Mavzu O`zbekiston –ulkan imkoniyatlar mamlakati



Yüklə 9,18 Mb.
səhifə3/5
tarix15.08.2023
ölçüsü9,18 Mb.
#139415
1   2   3   4   5
Vatan uchun yashaylik 1-4-sinflar

O‘qituvchi: -O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi tasodifiy hodisa bo‘lmay, buning ildizi uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
Milliy g‘oyaning asosi bo‘lmish - mustaqillik, ozodlik va taraqqiyot uchun kurash qadim davrdayoq shakllanib, vaqt o‘tishi bilan ildiz otib boravergan. Bosqinchilar milliy g‘oyaning beqiyos kuch qudratini anglab uni qo‘porib tashlash uchun ayovsiz kurashib kelgan. Lekin milliy g‘oya o‘zbek xalqining ongi va qalbiga shu darajada chuqur singib ketgan. Daxshatli kuch uni yo‘qota olmadi. Aksincha bu g‘oya vaqti kelib, xalq qalbidan otilib chiqib, 1991-yil 31-avgustida O‘zbekiston Mustaqil va ozod yurtga aylandi.
Har bir guruhga matnlar tarqatiladi. Guruhda o‘qib chiqilgandan so‘ng, boshqa guruh matnlari bir – biri bilan almashtiriladi, shu tariqa guruhlar orasida o‘rganiladi. O‘qituvchi bilan muhokama qilinadi.
O‘qituvchi: - Aql - idrokli, farosatli, jasoratli, vatanparvarlar, mohir tashkilotchi hukmron yuz yillarda bir dunyoga kelgan. Unga ishonch hosil qilish uchun keyingi ming yillikka nazar tashlansa bas.
Mustaqillikka erishganimizga ham 32 yil bo‘ldi. Mustaqilligimizning keyingi yillarida mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirildi. Bu yillar zamirida nimalar yotibdi. “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi mos rasmlar ilib qo‘yiladi .

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan ma’ruzasida jumladan shunday deydi - “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”. 


Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini juda-juda istardik. 
Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: 
Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. 
Prezidentimiz raisligida 2019-yil19-mart kuni o‘tkazilgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda 5 ta muhim tashabbusni belgilab berdi.



Yüklə 9,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin