MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNAT BOZORINING SHAKLLANISHI VA ISHSIZLIKNI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI REJA:
KIRISH……………………………………………………………………………2 1. Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni…………………10
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining mezonlari va ko‘rsatkichlari…………………………………………………….12
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari...........................................................................17
4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlari...................................................................20
TAXLIL VA NATIJALAR……………………………………………………..23 XULOSA ………………………………………………………………………25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….27
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning mavjudligi, uning mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi”1.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar singari respublikamizda ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi takomillashtirish bilan bog‘liq echilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiysi sifatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish va istiqbollashtirish kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.
Kurs ishining maqsadi - iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yoritib berish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari shakllanishning mezon va ko‘rsatkichlarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini aniqlash;
Samarqand viloyatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini tahlil etish;
Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash Davlat dasturi” asosida malakali kadrlarni tayyorlash holatini tahlil etish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatida axbort tizimlarini joriy etish yo‘llarini aniqlash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi sakkizta paragrafdan iborat uchta bob, hulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining birinchi bobda mehnat bozorining mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va asosiy vazifalari aniqlangan. SHuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarini kompleks baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyati asosiy maqsad va vazifalari tadqiq qilingan.
Kurs ishining ikkinchi bobda Samarqand viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyati va “Aholini ish bilan ta’minlash Davlat dasturi”ning bajarilish holati tahlil etilgan hamda uning faoliyatida axbort tizimlarini joriy etish yo‘llari aniqlangan.
Kurs ishining uchinchi bobda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari tasniflanib, ular faoliyatining samaradorligini oshirish mexanizmlari ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etilgan.
Asosiy qism