Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Kichik va o’rta guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish va o’tkazish



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə16/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

13-Mavzu: Kichik va o’rta guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish va o’tkazish
Reja: 1. Kichik va o’rta guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish 2. Kichik va o’rta guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazish
Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport o’yinlari va mashqlariga katta o’rin beriladi. Chang’ida yurish, konkida, chanada uchish, velosipedda, samokatda, sport rollerda yurish, shuningdek suzish, sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushak guruhlarini mustahkamlashga, suyak, yurak-tomir, nafas olish va asab tizimlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari mashg’ulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik…), shuningdek, ritmlilik, harakatlar koordinatsiyasi, fazoda mo’ljal olish malakasi rivojlanadi. Velosipedda yurish, konkida uchish vestibulyar barqarorlikni rivojlantiradi. Tegishli kiyimda turli temperaturada toza havodagi mashg’ulotlar quyosh nurida, shuningdek suvda chiniqish modda almashishini kuchaytiradi va chiniqtirishga xizmat qiladi. Bog’, o’rmon, daryoda o’tkaziladigan mashg’ulotlar tabiat go’zalligini ko’rishga imkon beradi, unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, estetik his qo’zg’atadi, ijobiy emotsiyalar uyg’otadi. Sport mashqlaridan iborat mashg’ulotlar bolalarga tabiat xodisalarini bilishga (qor, s hamol, muz, suv…) sirg’alish, tormozlanish haqidagi tushunchalarni, shuningdek sportroller, velosiped tuzilishi haqidagi bilimlarini egallashiga imkon beradi. Sport mashqlari – mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak, qon-tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardir. Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o’yinlari elementlariga o’rgatadi. Bu ishni asosan tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o’yinlarini o’ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak. Ob- havo sharoiti, sport jihozlarining boryo’qligi, bolalarning u yoki bu sport o’yini va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko’rsatilgan sport turlarini hafta bo’yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha o’yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan: ba‘zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va badminton o’ynaydilar keyin esa ular o’zaro o’rin almashadilar. Dastlab tarbiyachi sport o’yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida mashqni yetarlicha o’zlashtirmagan bolalarni jalb yetadi. Keyinroq esa hamma bolalarning faol bo’lishiga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o’yinlari elementini o’zlashtirib olishlari emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport inventarlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab saqlashni bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o’zi sport o’yinlarida faol ishtirok etsa, bolalarning xatti- harakatiga rahbarlik qilsa, sport o’yinlariga o’rgatish ancha tezlashadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida uch g’ildirakli va ikki g’ildirakli velosipedlardan foydalaniladi. Avvalo bolalarni velosipedda yurish qoidalari bilan tanishtiriladi. Bolalar ikki yoshdan uch g’ildirakli, besh yoshdan ikki g’ildirakli velosipedda yurishga o’rgatiladi: velosipedga o’tirishga undan tushishga, to’g’riga, aylana bo’lib, «ilon izi» bo’lib haydash, ortga burish topshirig’i beriladi. Shundan so’ng bolalarni velosipedda to’g’riga haydash, burilishlar qilishga (kattalar yordamida) o’rgatiladi. Velosiped uchishga o’rgatishda bolalarni ketma-ket tarzda mashqlarga o’rgatish lozim:
 velosiped qismlari bilan tanishish;
 rulni ushlab velosipedni to’g’ri, aylana bo’ylab haydash;
 oyoqni o’rindiq ustidan oshirib o’tkazib joyida turgan velosipedga o’tirish (bunda o’rindiq bolaning oyoqlari yerga tegadigan holatga tushirilgan bo’lishi kerak);
 oyoqlari bilan yerdan itarilib, to’g’ri yo’ldan velosipedda muvozanat saqlab uchish (1 – 2 marta tarbiyachi velosiped egaridan ushlab yordam beradi, keyin bola mashqni mustaqil bajaradi);
 oyoqlarini ko’tarib, muvozanat saqlab, kichikroq masofani yurib o’tish (oyoqlar yordamida yerdan itarilish bilan tezlik olinadi);
 oyoqlar bilan yerdan itarilib, to’g’ri yo’ldan kichikroq masofalarni o’tish (bunda avval bir oyoq, keyin har ikki oyoq pedalga qo’yiladi);
 oyoqlar bilan yerdan itarilib tezlik olgandan keyin oyoqlarni pedalga qo’yish va uni aylantirish, oyoqni pedaldan olish va ularni yerga tekkizib, velosipedning yurishini sekinlashtirib uni to’xtatish;
 pedallarni aylantirib, to’g’ri yo’ldan velosiped uchish;
 katta aylana bo’ylab uchish;
 to’xtash va velosipeddan tushish;
 yo’nalishga hamda boshqa velosipedchilardan 4-5 metrlik masofaga rioya qilib, aylana bo’ylab velosiped uchish. Tarbiyachi velosipedga o’tirishni, qoidalarning bajarilishini, harakatlarni dozalashni kuzatib boradi. Agar toliqish alomatini sezsa, bolaga haydashni bas qilishni aytadi.


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin