Mavzu: O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari Reja: Kirish


Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda korrupsiyaning salbiy ta’sirlari



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə3/5
tarix18.05.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#115971
1   2   3   4   5
Korrupsiya - Mustaqil ish

3. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda korrupsiyaning salbiy ta’sirlari.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. YUridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.
Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. E.I.Kairjanov fikriga ko‘ra, “jinoyatchilik tushunchasi xususiy mulk paydo bo‘lishi va jamiyat antagonistik sinflarga parchalanishi natijasida vujudga kelganini hech kim inkor eta olmaydi. Sinfiy jamiyat paydo bo‘lishidan oldin jinoyat tushunchasi ham, jinoyatchilik ham mavjud bo‘lmagan”.
“Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda”- deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga egadir.
Ikkinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi”.
Uchinchidan, “jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi”.
To‘rtinchidan, “hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o‘zini obro‘sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi”.
Ayni vaqtda qonunchilar, huquqni qo‘llovchilar va nazariyachilarning butun sa’y-harakatlari korrupsiya tushunchasiga ta’rif berish va uning asosiy turlarini aniqlashga qaratilgan. Bunda asosiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashni qanday qilib va qaysi vositalar yordamida amalga oshirish zarur degan savolga javob topish ikkinchi darajali ahamiyat kasb etib qolmoqda.
Bu savolga mamlakatimiz rahbari Islom Karimov aniq javob berdi: “Mana shunday noma’qul holatlarga butunlay barham berish uchun boshqaruv sohasida, avvalambor, samaraliishlaydigan izchil sistema, tizimni shakllantirish kerak. Va bu tizim shunday ishlashi kerakki, bordiyu biror-bir mansabdor shaxs davlat siyosatidan chekinib, qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanadigan, o‘z manfaatini davlat, xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan bo‘lsa, u kimligi, kimning qarindoshi, qaysi rahbarning og‘aynisi ekanidan qat’i nazar, muqarrar ravishda jazosini olishi shart. YA’ni, bunday jazoning muqarrarligini shu odamdan yuqori lavozimda o‘tirganlar emas, balki tizimning o‘zi talab etishi zarur. Jamiyatda ana shunday qarash, ana shunday tushuncha shakllangan taqdirdagina qonun ustuvorligi so‘zda emas, amalda ta’minlanadi”.
Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa.
Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni echishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi.
Korrupsiyaga qarshi nafaqat sud va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin.
Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi; pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. YUridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin