Mahalliy materiallarga asoslangan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni qanday shaklda mazmunda o‘tkazish kerakligi A.T.G‘ofurov, S.K.Xabirovalarning qo‘llanmasida yoritilgan. Qo‘llanmada ayrim o‘quvchilar, o‘quvchilar guruhi hamda ommaviy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning xillari, ularning mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi maktablarda o‘tkazilgan pedagogik tajribalar asosida ochib berilgan. Keyingi paytlarda ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida suv, havo, tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanishi ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘simliklar va hayvonotlar, odamlar hayotiga xavf solmoqda. Shu o‘rinda maktablarda olib boriladigan ekologik ta’lim-tarbiyaga nixoyatda ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur masalaning dolzarbligini e’tiborga olib A.T.G‘ofurov, O.N.Nosirov maktablarda o‘qituvchilar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tajribalarga asoslanib “Maktab biologiya kursida tabiat muxofazasi tushunchasini shakllantirish”, M.Nishonboeva “Maktabda ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish” kabi qo‘llanmalarni chop etdilar.