Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə29/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo bo‘ladigan kutilmagan shartsharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg‘unligini rivojlantirish, ularning sur‘ati va ko‘lamini, muskullarning zo‘riqishi va bo‘shashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mo‘ljal olabilish mahorati asosida sodir bo‘ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg‘un holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish ro‘y beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi.Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir.
Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir
signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat reaktsiyasi deb ataladigan
tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek ko‘p marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Harakatlarning mana shu barcha ta‘rif-tavsifi, bog‘chadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida o‘sib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga o‘yin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning o‘zgarishiga qarab shug‘ullanuvchilar tezlik bilan javob reaktsiyasi berishlari hamda birharakatdan ikkinchisiga jadallik bilan o‘tishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli o‘yinlar hamda to‘siqlarni engib o‘tish, to‘xtab-to‘xtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal bo‘yicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab o‘tish, engashibemaklab o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar, muvozanat mashqlari, har turli sport o‘yinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni o‘stiruvchi mashqlar hisoblanadi.

Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin