Mavzu: O’zbekiston respublikasida budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari. Reja: Kirish


Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri



Yüklə 33,33 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü33,33 Kb.
#199519
1   2   3   4   5
Mavzu O’zbekiston respublikasida budjet tizimini isloh qilishni-fayllar.org

Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri

Funksional nuqtai-nazaridan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yo’naltirilganligini aks ettiradi. Bunda budjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo’linishi mumkin:


 davlat boshqaruvi va mahalliy o’z-o’zini boshqarish;
 sud hokimiyati;
 xalqaro faoliyat;
 milliy mudofaa;
 huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;
 fundamental tadqiqotlar va ilmiy texnika taraqqiyotini ta’minlash;
 sanoat, energetika, va qurilish;
 qishloq xo’jaligi va baliqchilik;
 atrof-muhitni va tabiiy resurslar muhofaza qilish, gidrometrologiya, xaritashunoslik va geodiziya;
 transport, yo’l xo’jaligi aloqa va informatika;
 uy-joy kommunal xo’jalik;
 ma’orif;
 sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
 madaniyat, san’at va kinematografiya;
 ommaviy axborot vositalari;
 maqsadli budjet fondlari;
 davlat qarziga xizmat qilish;
 davlat zaxiralari va rezervlarni to’ldirish;
 ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha budjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlariga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajariladigan funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda budjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
 ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
 milliy xo’jalikka oid xarajatlar;
 rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari;
 boshqaruv xarajatlari;
 harbiy xarajatlar.
Davlatning ijtmoiy fumksiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi budjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga,fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sugurta va ijmoiy ta’minotni amalgam oshirishga keng yo’l ochib berdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’liqdir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’siri ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, budjet xarajatlarning hajmi budjaet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi.
O’z navbatida budjet daromadlarining
hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda budjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda budjet mablag’laridan foydalanishning shunday muddatalarini o’rnatish kerak, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlansin.
Mamlakatda milliy xo’jalikni moliyaviy jihatdan tartibga solish budjet daromadlarini rejalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayoning o’zidayoq budjet xarajatlarning umumiy hajmi gorizontaliga va vertikaliga taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir b o’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi.
Budjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng ma’noda qilish imkoniga ega bo’ladi. Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Moliya organlari iqtisodiyotning turli tarmoqlariga budjetdan ajratilgan mablag’larni sarflash ustidan nazorat olib boradi va budjetdan ajratilgan mablag’lar ortiqcha sarflangan hollarda, ushbu holatlarning sabablarini o’rganib chiqadi hamda chiqimlarni kamaytirish yuzasidan tegihli xulosa va takliflarni taqdim etadi.



  1. Yüklə 33,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin