Mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari. Reja: Kirish


Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Yüklə 395,97 Kb.
səhifə3/7
tarix21.09.2023
ölçüsü395,97 Kb.
#146443
1   2   3   4   5   6   7
humoyun1

2 Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirishlar va inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish milliy bank tizimi rivojlanishini ta’minlashning zamonaviy usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Shuningdek, bankning moliyaviy tahlillarini avtomatlashtirishga juda katta e’tibor berilmoqda.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-sonli Farmoniga ko’ra “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha texnologiyalarning qo’llanishini tartibga solishda ishtirok etish1” belgilab qo’yildi.
Tijorat banklari moliyaviy tahlillarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ish vaqtidan va sifatdan yutishga xizmat qiladi.
“Blokcheyn - texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), "sun’iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bо‘yicha faoliyat jahonning kо‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Blokcheyn" texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning kо‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.2”
Milliy iqtisodiyotda bozor infratuzilmasining rivojlangan bo’g’inlaridan biri bank tizimidir. Bank tizimining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni kata bo’lib, uning samarali faoliyat yuritishi boshqalarga nisbatan tarmoqlarga jiddiy ijobiy ta’sir etadi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy bankining qisqacha tavsifi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov 1991 yil sentabr oyida chiqargan Farmon bilan tashkil etilgan.
Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Mohiyatan, bugungi kunda O‘zmilliybank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, o‘sish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.
Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi Bank tarixida aks etgan. O‘zmilliybank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani O‘zmilliybank O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti, aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Mamlakatimiz bank sho’basi jadal rivojlanayotgan sharoitda Milliy bank O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib hisob yuritish xalqaro andozalariga mos keladigan yangi hisobvaraqlar rejasidan foydalanishga o‘tdi. 2004 yilda “Globus” avtomatlashtirilgan bank tizimini amalga kiritish ishlari nahoyasiga yetdi. Hozirgi kunda bu tizim Bankning barcha bo‘lim va filiallarida amal qilmoqda.
Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 90ta filiali keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlamoqda. Shuningdek, Milliy bank Moskva shahrida o‘zining “Aziya-Invest Bank” sho‘ba bankiga ega. Milliy bank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda. Xususan:
Tashqi savdo faoliyati. Milliy bank O‘zbekistondagi butun tashqi savdo oborotining 70%dan ortig‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Bunda eksport-import bo‘yicha kreditlashning bo‘nak to‘lovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, o‘zbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport-kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qo‘llanilayapti. To‘lov muddati suriladigan akkreditivlar qo‘llanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti;
Loyihalarni moliyalash. Milliy bank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartishlarni ta’minlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. Yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yo‘nalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda;
Investitsiyalashga doir bank ishi. O‘zmilliybank investitsiya banki sifatida mamlakatimizda infrastrukturasi rivojlangan, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgan, moliya hamda sanoat sho’balari rivojlanishiga yordam berayotgan eng katta bank hisoblanadi. Bankning investitsiya portfeli to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish, agrobiznes, transport va sayyohlik, moliya sho’basi korxonalarining aksiyalarini qamrab olgan. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – bank faoliyatidagi shubhasiz ustuvor yo‘nalishdir;
Chakana xizmatlar
Omonatlar. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda.
O‘zmilliybank bo‘lim va filiallari orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar O‘zmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi;
Plastik kartochkalar. Bank aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda O‘zmilliybank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. O‘zmilliybank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. O‘zmilliybank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zmilliybank O‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin:
Elektron banking. Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;
“Bank-mijoz” tizimi. “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. AFIRATOning 25-yillik konferensiyasi va Bosh assambleyasi o‘tkazilayotganda bank ilgari surgan “Mijozlarga masofadan elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimi” mahsuloti uchun “Texnologiyalarni rivojlantirish” nominatsiyasida Milliy bankka AFIRATO mukofoti taqdim etildi.
Milliy bank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor yo‘nalishidir.
O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida eksport-import operatsiyalarini bajarish, yagona bank fazosini shakllantirish uchun ishonchli moliya tuzilmasi bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Aziya-Invest Bank” sho‘ba banki Rossiya moliya bozorida mustahkam mavqeni egallab turibdi.
Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, O‘zmilliybankni institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda.
O‘zmilliybank tuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdir. Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda.
Bank xorijiy sheriklar oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, O‘zmilliybank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.
Kredit – bo’sh turgan mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish.
Kreditning o’ziga xos vazifasi iqtisodiyotni tartibga solish hisoblandi.Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki shakli pul va tovar shaklidan foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat iste‘molchilik va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari– banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Bank krediti yo’nalishi, mudatti va kredit bitimlari summasi bo’yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng,tovar muomlasidan tortib kapital jamg’arilishigacha xizmat qiladi.
Tijorat krediti – bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat kredit, avvalo, to’lovni kechiktirish yo’li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste‘molchilik krediti – xususiy shaxslarga, xammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan iste‘molchilik tovarlari (mebel, avtomabil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma‘lum muddatga beriladi.
Ipoteka krediti – ko’chmas mulklar (yer, bino) hisobiga o’zoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Xalqaro kredit – tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Bular quyidagilar: ssuda berishning maqsadli xususiyati, kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarishligi, ssudaning moddiy ta‘minlanganligi va to’lovligi.
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz) ning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi foiz stavkasi yoki foiz normasini tashkil qiladi.
Ssuda – qaro’zga berilgan pul (kapital) summasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini taminlashda banklar, muhim rol o’ynaydi. Banklar pul mablag’larini to’plashda muhim rol o’ynaydi. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning hakarakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasidir. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga Markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarni oladi. «Markaziy bank boshlig’ida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish...» ustuvor yo’nalishlardan hisoblanadi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizmini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki, Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona Markaziy bankdan iborat bo’lib, u o’tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o’rnatiladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg’arma muassasalaridan mablag’larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko’ra Markaziy bank «bankirlar banki» deb ham yuritiladi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faolliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko’mak beradi.
Markaziy bank ko’plab xilma-xil vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. Bu ehtiyotlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkasatsiya) qilish mexanizmi ta‘minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.
Uchinchidan, davlat monetar siyosatini amalga oshiradi.
To’rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg’unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Beshinchidan, halqaro valyuta Bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi. Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas‘uliyatini oladi, muomalaga milliy valyutani chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.
Tijorat banklari sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ullanadi.
Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan, bizning Respublikada Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va moddiy texnika ta‘minoti sohalarida; Zamin, G’alla, Paxta banklar-agrosanoat kompleksi tarmoqlari va sohalarida; Tadbirkor banki mayda va o’rta biznes, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit – pul operatsiyalarini amalga oshiradi.
Xalq banki – mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta‘minlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi. Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo’yicha investitsion va ipoteka banklarni ajratib ko’rsatish lozim. Investitsion banklar-maxsus kredit muassasalari bo’lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo’li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni milliy qog’ozlar (asosan davlat tadbirkorlar) ga taqdim qiladi.
Ipoteka banklar – bu ko’chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalar. Ipoteka bankning resurslari o’zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi.
Bugungi kunda Respublika hududida mulkchilikning turli shaklidagi 30 dan ziyod tijorat ixtisoslashgan banklar va ularning 3,7 mingdan ko’proq filiallari faoliyat qilib turibdi. Shulardan uchtasi (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank, halq banki va «ASAKA» bank) davlat tassarufidagi bank hisoblanadi. Ulardan 22 bank (73%) aktsionerlik jamiyati, 8 tasi (27%) mas‘uliyati cheklangan axamiyat shaklidadir.
Respublika milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta‘minlash asosiy vazifa hisoblanadi. So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashinishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarining, jahon Bozoriga raqobat bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.

Yüklə 395,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin