Mavzu: O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasi – milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.
Reja:
Harakatlar strategiyasining tasdiqlanishi.
Harakatlar strategiyasining mazmun va mohiyati.
Davlatimiz rivojlanishida harakatlar strategiyasining ahamiyati.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.
Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi?
Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni toʻliq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja boʻlsa, uning muvaffaqiyati taʼminlanadi. Mabodo teskari boʻlsa, unda turgʻunlik yuzaga keladi. Bunga sabab, notoʻgʻri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili boʻlib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini taʼminlash jarayonida strukturaviy boʻgʻinlardagi bogʻlanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni oʻzgartiradi.
Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya qilmogʻi, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish imkoniyatini berishi zarur.
Strategik dastur va rejaning uygʻunligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bogʻliqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy boʻgʻinlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional boʻlim rejalarining kelishuvi bilan taʼminlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tugʻdiradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim.
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past surʼatlariga, shaxsiy masʼuliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan oʻzgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yoʻnalishlarni belgilashning mavhum va nomaʼlum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi.
Istiqbol maqsadlarni qoʻygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning oʻsishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin oʻtmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni koʻpaytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun Oʻzbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning gʻoyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga boʻlgan munosabatini oʻzgarayotganligida namoyon boʻlmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yoʻnalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda oʻz ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib taʼlim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida oʻz tasdigʻini topdi.
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi bir-biriga bogʻliq boʻlgan va bir-birini toʻldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning oʻzida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi.
Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bogʻliq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa moʻljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib boʻlmaydi. Modernizatsiya oʻz umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga koʻtarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari — ikkinchi uzviy bogʻlanuvchi muhim tamoyil taʼminlanmaydi. Ular sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy hakam sifatida jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi maʼnaviy barometrga aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan koʻra bunyodkorlik qilish afzal boʻladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga qaratilmoqda.
Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlash, tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Yaʼni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga koʻra, yangi sifat bosqichga koʻtarilishning murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo boʻladi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish oʻsish surʼatlari vujudga keladi.
Jamiyatda ijtimoiy ongning oʻzgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan boʻlsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan toʻlqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon boʻladi. U, oʻz navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi oʻrinlarning paydo boʻlishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining oʻsib borishiga xizmat qiladi.
2017 yilda Davlat rahbarining g'oyasi va tashabbusi bilan joriy etilgan, O'zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg'or demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o'rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan Harakatlar strategiyasi mamlakatning yaqin istiqboldagi taraqqiyot yo'lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan yuqori baholandi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi belgilab berilgan bo'lib, ularning har birida mamlakatda yangi bosqichdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini ta'minlashga oid aniq chora-tadbirlar o'z aksini topgan.
Yil yakunlanib borar ekan, “O'tgan 4 yil mobaynida amalga oshirilgan islohotlar o'zining kutilgan natijalarini beryaptimi?” degan mazmundagi savollar tug'ilishi tabiiy.
Shu sababli 2020 yilning 4 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida
Dostları ilə paylaş: |