Mavzu: O’zbekiston talim tizimida tarbiya diagnostikaning tutgan o’rni, uzluksiz talimda pedagogik diagnostikani tashkil etishning ilmiy asoslari



Yüklə 20,09 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü20,09 Kb.
#103598
O’zbekiston talim tizimida tarbiya diagnostikaning tutgan o’rni, uzluksiz talimda pedagogik diagnostikani tashkil etishning ilmiy asoslari


Kuronova Shoxsanam


Mavzu: O’zbekiston talim tizimida tarbiya diagnostikaning tutgan o’rni, uzluksiz talimda pedagogik diagnostikani tashkil etishning ilmiy asoslari.
Pedagoglarning kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri o‘quv tarbiya jarayonini to‘g‘ri va samarali boshqara olishidir. Buning uchun pedagog texnik va uslubiy bilimlarni puxta egallaganli yetarli emas. Pedagog o‘z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirayotgan sabablarni o‘z vaqtida aniqlashi, bu qiyinchiliklarni o‘quvchiga individual yondoshish jarayonoda bartaraf qila olishi lozim. Shu o‘quv tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish vosita va yo‘llaridan biri ilmiy jihatdan asoslangan psihologik-pedagogik diagnostikadir. Bugungi kunda psixologik pedagagik diagnostikaning o‘rni, axamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi. Individual yondashish, o‘quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir qancha davlat hujjatlarida aks ettirilgan. Pedagogik diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o‘quvchi shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.
1) Diagnostika (yunon tilida «dia»- shaffof, «gnosiss»-bilim dеgan ma'noni bildiradi)-o’rganilayotgan ob'еkt yoki jarayon to’g’risida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo’lib xizmat qiladi
Diagnostik axborotlarni ma'lum ko’rsatkichlar (guruh ishlari, tеst, ankеta va boshqalar), orqali yoki ularsiz (oddiy kuzatish orqali) yig’ish
Diagnostik axborotlarni oddiy ko’yig’ish mumkin.
2) Pedagogik diagnostika tushunchasi pedagogika sohasidagi barcha jarayon va muammolarni yoritilishini, o’zlashtirishni va o’quv jarayoni samaradorligini o’lchashni, ta'lim olish sohasidagi har bir kishining imkoniyatlarini aniqlash choralarini, ayniqsa, maktab ta'limi tizimida xohlagan kasbni va ta'limning uchinchi bosqichini tanlash choralarini nazarda tutadi
Professional ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug’ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Xar kanday faoliyat zamirida xam amalga oshirilgan ishlarning pirovard maksadi, vazifalari va kutilgan natijalari buladi. Faoliyat natijalarini sarxisob kilish, amaliy xulosalar yasash - bush yoki muvaffakiyatli urinlarni bеlgilab olish, faoliyatning kеyingi boskichlarida uni xisobga olish diagnostika dеyiladi. Pedagogik diagnostika o’quvchining o’zlashtirishi, o’qishdagi qiyinchiliklarini, uning o’qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o’rganishga yo’naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirish, yo’l qo’yilgan hatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o'z farzandining bahtu saodati, fazlu kamolini ko'rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, 'zini ayamaydi. Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi. O'zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o'zining tarixan shakllangan qiyofasini yo'qotmadi. Ulug' adibimiz Abdulla Qodiruy qahramonlaridan birining: "Bu xonadondan hech kim norizo bo'lib ketgan emas", deya aytgan gaplarida elimizga xos katta hayotiy falsafa mujassam. Bu yo'q joydan paydo bo'lgan gap emas. Ota - onaning farzand oldidagi burchlari, o'zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu diyonatli xonadon oqsoqollaridan so'rasangiz, ularni lo'nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo'yish, yaxshi muallim qo'liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli - hunarli qilish, boshini ikki, uyli - joyli qilish. Mana shuning uchun ham bugungi kunda biz bu masalaga jiddiy e'tibor bermoqdamiz. Shuning uchun ham bu maqsadga qaratilgan loyihalar jamoatchiligimiz diqqat - e'tibori markazita o'tmoqda, tarbiya sohasi isloxoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Lo'nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib obro'li o'rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir. Bunday boylikning ahamiyatini anglash uchun chor Rossiyasining Turkiston o'lkasidagi general - gubernatori M. Skobelev: "Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi", deb aytgan gapini eslashning o'zi kifoya qiladi. Bunday yovuz qarashlarga qo'shimcha izoh berishga hojat yo'q, deb o'ylayman. Lekin ulardan kerakli xulosa - saboq chiqarish uchun bugun ham kech emas. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. ar qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishglarni pirovard maqsadi vazifalari va kutilgan natijalarini sarhisob qilish, amaliy, xulosalar yasash - bo'sh yoki muvaffaqiyatli 'rinlarni belgilab olish faoliyatni keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi Fanning asosiy maqsadi talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa shu fanlarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo’llashga o’rgatishdir. Shuning uchun mazkur kurs asosan amaliy xususiyatga ega, lekin nazariya bilan uyg’unlashgandir. 1) Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalarning maktabga tayyorligini bilish mumkin emas: 2) Rivojlantiruvchi ta’lim samaradorliginin kuzatib bo’lmaydi: 3) Turli metodlarning nisbiy maxsuldorligini, o’qitishning shakl va vositalarini baholash: a) diagnostik metodlarsiz o’quvchilarning turli yosh davirlaridagi intellektual rivojlanganlik darajasini belgilash o’ta mashaqqat: b) o’quvchilarga individual yondashish uchun zarur bo’lgan ularning individual hususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni to’play olmaymiz.
Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilabolish – faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish pedagogic diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni olib borilgan pedagogic faoliyatni tahlil qilihda katta ahamiyatga ega bo’lib, ilg’or ta’lim muasasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalgam oshirilmoqda, yutuqlar mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh strategic yo’nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo’lga kiritilmoqda. Savol tug’iladi: bola qobiliyati, imkoniyat, bilimi, egallangan ko’nikmalarining o’lchovi bormi? bolaning bilish va ko’nikmalarini belgilashga o’qituvchu aralashgani ma’qulmi, yoki o’ziga-o’zi baho bergani afzalroqmi? Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish, pedagogik diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro’yibga chiqarish yo’lyo’riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo’lsa bu faoliyatning me’yoralari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtixon qilish pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogic diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o’rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostic tahlil qilishning ilmiy asosi yo’q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo’lga qo’yish 20 asr boshlarida amalgam oshirilgan. Shu boisdan, bu pedagogic jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o’zlashtirish asosi deyiladi. Boshqalar diagnostika o’qitishni jadalashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrn ilgari suradilar. Taniqli pedago olim Matserman pedagogik diagnostikani “O’quvchi o’zlashtirishi bilan o’quv materialini to’g’ri tanlash maqsadni to’g’ri yo’naltirish mezonidir” deb hisoblaydi. Aslida pedagogik diagnostika o’quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika: birinchidan, o’quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiriladi; ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta’limga qo’ygan talablaridan kelib chiqib, oquvchi bilimin to’g’ri, adolatli baholashni ta’minlaydi; uchinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o’quvhcining sinfdan singdan o’tishida, mutaxassislikkka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to’g’ri baholanadi, boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta’lim obyekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o’zlashtirilganligi tahlil etiladi. Butun o’quv kursini, o’quv dasturlaini o’zlashtirish darajasi baholanadi. Pedagogi diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o’quv-tarbiya jarayonini yaxshilahsga xizmat qiladi. Ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo’l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Pedagogic diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o’tgan asrlarda u faqat o’quvchi bilimini baholash orqali amalgam oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864 yilda AQSh olimlari D.Fisher va R.Reslar asos solganlar, 1908 yildan boshlab esa, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o’quvchi bilimini sinash tizimini tadbiq etgan. Egallangan malakani aniqlashga kiritilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari: a) taqqoshlash; b) pedagogik tahlil; c) avvaldan ayta bilish (prognoz); d) interpretatsiya ; e) pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchilarga etkazish; f) amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchilarga yetkazish; g) pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri belgilashdan iborat bo’lgan. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa: haqqoniylik (ob’ektivnost); ishonchlilik (nadyojnost); puxtalik (vidnost) asoslanadi Diagnostik tahlillar qachon ob’yektiv boladi. 1. - agar sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko’rsatilib, ko’rsatkichlar o’zaro bir-biriga yaqin bo’lsa; agar: sinov mezonlari, o’lchovlari birligi hamda uning natijalari sinovni amalga oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi hislati va munosabatlariga bo’liq bo’lmasa; agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat, psixologik kayfiyatda amalgam oshirilsa haqiqiy ahvolni aniqlashda ob’yektiv natijalar olinishi mumkin. Modomiki maqsad haqiqiy ta’limiy ahvolni aniqlash ekan, unga to’g’ri, halollik, haqqoniylik bilan yondohish zarur. Aks holda, diagnostikadan ko’zlangan natijaga erishish, to’g’ri tashxis belgilash mumkin emas. Bundan tashqari, ayrim sinf ishlarini, ba’zan yozma ishlarni, ko’pincha esa og’zaki berilgan javoblarni baholashda har xil yondashuvlar qayd etilishi mumkin. Bu sinovchi ya’ni, diagnostic tahlil o’tkazuvchi qilinayotgan ishlarning tub maqsadiga tushunib yetishga, mas’ulitaiga, ishiga bo’lgan yondashuvga va nihoyat uning savoyasiga bo’g’liq. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, pedagogik diagnostikani amalga oshirishda rioya-andisha, oshna-og’aynigarchilik, tanish-bilishchilik, boshqa noxushliklar aralashsa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi, umumiy ishga putur yetadi, kamchilik va nuqsonlar ochilmay haspo’shlanadi, ta’limni takomillashtirishdan ko’zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi.
Yüklə 20,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin