Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə2/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

2-Mavzu: Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Reja:
1. Jismoniy tarbiyaning maqsadi
2. Jismoniy tarbiyaning vazifalari Kommunistik tarbiya tizimining umumiy maqsadi kishining har taraflama uyg`un barkamolligini ta‘minlashdan, uni kommunizm qurilishida ijodiy mehnat qilishga va Vatan himoyasiga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad rivojlanib kelayotgan moddiy ishlab chiqarish birinchi navbatdagi ob‘ektiv talablarining amridir, kommunistik jamiyatda qobiliyatlari har taraflama kamol topgan kishilargina moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirishga. Kommunistik tarbiya tizimi umumiy maqsadining muhim tomonlaridan biri bevosita jismoniy tarbiyaga taalluqlidirki, u insonga jismoniy jihatdan barkamol bo`lishida yordam berishga da‘vat etilgan. Shaxsni har taraflama kamol toptirish g`oyasi ko`pdan-ko`p asrlar mobaynida jamiyatning ilg`or fikrli oqil kishilarini to`lqinlantirib kelgan. Qadimiy yunon faylasufi Arastu, O`yg`onish davrining insonparvarlari Rable va Montel, XVII asrda yashagan atoqli chex pedagogi Yan Amos Komenskiy, XVIII asr fransuz ma‘rifptparvarlari Jan jak Russo, XIX asrning utopik sotsialistlari Fure, Sen-Simon, Ouen, buyuk rus revolyusion demokratlari A.I.Gersen, V.G.Belinskiy, N.G.CHernishevskiy, I.A.Dobrolyubov, atoqli rus pedagoglari va vrachlari K.D.Ushinskiy, P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy va boshqa ko`pgina kishilar insonning ma‘naviy va jismoniy qobiliyatlarini uyg`un rivojlantirish g`oyasini o`z asarlarida ilhom bilan ilgari surdilar va yoqlab chiqdilar. Lekin to sotsialistik sinfiy ijtimoiy formatsiyagacha bo`lgan davrning hammasida tarixiy ijtimoiy munosabatlarning xarakteri sababli shaxsni har taraflama kamol toptirish g`oyasi shirin orzu – sotsialistik utopiyalik doirasidan nariga chiqolgani yo`q. Bu g`oya ilmiy OOkommunizm asoschilarining asarlarida birinchi marta konkret mazmun kasb etib, OOkommunistik asoslarida qurilgan jamiyat uchun revolyusion kurash praktikasi bilan bog`lanadi. K.Marks va F.Engels pedagogik qarashlarda chinakam to`ntarish yasadilar. Ular inson rivojining va kun ko`rishning ijtimoiy-tarixiy negizi sifatida mehnatning o`z mazmunidan tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya zarurati kelib chiqishini ko`rsatib beradilar. K.Marks va F.Engels burjuaziya jamiyati rivojining taraqqiyot qonunlarini ochib berib, sinfiy jamiyatda bilim va tarbiyadan hukmron sinf o`z manfaatlari uchun foydalanadi, deb ko`rsatadilar. Bunday jamiyatda mehnatkashlar jismoniy va aqliy qobiliyatlarini har taraflama rivojalantirish uchun zarur bo`ladigan vositalarga va sharoitlarga ega bo`lmaydilar, ularga jismoniy va aqliy tanazzul xavfi tug`iladi. Hukmron sinflar esa mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga keltirilgan moddiy ne‘matlardan foydalanish tufayli yaxshi tarbiya topadi. Marks bilan Engels tarbiya masalalarini ishchilar sinfining taqdiri bilan, uning ―kapitalizmning go`rkovi‖ sifatidagi tarixiy vazifasi bilan bevosita aloqada qarab chiqdilar. ―Muvaqqat Markaziy Rassiya delegatlariga instruksiya‖da Marks bunday deb yozgan edi: ―...Eng ilg`or ishchilar o`z sinflarining, binobarin, insoniyatning kelajagi o`sib kelayotgan ishchilar avlodining tarbiyasiga batamom bog`liq ekanligini to`la tushunadilar‖. Marks tarbiya deganda o`z ichiga quyidagilarni oladigan tizimini tushungan6 ―Birinchidan, aqliy tarbiya. Ikkinchidan, gimnastika maktablarida va harbiy mashqlar bilan beriladigan jismoniy
tarbiya. Uchinchidan, texnika ta’limi‖... Bu ta‘rifning ahamiyati bizning kunlarimizda ham g`oyat kattadir. K.Marks bu ta‘rifda jismoniy tarbiyani tarbiyaning boshqa turlari bilan bir qatorga qo`yadi va uni pedagogik sistemaning uzviy qismi sifatida belgilaydi, bu sistemaning uzviy qismi sifatida belgilaydi, bu sistemaning maqsadi har taraflama rivojlangan kishilarni tayyorlashdan, insonni jamiyatning buyuk ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida tayyorlashdan, insonni jamiyatning buyuk ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida tayyorlashdan iborat. K.Marks bilan F.Engels ishchilar sinfini jismoniy tarbiyalashni kapitalistik jamiyat sharoitlarida ham qisman amalga oshirish mumkin, deb hisobladilar. Bu imkoniyat, bir
tomondan, burjuaziyaning malakali ishchi kuchiga bo`lgan ehtiyoji bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, ishchilar sinfining uyushqoqlik ko`rsatib, bildirilgan talablari bilan belgilanadi. ―Tarbiyaga doir fabrika katlarining umumiy moddalari naqadar ayanchli holda, - deb yozgan edi K.Marks, - ular boshlang`ich ta‘limni mehnatning majburiy sharti deb e‘lon qildilar. Ularning muvaffaqiyati t a ‘ l i m v a g i m n a s t i k a n i j i s m o n i y m e h n a t b i l a n, b i n o b a r i n, j i s m o n i y m e h n a t n i t a ‘ l i m v a g i m n a s t i k a b i l a n q o` sh i sh imkoniyati borligini birinchi marta isbotlab berdi‖ (razryad bizniki. – A.N.). K.Marks bilan F.Engels tarbiyani, jumladan, jismoniy tarbiyani ishchilar sinfini revolyusion janglarga tayyorlash bilan bog`ladilar. Ular revolyuseonerning sihat-salomatligi to`g`risida, jismoniy tarbiyasi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni partiyaviy burch deb hisobladilar. Marks bilan Engels insonni har tomnlama o`stirishning bosh qismlarini aniqlab, ularning yo`nalishini belgilab berdilar. Yagona tarbiya tizimining bir qismi sifatida jismoniy tarbiya, deb ko`rsatishdi ular, dastavval mehnat yo`nalishiga egadir. Marks jismoniy tarbiyaning mehnat faoliyati bilan aloqasiga qanchalik katta ahamiyat berganligining dalili shuki, u kelgusida tarbiya ishlab chiqarish mehnatini gimnastikani ham o`rganish bilan qo`shadi, shu bilan birga bu ijtimoiy ishlab chiqarishni oshirish metodigina bo`lib qolmay, ayni paytda har tomonlama rivojlangan kishilarni vujudga keltirishning ham yagona metodi bo`lib qoladi, degan fikrni izhor etgan edi. K.Marks odamni mehnat qilishga tayyorlashda jismoniy tarbiyaning juda katta roli borligi to`g`risidagi masalani chuqur va konkret yo`lga qo`ygan edi. Marks odamga jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida qaraganida, ishchi kuchini tahlil etganida, bu ayniqsa ko`zga yaqqol ko`rinadi. ―Ishchi kuchi yoki mehnatga layoqat deganda, - deb yozadi K.Marks, - biz organizm, insonning jonli shaxsi ega bo`lgan hamda biror iste‘mol qiymatini ishlab chiqarayotgan paytda har gal ishga tushiradigan jismoniy va ma‘naviy layoqatlarning jamini tushunamiz‖. Marks jismoniy sifatlar deganda nimani tushunadi hamda ishchi kuchlarining sharoitlarini va ana shu fazilatlarini tarbiyalash jarayonini qanday tasavvur etadi? Marks bunday deb yozadi: ―Ishchi kuchi uning tashqi ko`rinishi bilan amalga oshiriladi va mehnatdagina o`zini real narsaga aylantiradi. Ishchi kuchini amalga oshirish jarayonida, mehnatda muayyan miqdorda muskullar, asablar, miya va hokazolar ishga solinadi. Bu miqdorning o`rni qoplanishi kerak. Bu zo`r berib kuch sarf qilish, zo`r berib bu kuchning o`rnini qoplashni ko`zda tutadi. Ishchi kuchining egasi, mehnatkashlar butun kuchi va sihat-salomatligining avvalgi sharoitlarida ertaga ham huddi o`sha jarayonni takrorlash imkoniyatiga ega bo`lishi kerak‖. Demak, K.Marks odam mehnat qila olishi uchun o`zining kuchi va sihat-salomatligini takomillashtira borishi zarurligini, u o`zining tabiatini o`zgartirish kerakligini va Shu tariqa mehnatning muayyan tarmog`idagi ko`nikmalarni egallash uchun zarur sharoitlarni yaratishi lozimligini ravshan tasavvur etgan holda ishonchli tarzda ko`rsatadi. Buning uchun esa ―muayyan bilim yoki tarbiya talab etiladi‖ Jumladan, jismoniy tarbiya talab etiladiki, undan jamiyat insonning jismoniy kamolotini boshqarish vositasi sifatida, ishchi kuchlarni qayta ishlab chiqarish vositalaridan biri sifatida foydalaniladi. F.Engels o`zining harbiy masalalarga bag`ishlangan asarlarida jismoniy tarbiyaga katta e‘tibor beradi. U yoshlarning jismoniy tarbiyasi masalalariga jiddiy qarashni hukumatdan
talab qilib, deb yozgan edi: ―Hozirgi paytda qilinayotganidek, yigirma yoshli yigitlarni qora terga botirib, o`zlari ham terlab-pishib, ishda dag`allashib ketgan suyaklarini, muskullarini va paylarini avvalgi serharakat va epchil holiga qaytarishga behuda urinishdan ko`ra barcha sinflardagi o`quvchilarning a‘zolaridagi elastiklik va epchillik yo`qolmasdan turib, ularga gimnastika snaryadlarida erkin gimnastika va mashqlarni muntazam ravishda hamda asosli o`rgatish yaxshiroq emasmikan? Avval odamlarni mayib qilib, keyin esa harbiy xizmatda ularni tag`in qaddi-qomati kelishgan va serharakat qilishga intilish bema‘nilik emasmi, axir? Basharti, boshlang`ich va o`rta maktablarda bu mayiblikning oldi olinsa, soldatlar uch chandon yaxshi bo`lishining chinligini rasmiy doiradagilar tushuntirmaydilarmi, axir?‖. K.Marks bilan F.Engels kishini kishi tomonidan ekspluatatsiya qilish, ishlab chiqarishning kapitalistik usuli tugatilgan sharoitlardagina, ya‘ni sotsialistik, kommunistik jamiyatgina insonning jismoniy va ma‘naviy jihatdan har tomonlama kamoloti ta‘minlanishini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Marks bilan Engelsning har tomonlama tarbiya to`g`risidagi va uning uzviy qismi – jismoniy tarbiya to`g`risidagi g`oyalari V.I.Lenin asarlarida yanada ijodiy rivojlantirildi. V.I.Lenin Rassiya davlati tashkil topgan dastlabki kundanoq mehnatkashlarning jismoniy tarbiyasiga davlat ahamiyatiga ega bo`lgan muhim ish deb qaradi. Vladimir Ilich 1918 yilda vujudga kelgan Umumiy harbiy ta‘limni – aholining ommaviy harbiy-jismoniy tayyorgarligini amalaga oshiruvchi davlat tashkilotini mustahkamlashda faol ishtirok etadi. Leninning bu g`amxo`rligi dastavval shu bilan izohlanadiki, u mehnatkashlarning jismoniy tarbiyasiga g`alaba qozongan sotsialistik revolyusiya sharoitlarida OOkommunizm prinsiplarini ro`yobga chiqarishga bevosita aloqasi bor ish sifatida yondashadi.


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin