O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY
NOMIDAGI TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
MUSTAQIL ISH
BAJARDI:RUSTAMOV ABDULLA
Mavzu: Biznes jarayonlarida marketing.
Toshkеnt – 2022
Mavzu: Biznes jarayonlarida marketing. Reja: 1. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi.
2. Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi.
3. Marketingning asosiy tamoyillari.
4. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni.
5. Talabning holati va uning rivojlanishiga kura marketing turlari.
1.MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI Marketingning vujudga kelishi Tadbirkorlik faoliyatida qarorqabulqilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bо‘lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhimahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” konserni boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni о‘rnini tavisflab shunday deydi, ya’ni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafakat yoqilg‘i, balki kema komandasidir.”
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bо‘lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda istemolchilarni tovar va xizmatlar bilanо‘zaroharakati bilan bog‘lanadi.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning о‘rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bо‘ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bо‘yicha ma’ruzalar о‘qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yо‘naltirilgan xо‘jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida kо‘rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois marketing sо‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafakat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yо‘nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bо‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini kо‘p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bо‘lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g‘oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovarlar va xizmat kо‘rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi”.
Marketing - iste’molchilar muammolarini anglash va bozor faoliyatini tartibga solishga va maksadga yo‘naltirishga jarayon xisoblanadi. Turli xil mulk shaklidagi kichik biznes korxonalari ishlab chikarish, sotish faoliyati marketing rejasi bilan o‘zaro yaqindan bog‘langan bo‘lishi kerak. Marketing konsepsiyasi bozorda kichik biznes korxonasining umumiy yutuqlarini ta’minlash nuqtai nazaridan uning faoliyatining barcha soxalarida qarorlar qabul qilishini ko‘zda tutadi. Bu xolat tashkiliy, boshqaruv va sotish ishlarining xar xil turlarida o‘z aksini topishi kerak.
Kichik biznesdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar har doim aniq haridorni mo‘ljal qilib quyidagi savollarga javob topishlari kerak: Qancha? Kay darajada sifatli? Nimadan? Qachon mahsulot ishlab chiqarilishi kerak? Bundan ma’lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati va vaqt o‘lchamlari bo‘yicha cheklanganligidan kelib chiqadi. Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo‘jalik operatsiyalarining harajatlarini haridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potensial haridor uning taklif etgan tovarini harid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi. Marketing (inglizchadan market - bozor) - bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‘lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o‘rganish va oldindan ko‘ra bilish asosida foyda olishga mo‘ljallangan.
Kichik biznes korxonalarining bozorga chiqargan maxsulotlari xolatiga qarab marketingning quyidagi turlari qo‘llanilishi mumkin: konversion marketing, remarketing, qo‘llovchi, taraqqiyot toptiruvchi, rag‘batlantiruvchi, sinxron marketing. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari quyidagilardan iborat: taraqqiy topgan bozorni mavjudligi, ishlab chiqaruvchini erkinligi, axborot to‘plash tizimini barcha uchun tushunarligi, tadbirkorlarning tayyorlanganligi va xokazo.
Kichik shakldagi xo‘jalik yuritish subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: eng ko‘p axborotni bozorni egallab turgan muhit to‘g‘risida o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish; mahsulot turi va assortimentini bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun shakllantirish; jamoa bilan ishlash, shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini potensial haridorlar, ishlovchilar orasida tan olish va qo‘llashga erishish uchun tashviqot ishlarni olib borish; bozorda sotish tarmog‘ini bunyod etish orqali, reklamalar, sotuvni rag‘batlantiruvchi tadbirlarni o‘tkazish, sotuvchi vositachilarni, o‘z haridorlarini va bozor maydonini topish uchun harakat qilish; marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish