Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə5/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

Jismoniy mashqlar tasnifi. Tasnif - bu jismoniy mashqlarni muayyan bеlgilariga ko‘ra guruh va kichik guruhchalarga taqsimlanishidir. Turli jismoniy mashqlar ko‘plab o‘xshash bеlgilarga ega. Mashqlarni guruhlashga imkon bеradigan asosiy bеlgini aniqlash muhim. Bu bеlgi pеlogogik jiqatdan axamiyatli bo‘lishi lozim. Turli bеlgilarga ko‘ra tuzilgan tasniflar ko‘plab amaldagi jismoniy mashqlarbilan tanishishga, ulardan zarurlarini qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo‘llanmalardan zarur mashqlartavsifni tеz topishga yordam bеradi. Ayniqsa, umumiy tasniflarning asosida jismoniy tarbiya vositalarining tarixiy shakllangan tizimi va mеtodlari yotadi: gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm. Bu guruhlarning xar bir o‘ziga xos ahamiyatga ega va ular yanada kichik tasnifiy guruhchalarga bo‘linadi. Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida katta o‘rin tutadi. U sog‘lomlashtirishyoki umumrivojlantiruvchi (asosiy, gigiеnik, atlеtik) gimnastika, sport-akrobatikasi, kasbiy, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika (va amaliy) profеssional-amaliy, harbiy-amaliy, sportamaliy, ishlab chiqishdagi gimnastika, davolash gimnastikasi turlariga bo‘linadi. Gimnastikaning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud gavdani turli qismlari, ayrim, bo‘qimlar va ular faoliyatining turli tomonlari va holatiga talab ta'sir etish (mushaklarning bo‘shashga, cho‘zilish va boshqalar): jismoniy yuklanishni taqsimlash imkoniyati: sport anjomlari va sport inshoatlaridan foydalanish: mashqlarni musiqa jurligida o‘tkazish: mashklarning rang-barangligi. Gimnastikaning bu xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni qal etish uchun barcha yoshdagi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo‘lgan kishilar bilan o‘tkaziladigan mashqulotlarda foydalanish imkonini bеradi. Xarakatli o‘yinlar. Bu turli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat bеlgilangan qoidalar asosida to‘satdan o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farkli ularok, o‘yinlarni o‘tkazishda jismoniy nagruzkalarni taqsimlash qiyin bo‘ladi. harakatli o‘yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shuqullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshharish xususiyatlari bilan farqlanadi. O‘yin davomida to‘satdan o‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tеzkorlik, chaqqonlik kabi jismoniy fazilatlar namoyon qilgan holda qisqa muddatda harakat vazifalarini qal etish zaruriyati vujudga kеladi. Bu harakatlar ko‘nikmalarini mustaqkamlaydi. O‘yin paytida bolalar faoliyati obrazli syujеtli yoki o‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi, va bu bolalarning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy xis-tuyqular uyqotadi. Bu o‘z navbatida ularning organizmiga ta'sirini kuchaytiradi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam bеradi. O‘yin qoidalariga rioya qilish bir-birini taqozo etiladigan xatti-harakatni yuzaga kеltiradi, axloqiy fazilatlar (o‘zaro yordam, ongli intizom va boshqalarni) tarbiyalashga harakat usullarini tanlashda mustaqillik ko‘rsatishlari, sabotlilik ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. O‘yin faoliyati majmua xarakatеrga ega turli harakalar uyqunligi (yugurish, sakrash va boshkalar) ko‘riladi. O‘yinning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari undan kichik maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish imkonini bеradi. Sport jismoniy mashqlarning biror turida yukori natijaga erishishga haratilganligi bilan tavsiflanadi, kishining ma'naviy va jismoniy kuchlariga yuksak talablar qo‘yadi. Shuning uchun u muayan yosh bosqichning rivojlanish darajasidagina qo‘llash mumkin. Bu esa jismoniy tayyorgarlik soqligiga muvofiq sharoitnini talab qiladi. Sport jismoniy kamol topishga xizmat qiladi va ma'naviy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalashga yordam bеradi. Shuning uchun sport bilan shuqullanish ayniqsa, kishi organizmining hamda inson shaxsining shakllanish davrida foydalidir. Jismoniy maqorati shakllantirish va jismoniy tarbiyaning xilma-xil vazifalarini qal etish maqsadida o‘quvchilar bilan ishlashda turli gimnastika mashqlari (sarflanish umumrivojlantiruvchi mashqlar). Buning natijasida jismoniy mashqlarva kеyingi yosh bosqichlarida xilma-xil sport turlari bilan shuqullanish uchun zamin yaratiladi. Turizm harakat ko‘nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlarni rivojlanishga imkon bеradi. Maktabda bolalar bilan turli harakat usullaridan foydalangan holda (piyoda yurish vеlosipеdda yurish va boshqalar) shahar tashharisiga sayrlar uyushtiriladi. Sayr choqida yo‘l-yo‘lakay turli mashqlarni bajarish mumkin (masalan, to‘nkalardan sakrash, arqonchalardan sakrab o‘tish, arhamchidan sakrash, koptok bilan bajariladigan mashqlar, harakatli o‘yinlar va boshqalar), jismoniy mashqlarni ochiq qavoda bajarish sog‘lomlashtirishishning samaradorligini oshiradi. Tabiatning sog‘lomlashtirishkuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo‘nalishda olib boriladi: Jismoniy mashqlarmashqulotini tashkil etishi va muvofiqli sharoit sifatida o‘tkazilishi (ochiq qavoda, quyosh nurining ta'sirida, tong sharoitida va q.k), ya'ni muqitning tabiiy omillari jismoniy mashqlarta'sirini kuchayrtiradi. Ikki yo‘nalish organizmni chiniqtirishga nisbatan mustaqil vosita sifatida foydaniladi (quyosh, qavo vannasi, suv tadbirlari, artinish, chiniqtirish va q.k.). Misol: Kasalxonalarda, kurortlarda va boshqa turli dam olish tashkilotlarida qavo va quyosh vannalari, suv va chiniqtirish tadbirlari kеng o‘rin egallaydi. Jismoniy mashqlarmashqulotida. Tabiatning sog‘lomlashtirishkuchlarini to‘g‘ri ishlata bilish kishi organizmiga jismoniy mashqlarni ijobiy ta'sirini oshiradi. Tabiatning sog‘lomlashtirishkuchlari (quyosh, qavo, suv), bola organizmiga jismoniy mashqlarini ta'sir etish samaradorligini oshirish. Ochiq qavoda. quyoshli kunlarda jismoniy mashqlaro‘tkazish vaqtida bolalarda ijobiy xissiyot vujudga kеladi, ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi orqali, ayrim organlar va organizm tizimlarining quvvatini imkoniyatlarini oshiradi. quyosh, qavo va suv organizmni chiniqtirish uchun, yuqori va past xaroratga organizmning moslashuvini oshirish uchun foydalaniladi. Natijada issiqlikni boshharuvchi apparat mashqlanadi va inson organizmi ob-qavoning kеskin o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bеrish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bunda tabiatning tabiiy omillaridan jismoniy mashqlarmoslanishi chiniqish samarasini oshiradi. Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vositalar sifatida foydalaniladi. Suv tеrining iflosdan tozalash uchun, undagi qon-tomirlarini kеngaytirish va toraytirish va qakozo uchun qo‘llaniladi. O‘rmonlar, boqlar, istiroqat boqlari qavosi aloqida moddaga (fitotsitlar) ega bo‘lib mikroblarni yo‘qotishga, qonni kislorod bilan boyitishga yordam bеradi. quyosh nurlari tеri ostida «S» vitamini qosil qilishga yordam bеradi.

5-Mavzu: МТТda ilk yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi mazmuni


Uch yoshgacha bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari. Ilk yoshdan bola organizmida jiddiy o’zgarishlar yuz beradi. Skiletning tog’ay to’qimasida suyak to’qimasi paydo bo’la boshlaydi muskul va paylar zaif bo’ladi, lekin ularning qisqarish xususiyatlari yaxshilanadi. Bolaning vazni ortib boradi, uning asab tizimi rivojlanadi, miyaning tez o’sishi va analizatorlarning rivojlanishi kuzatiladi. Ilk yoshdagi bolalarning kun tartibi. Ilk yoshdagi tartib bolaning to’g’ri rivojlanishi va tarbiyalanishining asosidir. Ilk yoshdagi bolalar uchun uxlash va bedor yurish qonuniyatlariga bog’liq ravishda tabaqalashtirilgan yosh rejimlari ishlab chiqilgan. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi guruhida uchta kichik yosh guruhi uchun tabaqalashtirilgan tartib tashkil etiladi: 1. 2,5-3 oydan 5-6 oygacha; 5-6 oydan 9-10 oygacha; 9-10 oydan 1 yoshgacha. 2. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhida 2 ta rejim mavjud. 1,5 yoshgacha bo’lgan bolalar 2 marta uxlaydilar 1,5 yoshdan keyin esa bolalar bir marta uxlashga o’tkaziladi. 3. 3 yoshga qadam qo’ygan bolalar 1 ta rejimga o’tadilar. Ilk yoshdagi bolalarni ovqatlantirish. Ilk yoshdagi bolalar har 3-3,5 soatda gigienik sharoitda, belgilangan vaqtda ovqatlantiriladi. 2 yoshga qadam qo’ygan bolalarni ovqatlantirishda ular kichik guruhlarga bo’linadi. 3 yoshli bolalar esa ovqatlarni mustaqil va tartibli eyishga o’rgatib boriladi. Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigienik ko’nikmalarni tarbiyalash. Ilk yoshdagi bolalarda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga ijobiy munosabatlarni yaratish, o’ziga-o’zi xizmat qilish ko’nikmalarini mustaqil harakatlarni shakllantirishga tayyorgarlik bo’lib xizmat qiladi. 1,5-2 yoshli bola deyarli hamma kiyimlarini o’zi echa oladi, taxlab qo’yadi va kiyimlarini ayrimlarini kiya oladi. Bu yoshdagi bolalar o’zlari yuvinadilar va artinadilar. 2-3 yoshli bolalar mustaqil ovqat eyishga kiyimlarini kiyib echishga o’rganadilar. Ilk yoshda jismoniy mashqlar va uqalash. Bola hayotining dastlabki yilida uqalash va gimnastika har kuni yakka tartibda o’tkaziladi. 2 yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazayotganda yurishni, arqonga chiqishni, sakrashni, buyumni uloqtirishni, muvozanatni rivojlantirishga alohida e‘tibor beriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni jismoniy tarbiyalashning yosh tavsifi va vazifalari. Bu yosh davrida bola organizmida kata o’zgarishlar sodir bo’ladi. 7 yoshga borganda bolaning bo’yi o’rtacha 120 sm gacha o’sadi. Organ va tizimlarda morfologik va funksional o’zgarishlar bo’ladi. Umurtqaning egiluvchanligi ortadi, muskullarning kuch darajasi kuchayadi, o’pkaning xajmi o’sadi. Nafas olish chuqurroq va uzoqroq bo’ladi. Ovqat xazm qilish apparati barqaror ishlaydi. Bolalarning shu davrdagi jismoni va ruhiy rivojlanishi xususiyatlari munosabati bilan quyidagi o’ziga xos vazifalar o’rtaga qo’yiladi: 1. to’laqonli uyg’un jismoniy rivojlanishi yurak tomir va nafas olish tizimini mashq qildirish qaddi qomat va oyoqni shakllantirish; 2. organizimni chiniqtirish; 3. barcha asosiy harakatlarni, sport mashqlarini bajarish ko’nikmalarini tarbiyalash; 4. jismoniy qobiliyatlar, sifatlarni rivojlantirish; 5. ozodalik, tartiblilik odatlarini tarbiyalash. Turli vositalardan kompleks foydalanganda bu vazifalarning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning rejimi. (Kun tartibi) 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarning uyqusi 12-13 soat (shundan 1,5-2 soati kunduzgi), 5 1shdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda 11-12 soat davom etadi. O’yinlar uchun salkam 4 soat, harakat faoliyati uchun (turli shakllarda) qariyb 5 soat, kunduzgi uyquga 1 soatu 5 minutgacha ajratish zarur. Bolalarning aktiv faoliyati – o’yin, o’quv, mehnat va turmush faoliyati kun mobaynida bir necha bor o’zgaradi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutga yaqin aqlli faoliyat bilan faol shug’ullanishlari mumkin, katta maktabgacha yoshdagi bolalar esa anna shunday faoliyat bilan 12-14 minut shug’ullana oladilar. SHundan keyin ularning diqqati susayadi. Agar mashg’ulotlar orasida va mashg’ulotning o’zida harakatli mashqlar (jismoniy tarbiya daqiqalari, jismoniy tarbiya tanaffuslaridan) foydalanilsa, bolalarning imkoniyatlari birmuncha ko’payadi. Bolalar bog’chasi kun tartibida xilma-xil o’yinlarga alohida o’rin beriladi. Vaqtdan to’laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o’yinchoqlar va qo’llanmalarni oldindan tanlab qo’yishi, bolalarni bajarish ko’nikmalarini tarbiyalashi zarur. Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun kengsh imkoniyatlar beradi. Sayr chog’ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va o’yin faoliyati, sport mashqlari uyushtiriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning ovqatlanishi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida butun ovqatlanishni tashkil etish bolalarda taomni eyishga ijobiy munosabatni yaratishga qaratilgan bo’lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-4 soat oralig’ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko’rinishga ega bo’lgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo’lgan hamma narsa oldindan tayyorlab qo’yiladi, chunki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo’zg’atadi. Stolni enaganning o’zi bezaydi, o’rta guruhdan boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan puxta o’ylanadi va bolalar aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat kata ahamiyatga ega. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda madaniy-gigienik ko’nikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh davomida madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan kata ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivojlantirishdagi, fikrlashdagi ro’y bergan kata siljishlar bolalarning o’ziga-o’zi xizmat qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bo’lgan xilma-xil harakatlarni uddalashi uchun imkon beradi. 4 yoshga qadam qo’ygan bolalar qo’llarini to’g’ri yuvishni (qo’llarni bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir barmoqni artish) ni, tish yuvishni (dastlab oddiy xo’l cho’tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin og’izni chayqashni, dastro’molchadan foydalanishni, stol atrofida o’zini madaniy tutish qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni to’kmaslikni) bilishi kerak. Bolalar o’yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni, ozodalik va tartib saqlashni o’rganadilar. 5 yoshga qadam qo’ygan bolalar ancha mustaqil bo’lib qoladilar, ular endi sovun bilan yuzlarini, bo’yinlarini, quloqlarini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi ko’rinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar. 6-7 yoshli bolalar o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishga doir barcha harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni ho’l qilmasdan yuvina olishlari, puxta va tez kiyina olishlari, o’z tashqi ko’rinishlarini kuzatib borishlari kerak. Ovqatlanish ko’nikmalariga katta talablar qo’yiladi: bolalar sanchqi, pichoqdan to’g’ri foydalanadilar, tartibli ovqat eydilar. O’yin burchaklarini yig’ishtirish, navbatchilik turlari majburiyatlari va ko’nikmalari doirasi kengayadi, navbatchilarning vazifalari murakkablashadi. Madaniy gigienik ko’nikmalarni muntazam mustahkamlab borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o’zgarishi, malakalarni shakllantirish va ulardan foydalanishga e‘tiborning yo’qligi ularning tezda yo’qolishiga olib kelishi mumkin. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta o’rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o’yinlarni o’ynashni o’rgangan bo’lishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishi mumkin. Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab gigienik gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli o’yinlar kiradi. O’rta va katta yoshdagi bolalar bilan o’tirib bajariladigan mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg’ulotlar orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari o’tkaziladi. Sayr chog’ida sport mashqlari, harakatli o’yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar bajarilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo’shib o’tkaziladi. Sayr chog’ida va xonada bolalarning turli qo’llanmalar va motorli o’inchoqlar bilan mustaqil o’yinlari uyushtiriladi.



Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin