Mavzu O`zbekiston –ulkan imkoniyatlar mamlakati


Tayanch kompetensiya elementlari



Yüklə 39,44 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü39,44 Kb.
#180942
növüПлан работы
1   2   3   4
TITUL Жанна

Tayanch kompetensiya elementlari:


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Darsning turi: Yangi bilim berish.
Darsning usuli: Tushuntirish, savol-javob, hikoya, suhbat.
Darsning jihozi:
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari. O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i, Davlat ramzlari. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barpo etilgan sanoat korxonalari, shahar va qishloqlarda madaniyat, san’at va ta’lim muassasalari tasviri tushirilgan slaydlar.
Texnik jihoz: Proyektor, ekran, kompyuter.
Darsning borishi:
Dunyolar ichida o‘zing bir dunyo,
Qo‘yningda yursam ham goho sir - dunyo.
Onam deymu seni, singlim deymi yo,
Vatan, yagonasan dilimda doim.
O‘quvchilar uch guruhga bo‘linib, partalarga alohida-alohida joylashadilar. Dars O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini jonli ijro etish bilan boshlanadi.
(o‘qituvchi) “muzyorar” metodidan foydalanib, tanishuv mashg‘ulotini o‘tkazadi. (5 daqiqa)
O‘qituvchi: - Aziz o‘quvchilar, darsimizni tanishuv mashg‘uloti bilan boshlaymiz. Har kim oldin o‘z ismini, so‘ng o‘z ismi boshlangan tovush bilan insonga oid yaxshi fazilatlarni aytishi kerak.
M asalan: Alisher-aqlli. Bahoroy –baxtli, Dilbar-dono……


-1-sentyabr qanday kun? Bu kun haqida qanday ma’lumotga egasiz?


- «Mustaqillik» so‘zining ma’nosi nima?
-Mustaqillikka qachon erishdik?
Bu kunni hozir qanday nishonlaymiz?
-Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi? (Bu savolga javob berishda plakatlardan foydalaniladi.)
-Sizning tinch va osuda yashashingiz uchun kimlar sababchi?
- «Mustaqillikni mustahkamlash» deganda siz nimani tushunasiz? Buning uchun siz qanday ishlarni amalga oshirishingiz kerak?
Javoblar to‘ldirilib umumlashtiriladi.

Yüklə 39,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin