Mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə1/5
tarix01.08.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#138289
  1   2   3   4   5
Xolida tariyx refarat




Mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.

Reja:
I. Mustaqil O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi.


II. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
III. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik.
IV. O‘zbekiston Respublikasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati.


I. Mustaqil O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi.


Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilish, kelajagini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. O‘tish davrida O‘zbekiston o‘zining mustaqil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida davlat hokimiyatining turli tuzilmalarida o‘zgarishlar yuz berdi. 2 Ma’lumki, mamlakatimizda milliy davlat boshqaruvi tizimini barpo etishning asoslari O‘zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida qayd qilingan. Xususan, bosh Qomusimizning 11-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Rеspublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi printsiplariga asoslanadi», deb ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati — sudlar amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Birinchi davr: 1991-1994 yillar. Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. O‘zbеkiston 1991 yil 1 sеntyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamеntni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamеntarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar. Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar. Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda, 1990-yilning 18-fevralida saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi – Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990 – 1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘z faoliyatini boshlagan paytda sobiq Ittifoq tuzumining qonunlari amalda bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti dastlab ana shu qonunlar doirasida boshlandi. Shunday bo‘lsada, Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam – baqadam shakllantira boshladi. 1990 – 1994-yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500 dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi bor mamlakat Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilib, yosh davlatimizning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan tarixiy qonunlarni, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani qabul qilganligi ham yurtimiz tarixidagi ulkan hodisa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning bir palatali parlament sifatida faoliyati (1994-2004-yillar). 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25- dekabr, 1995-yil 8 va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995- 1999-yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dekabrda boʻlib oʻtgan va u 2000 - 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor 3 iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament faoliyati: Xalqaro huquqiy tamoyillar va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda davr talabi bilan siyosiy islohotlar kengaytirilib, O‘zbekistonda bir palatali parlament tizimidan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu jarayon muayyan davrni tashkil etdi. 2000-yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bunda Prezident Islom Karimov o‘zining «O‘zgarish va yangilanish – hayot talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada takomillashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir. 2001-yil 6 – 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilganligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga keldi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o‘zidan, hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy davlatchilik institutlarini yanada mustahkamlash zaruratidan kelib chiqadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy tendensiyasiga aylandi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2002-yil 12 – 13-dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqimizning xohish-irodasi bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17-20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (120 nafar dеputat – quyi palata) va Senatdan (100 nafar sеnator – yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77/117-moddalariga ko‘ra, 2015-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylovlar o‘tkazildi. Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolari (senatorlari)dan iborat. Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin 4 ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan (jami 14 ta hududiy birlikdan) teng miqdorda 6 kishidan (14 x 6 = 84) saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Demak, Senatning 100 (84 + 16) nafar a’zosi mavjud. 2019-yil 22-dеkabr (1-tur) va 2020-yil 5-yanvar kunlari (2-tur) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kеngashlar dеputatlarining saylovi bo‘lib o‘tdi. 2020-yilning 8-yanvar kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Sеnati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi Jo‘qorg‘i Kеngеsi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari dеputatlarining qo‘shma majlislarini 2020-yilning 16-17-yanvar kunlari o‘tkazish hahida qaror qabul qilindi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi — Qonunchilik palatasi 150 nafar dеputatdan va yuqori palatasi — Senat 100 nafar sеnatordan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentlararo hamkorlikni keng yoʻlga qoʻygan. MDH davlatlari va boshqa rivojlangan xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan shartnomalar tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining «Oʻzbekistonda demokratiyalashtirish jarayonining rivojlanishiga koʻmaklashish» va «Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish» loyihalari muvaffaqiyatli bajarildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining nashrlari: «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi», «Xalq soʻzi» — «Narodnoye slovo» gazetalari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Toshkent shahrining Xalqlar doʻstligi prospektidagi binoda, Senat esa Mustaqillik maydonidagi binoda ish olib boradi. Ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi. Istiqlol yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990 yil 24 martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990 yil 15 noyabrda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse – Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992 yil 4 yanvarda Vitse – Prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini dastlab 1993 yil 6 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi 818-XII sonli Qonuni asosida olib bordi. Hozirda Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-591-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonuniga (2019-yil 10-dekabrda qabul qilingan) muvofiq olib bormoqda. Bu qonun 10 ta bob, 50 moddadan iborat. Mazkur yangi tahrirdagi qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan, uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi. Vazirlar Mahkamasi «Pravda Vostoka» gazetasining muassisi, shuningdek, «Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo» va «Yangi O‘zbekiston» 6 gazetalarining ham muassisi hisoblanadi. Qarorgohi — Тошкент shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Sud hokimiyati. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining XXII bob, 106-moddasiga ko‘ra, O‘zbеkiston Rеspublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi sud sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1993-yil 2-sentabr O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi 924-XII sonli Qonun (yangi tahrirda 2000-yil 14-dеkabr, 162-II-son)ning qabul qilinishi mamlakatimizda sud tizimini isloh qilishning dastlabki huquqiy asosi bo‘lib xizmat qildi. Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin. 1) 1991 – 2016-yillar; 2) 2017-yildan keyingi davr. Birinchi davrda 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga 5-yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirdi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi; viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo‘jalik sudlari. 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 1- moddasiga ko‘ra yuqoridagi sudlar tizimiga harbiy sudlar ham kiritildi. 2000-yil 14-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 162-II sonli Qonuni bilan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. Mazkur Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, sud tizimiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari; tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari; 7 tuman (shahar) ma’muriy sudlari. Sud tizimidagi islohotlarni birinchi davrga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning farmonlari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Masalan: 2005-yil 1-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi PF-3641-sonli Farmoni. 2008-yil 1-yanvar – O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilindi. 2005-yil 8-avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida»gi PF-3644-sonli Farmoni. Ushbu farmonlarida har bir sudya zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanishi ta’kidlanib, bu borada sudya kadrlarni tayyorlash va yagona sud amaliyotini shakllantirish mexanizmini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab chiqildi. 2006-yil 16-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-64 sonli Qonuni qabul qilinib, uning 1-moddasida ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida hakamlik sudlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi qayd etildi. 2016-yil 4-dekabrda Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi bilan O‘zbekistonda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sud-huquq tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va yanada isloh qilish borasida ham keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirila boshlandi. Bu sohaga doir muhim bo‘lgan Prezident Farmonlari qabul qilindi. Bunga quyidagilarni aytish mumkin: 1. «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-sonli Farmon (2016-yil 21-oktabr); 2. «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmon (2017-yil 7-fevral); 3. «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-sonli Farmon (2017-yil 21-fevral); 4. «Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5482-sonli Farmon (2018-yil 13-iyul). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning PF-4850-sonli Farmoni sud sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi: 1) Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash; 2) Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish; 3) Odil sudlovga erishish darajasini oshirish. Farmonga muvofiq sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, kasbiy nufuzini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maqsadida ilk bor sudyalarning vakolat muddatlari qayta 8 ko‘rib chiqildi. Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba 5-yil muddatga va keyin 10-yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi. Shuni alohida qayd etish lozimki, Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-sonli Farmoni sud tizimi sohadagi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Farmoniga muvofiq, sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Bundan tashqari, bu Farmoniga ko‘ra, 2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshiriladi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.



Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin