O\'zbekiston respublikasida mehnat bozorining shakllanishi (2)
1. Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni Bugungi kunda iqtisodiyotning oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlari ham yaxshilanishi darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori - bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va xalq xo‘jaligining boshqa sohalari mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va
nisbatini shakllantirish;
bozor uslubida xo‘jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish;
ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko‘maklashish;
ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o‘zgartirishva tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanish sharti bilan ishga ega bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo‘yicha) tarkibini ifodalaydi.
SHuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uning tarkibiy qismlarining tadqiqoti mazkur bozorning o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi - mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yohud shartidir.
SHu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo‘lib, yollanma xodimlarni o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu erda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlarni o‘zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham, o‘z navbatida, qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishi bo‘ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘langan hamda bir-birlariga qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi - taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko‘rsatkichlari oshishi etakchi o‘rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. YUqori unumdor qishloq xo‘jaligi erlarida va etarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko‘proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko‘rsatadi. YAngi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo‘li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa, mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xo‘jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo‘llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi erlarni o‘zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko‘lamini kengaytirish, kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. SHu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo‘jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflyasiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi erlarni o‘zlashtirish ko‘lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi, ma’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo‘jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko‘payishi, mehnatni qo‘llash mintaqalarining etishmasligi va boshqalar.
SHu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar jamg‘armasi; yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo‘rlar va bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo‘lgan shaxslarni mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo‘jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da band bo‘lganlar soni; qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo‘lgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar; mulkchilik shakllarining turli-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to‘lovga qodir emasligi (bankrotligi) va hokazo.
Demografik jarayonlarga bog’liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni yil sayin ortib bormoqda (1.1-jadval).
jadvaldan ko’rinib turganidek, 2007-2011 yillar davomida mehnat resurslari soni 2090,2 ming kishiga yoki 13,7 foizga ortgan. Bu davrda mehnat resurslari sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizni tashkil qilgan. Ko’rilayotgan davrda mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati respublika hududlarida bir me’yorda kechmagan. Jumladan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarida respublika o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori, qolgan barcha hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) esa past bo’lgan. 2012 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, mehnat resurslari jami aholining 59 foizini tashkil qilib, uning asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Samarqand, Farg’ona, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida to’plangan.
Yangi ish o’rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini diversifikasiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik majburiy ta’lim tizimiga o’tish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik darajasini yanada oshirish imkonini berdi (1.1-jadval).
1.1-jadval