Mavzu: O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari Reja: Kirish



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə5/5
tarix18.05.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#115971
1   2   3   4   5
Korrupsiya - Mustaqil ish

III. Xulosa.
Xulosa qilib aytganimizda, Korrupsiya – davlat amaldorlari yoki o‘zga xizmatchilar pora evaziga og‘dirilishi va shu asosda ular o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki muayyan guruh manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa.
Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni echishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi.
Korrupsiyaga qarshi nafaqat Sud va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin.
Fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan sharoitda bunday bozor davlatning qattiq nazorati bilangina tartibga solinishi mumkin. Davlat organlarining korrupsiyaga aralashib ketishi ehtimoli yuksakligini hisobga oladigan bo‘lsak, erkin bozorning shakllanishi sharoitida ko‘pgina mansabdorlarning jinoiy to‘dalar ta’siri ostida tom ma’nodagi erkin bozorni shakllantirishga to‘sqinlik qilishini kuzatish mumkin.
Ko‘rinib turganidek, fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan holatda bozorda beshafqat qonunlar hukm surishi kuzatiladi. Korrupsiya domiga tortilgan davlat mansabdorlari ko‘pgina hollarda qonunbuzarliklarga qarshi kurashga bardosh bera olmay qoladi. Davlat bunday boshboshdoqlikka qarshi kurashga intilar ekan, odatda fuqarolik institutlaridan foydalanmaydi va qaytadan avtoritar usul hamda qog‘ozbozlikka duchor bo‘ladi. Bu esa bozor munosabatlarining ko‘psonli ishtirokchilarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda demokratik jamiyat, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati nistitutlarini shakllantirish va rivojlantirish ma’naviy hayotdagi muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan bog‘liq xolda kechadi. Bunga globallashuv davri ham o‘zining bevosita va bilvosita ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki globallashuv so‘zi “global” so‘zidan olingan bo‘lib, er shari ma’nosini bildiradi. Global o‘zgarishlar, ob’ektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda.
U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma’lumki, uinsonlar ma’naviy hayot sharoiti, imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma’naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq.Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadr-qimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyonbo‘lishini hisobga olsak, daxldorlik xissiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin:
O‘zbo‘larchilik; ommaviy madaniyat; beparvolik; loqaydlik; sotqinlik; xudbinlik;mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik.
Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllashini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etadi.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.
Jamoatchilik surishtiruvi keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan va kam o‘rganilgan, ayni paytda, jamoatchilik qiziqishini uyg‘otgan muammoni atroflicha va batafsil tadqiq etish maqsadida o‘tkaziladi. Jamoatchilikning qiziqishini uyg‘otadigan masalalar jumlasiga jinoyatchilikni fosh etish yoki oldini olish, jamoat tartibini buzish, korrupsiya va adolatsizlikni fosh etish, odamlarning salomatligi va xavfsizligini himoya qilish, ijtimoiy muhim masalalar bo‘yicha etarli ma’lumot asosida qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan axborotni ommalashtirish kabilarni kiritish mumkin.
Jamoatchilik surishtiruvining ob’ekti ko‘pchilikni qiziqtirgan har qanday hodisa, voqea yoki tamoyil bo‘lishi mumkin.
Boshlangan surishtiruvlarda mazkur muammoga qiziqqan jamoat tashkilotining har qanday a’zosi ishtirok etishi mumkin. Jamoatchilik surishtiruvini boshlagan jamoat tashkiloti jamoatchilik surishtiruvining etakchisi mavqeiga ega bo‘ladi. Etakchi surishtiruvga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mutaxasis va shaxslarni jalb etishi mumkin. SHu bilan birga, etakchi surishtiruvning har qanday bosqichida har qanday ishtirokchini surishtiruvdan chetlashtirishi mumkin. Bunda u chetlashtirishning sabablarini bayon qilishi lozim.
Etakchi tashkilotning qarorisiz masalani muhokama bosqichiga olib chiqishi mumkin emas. SHuning uchun masalani keyingi bosqichga olib chiqishdan avval etakchi avvalgi bosqichda barcha vazifalar bajarilganiga ishonch hosil qilishi lozim.
Surishtiruvning barcha bosqichlarini yopiq rejimda o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu esa, surishtiruv doirasidagi barcha masalalar, tahlillar, tortishuvlar va boshqa materiallar faqatgina surishtiruv ishtirokchilariga ma’lum qilinishini anglatadi. Bundaycheklash oxirigacha tekshirilmagan axborot va materiallartarqab ketishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq, surishtiruv jarayonida shunday vaziyat ham vujudga kelishi mumkinki, unda surishtiruvolib borilayotganiga jamoatchilikning e’tiborini tortish zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda surishtiruvga yangi odamlar, yangi ekspertlar va jurnalistlarni jalb qilishga to‘g‘ri keladi.
Yuqorida bu salbiy illatning oqibatlarini ko‘rib o‘tdik. Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni echishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi.
Korrupsiyaga qarshi nafaqat sud va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har birimiz bir tan-u bir jon bo‘lib kurashsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin.
Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi; pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. YUridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Web saytlar:
www.fayllar.org
www.ziyouz.net
www.online-book.com
www.tarix.net


Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin