marta 1992 yilda, O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 1-martda qabul qilingan. «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar to’laydigan soliqlar to’grisida» gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasining qonunlari bilan kiritilgan va respublika iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotiga o’tishi bilan bog’liq keyingi o’zgartirish-larni hisobga olgan holda joriy qilingan.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq-O’zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari tog’risida» gi Qonuniga muvofiq 1995 yil 1-yanvardan joriy qilingan. 1995 yildan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq joriy qilindi.
Yer solig’i 1994 yil 1-yanvardan qishloq xo’jaligiga taalluqli bo’lmagan yerlar uchun joriy qilingan. 1995 yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda foydalaniladigan yerlar uchun yer solig’i undiriladigan bo’ldi. 1998 yildan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun ilgari to’lab kelingan barcha soliqlar o’rniga yagona yer soligi joriy qilindi.
Budjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan.
Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarni kiritish mumkin. Davlat budjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda mobilizatsiya qilinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda mobilizatsiya qilish hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Ixtiyordagi shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiya-larine va pul buyum loteriyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat budjeti daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi.
Turli subyektlardan kelib tushadigan davlat budjetining daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab bir-biri bilan bog’laganlar.
O’zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslarining ishlatilish yo’nalishlari (budjet xarajatlari) Davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar budjet xarajatlari deyiladi.
Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Budjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya sifatida budjetnin ko’rinishlaridan biri bo;lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatga egadir, ya’ini ular taqsimlash ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilinishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Budjet xarajatlari asosan qaytari olinmaydigan, qaytmas xususiyatga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin.
Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatildi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bogliq bo’ladi. Budjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli tuman ko’rinishlari orqali namoyon bo’ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o’zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, budjet xarajatlarining mo’ljallganligini, miqdoriy xarakteristikasi esa ularning o’lchamini aniqlashga imkon beradi. Budjet xarajatlari chiqimlarning aniq turlari orqali namoyon bo’ladi. Budjet xarajatlari aniq turlarining xilma xilligi esa o’z navbatida quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisoiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; budjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; budjet mablarining namoyon bo’lish shakllari va boshqalar. Bu omillarning qo’shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida har qanday davlat budjetining u yoki bu xarajatlar tizimini vujudga keltiradi. Budjetning capital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlaening tarkibiga:
 tasdiqlangan investitsion dasturga m
uvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan huquqiy shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan;
 huquqiy shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablaglar;
 kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bogliq bo’lgan boshqa xarajatlari;
 amalgam oshirilishi davlat mulkig
a tegishli bo’lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajtlar;
 budjet xarajatlarining iqtisodiy xarakterlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kirtiladigan boshqa xarajatlar kiradi.



  1. Yüklə 33,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin