Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Uloqtirish va ilib olish, muvozanat saqlash mashqlarini turlari va o’rgatish uslubi



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə12/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

10-Mavzu: Uloqtirish va ilib olish, muvozanat saqlash mashqlarini turlari va o’rgatish uslubi.
Reja: 1. Uloqtirish 2. Irg’itish va muvozanat saqlash mashqlarini turlari 3. Irg’itish va muvozanat saqlash mashqlarini o’rgatish uslubi
Respublika miqyosidagi musobaqalarda (120— 130 grammli) rezinka to'plar uloqtiriladi. Ammo bunday to'plar xavfliroq sanaladi (ular ancha og'ir va yerdan juda balandga sakraydi). Bordi-yu, ular odamga tegsa jiddiy jarohatlashi mumkin. Qoidaga ko'ra, bunday to'plar maysa bilan qoplangan maydonlarda uloqtiriladi. Jismoniy tarbiya darslarida tennis to'pi (og'irligi 80 gr.) uloqtiriladi va me'yorlar topshirishda shunday to'plardan foydalaniladi. Uloqtirish mashqini o'rgatishda, dastlab, lattadan tayyorlangan yoki tennis to'plaridan foyAslida, dasturda granatalarni Uloqtirish ko'zda tutilgan, ammo ularning kollejlarda yo'qligi hisobga olinib, uni to'p uloqtirish bilan almashtirish mumkin. Dalanish tavsiya etiladi, negaki ular xavfsizroq va tegib ketganda ham jiddiy jarohat yetkazmaydi, bundan tashqari, bunday to'plarni yog'ingarchilik paytida bino ichida, sport zalida, devorga qaratib otish mumkin. Respublikada yoshlar orasida (130 grammli) to'pni uloqtirish bo'yicha rekord o'rnatilgan. Roman Vorsyakov (Toshkent sh.) to'pni 81 metrga uloqtirib rekord natijaga erishgan. Qizlar o'rtasida Kapustina Ira (Toshkent sh.) to'pni 65 metrga uloqtirib rekordni qo'lga kiritgan. To'p uloqtirish darslarida liar kimga bittadan yoki ikki kishiga bittadan to'p beriladi. Bunda bir guruh to'pni otadi, boshqasi uloqtirishga tayyorlanadi. Yugurib kelib, to'pni to'g'riga uloqtirishda oxirgi qadamlar (3 —5 qadam) katta tashlanadi. Uloqtirish chog'ida orqada turgan oyoq bilan siltaniladi, yelkalar oldinga chiqadi va to'p ushlagan qo'l keskin to'g'rilanib, uni uloqtiriladi. Muhimi, uloqtirish paytida qo'l erkin harakatlanishi, ya'ni gavda qayishdek buralishi lozim. Yakuniy harakat bajarilgandan so'ng chi-ziqni bosmay to'xtab qolish zarur. Darslarda to'pni uloqtirish vaqtida quyidagilarga e'tibor berish kerak: - to'pni ishora berilgandan so'ng, bir guruh o'quvchilar uloqtiradilar; uloqtirilgan to'plar o'qituvchining ruxsati bilan yig'ib olinadi; - uloqtirish uchun eng ma'quli yer yaxshi ko'rinib turadigan keng maydon, sayhonlik hisoblanadi; uloqtirish paytida maydonda odam bo'Imasligi zarur, aks holda to'p tegib ketib, noxushlik ro'y berishi mumkin; imkoni bo'lsa, to'pni balandlik tomonga (to'p uzoqqa ketib qolmaydi)yoki devorga qarab uloqtirgan ma'qul. Uloqtirish mashqlarini tez-tez va kuchi yetgancha baja-rish kerak. Turli narsalarni (nayza, yog'och, tayoqcha, rezinka trubkalar 30—40 sm li va boshqalarni) otsa ham bo'laveradi. Turli holatlardan, ko'proq, yugiirib kelib uloqtirish ayniqsa foydalidir. To'g'ri uloqtirishga o'rgatish mashqlarini bajarishda quyidagilarga amal qilish lozim: - to'pni to'g'ri ushlash, to'p ushlagan qo'lni to'g'ri holatda tutish, to'p yo'nalishiga qarash;

Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin