Qisqa masofalarga (sprinterlik) yugurish Yugurishning bu turi bo'yicha respublikamizda o'g'il bolalar va qizlar uchun eng yuqori natijalar Toshkent shahrida qayd etilgan. O'g'il bolalarda 100 m. ga yugurish bo'yicha rekord natija Anvar Kuchmuradovga (10,50 sek. elektron hisoblagich); qizlar o'rtasida Ludmila Lapshina (11,85 sek.) ga tegishli. Bu masofaga yugurish bo'yicha jahon rekordi erkaklar orasida 6,39 s ga teng (elektron sekundomer bo'yicha). Bunga amerikalik Moris Grin erishgan. Ayollar orasida —6,92 s bo'lib (elektron sekundomer bo'yicha), bunga rossiyalik Irina Privalova erishgan. Jismoniy tarbiya darslarida 2 x 30, 2 x 20, 60 m yoki 100 m masofalarga (1, 2, 3 o'quvchi) oddiy sekundomer o'lchovi asosida yuguriladi. Bir necha darsdan keyin dastlab 30 m ga, 2 — 3 darsdan keyin 60— 100 m ga yugurish me'yorlari topshiriladi,
Pastki start — tez yugurib ketish uchun qulay bo'lgan dastlabki holat. Pastki startdan yugurish uchun tayanch, chuqurcha yoki start g'o'lachalari (kolodka)dan foydalaniladi. -tiz cho'kib, qo'llarga tayaniladi, bir oyoq tizzasi yerga tegib turadi, ikkinchi oyoq tayanchda (kolodkada) turadi; - qo'llarni yelka kengligida qo'yib, yerga tayaniladi, bosh barmoqlar ichkariga qaratiladi, qo'llar to'g'rilanadi, tana og'irligi qo'l va tizzaga bir xilda tushadi. Bosh egiladi va start chizig'iga qaraladi.
Diqqat" komandasi berilganda orqada turgan oyoq tizzasi yerdan uziladi, tana og'irligi to'rt tayanch nuqta (qo'llar va oyoqlarjga tushadi.
,Marsh "komandasi berilgandagavdani tezda to'g'rilab, orqada turgan oyoq bilan birinchi qadam qo'yiladi, qo'llar keskin harakatlanadi, so'ngra ikkinchi, uchinchi va hokazo qadamlar qo'yiladi. Faqat 6 — 8 qadamdan kcyingina gavda to'liq to'g'rilanadi. Ma'lum masofaga yugurayotganda sportchi oyog'ini kaft-dan bosib, katta-katta qadamlar tashlashga harakat qiladi. Qo'l-lar bir maromda harakatlanib, u tirsakdan bukilgan bo'ladi. Qo'llar musht qilinmaydi, tana bir oz oldinga egilgan bo'ladi. Bel ham butunlay bukilmagan va tishlar ham bir-biriga qattiq bosilmaydi, faqat olg'a intilib, harakatlar erkin bajariladi. Finishga, chamasi, 10—15 metr qoiganda yuguruvchi erkin harakatini saqlagan holda oldinga qaraydi, yelkalarni to'g'ri tutib (u yoq-bu yoqqa chalg'imay), tezlikni susay-tirmay, finish chizig'ini kcskin kesib o'tadi.