Mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


IV. O‘zbekiston Respublikasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə4/5
tarix01.08.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#138289
1   2   3   4   5
Xolida tariyx refarat

IV. O‘zbekiston Respublikasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati.

Ma’lumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʼllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» PF-5938-sonli Farmoni bilan Oʼzbekiston Respublikasida «Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi» tashkil etildi. 12 Prezident Sh.M. Mirziyoyevning mazkur Farmoni bilan quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi: jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali


 joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiyma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish; oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila —
 sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish; xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali
 amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash; xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj
 bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish; xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash,
xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llabquvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla
 tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini
kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish; mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning
 oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash; yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan
 oilalarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish; fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda
 sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi (https://lex.uz/ru/docs/-4740345). 2020-yil 18-fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish 13 to‘g‘risida»gi PQ-4602-sonli Qarori ham qabul qilindi. Bu bilan vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Qarorga ko‘ra, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda,
 davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish; Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va
 tashkilotlardan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma'lumotlarni so‘rash va olish; davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga fuqarolarning o‘zini o‘zi
 boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqlari va qonuniy
 manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza (shikoyat) va da'volarni kiritish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llabquvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.
 Hujjat bilan, Iqtisodiyot va sanoat, Moliya, Qurilish vazirliklari, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining: har bir mahallada tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaxslarni faol jalb
 qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksini davlatxususiy sheriklik shartlari asosida qurish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy
 asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Hujjat bilan, 2020 yil 1 iyulga qadar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolari namunaviy loyihalar va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta'mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi bilan jihozlash; «Mahalla markazi» majmualarida vazirlikning hamda O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalarini joylashtirish ishlarini yakunlash belgilab qo‘yildi. Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar «Mahalla» elektron ma’lumotlar bazasini yanada takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash va o‘zaro ma'lumot almashinuvini joriy etish choralarini ko‘radi



Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin