Mavzu: O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari Reja: Kirish



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə2/5
tarix18.05.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#115971
1   2   3   4   5
Korrupsiya - Mustaqil ish

Asosiy qism.
1. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari.
Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini suiiste’mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari achinarli holdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “O‘zbekistonXXI XX-asrbo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asaridakorrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishidavlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fukarolarning xukuk va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi” debta’kidlaydi.
Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni echishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. SHuning uchun ushbumuammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.
Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi.
"Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan, ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda", deb ta’kidlaydi yurtboshimiz "O‘zbekiston XXI XX-asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida.
Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda YUrtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolikjamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilar ekan. SHu bois korrupsiya va poraxo‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oldida turgan eng global muammolardan biri sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilgan. Xususan, 2005 yil dekabr oyida kuchga kirgan "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasi global doirada qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlatlar ishtirokida muhokama etilgan. Unda korrupsiyaga qarshi xalqaro va milliy kurash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.
Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida shunday ta’kidlaydi: “Biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish-irodasi, XX-asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘rnida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik”. Lekin, taassufki, “Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o‘tish, afsuski, korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan...
Barchamizga ma’lumki, so‘nggi paytlarda korrupsiya keng ildiz otib borayotgan salbiy illatlardan biridir. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilaribo‘lishi; pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–2021 yillarda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha turli sohalarda amalga oshirilgan 10 ta eng muhim islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–2021 yillarda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha turli sohalarda amalga oshirilgan 10 ta eng muhim islohotlar tahlil qilindi. 
1. Parlamentda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mitalar tashkil etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mitalar hamda davlat siyosatini yurituvchi mustaqil tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bu esa korrutspiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi parlamentning doimiy nazoratida bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi isloh qilindi.
Barcha hududlarda jami 207 ta davlat xizmatlari markazlari va ularning olis hududlardagi 129 ta filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xizmat turlari 157 taga yetkazilib, 70 dan ziyod davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi soddalashtirildi. Davlat xizmatlarni ko‘rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi.
3. Korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqaruvchi ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi.
Xorijga chiqish ruxsatnoma stikeri bekor qilindi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi isloh qilindi. Fuqarolardan 30 ga yaqin turdagi ma’lumotnomalarni talab qilish taqiqlandi. Valyuta bozori to‘liq erkinlashtirildi.
Yer uchastkalarini faqatgina onlayn auksion orqali sotib olish tartibi belgilandi.
Avtomashinalar uchun maxsus avtoraqamlarni onlayn-aksion orqali sotish yo‘lga qo‘yildi.
4. Litsenziya va ruxsatnoma berish tartiblari soddalashtirildi.
Amalda bo‘lgan litsenziyalar va ruxsat berish hujjatlari 30 foizgacha qisqartirilib, 49 ta litsenziya, 120 ta ruxsat berish hujjati hamda 33 ta xabarnomaning yakuniy ro‘yxatlari tasdiqlandi. Litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish uchun “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi www.license.gov.uz ishga tushirildi.
5. Oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar bartaraf etilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari 3 baravarga oshirildi. Test natijalari imtihon o‘tkazilgan sananing ertasi kuni e’lon qilinishi tartibi yo‘lga qo‘yildi. Bakalavriat va magistratura (klinik ordinatura) ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlar onlayn translyatsiya qilinmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilarining oylik maoshi qariyb 4 baravarga oshirildi.
6. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi va hisobdorligi ta’minlanmoqda
33 turdagi ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Mas: davlat organlari balansidagi xizmat avtomashinalar, mol-mulklar, xizmat safarlari va xorijdan kelgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari yuzasidan hisobotlar e’lon qilish majburiy etib belgilandi.
Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Ochiq budjet” portali (openbudget.uz) kabi platformalar yaratildi va ishga tushirildi.
Fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish instituti yo‘lga qo‘yildi.
7. Shaffof davlat xaridlari tizimi yaratildi
Davlat xaridlarini amalga oshirishning mutlaqo yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Budjet mablag‘larining samarali sarflanishi, talon-torojlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha doimiy choralar ko‘rilmoqda. Budjet ochiqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi d.xarid.uz, e-xarid.uz va cooperation.uz kabi maxsus portallar ishga tushirildi.
8. Ishga qabul qilishning ochiq tanlov mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
Davlat xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yaratildi. Portal orqali 3 mingga yaqin fuqarolar ishga joylashdi.
2021 yil 1 sentabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi belgilandi.
9. “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar — kapital qurilish, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat xaridlari tizimlarida “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, davlat xaridlari bo‘yicha yagona axborot portali xarid.uz, OTMlarga qabul imtihon jarayonlarini onlayn efirga uzatuvchi imtihon.uz platformasi kabi loyihalar amalga oshirildi.
10. Barcha davlat organlari va tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimlari joriy etilmoqda. 
Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish maqsadida korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan 26 ta vazirlik va idoralarda tajriba tariqasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limlari tashkil etildi.
Natijada korrupsiyaviy qonunbuzilish holatlari, budjet mablag‘larining talon-taroj qilishini oldi olindi hamda moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin