Mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


III. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə3/5
tarix01.08.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#138289
1   2   3   4   5
Xolida tariyx refarat

III. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik.

Mustaqillik yillarida O‘zbеkistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish sohasida ham muhim ishlar qilindi. Shuni aytish lozimki, nodavlat notijorat tashkilotlari – «3-sektor» deb ham yuritiladi. «1-sektor» davlatga qarashli bo‘lgan muassasalar (masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim 10 muassasalari kabilar shular jumlasidandir), «2-sektor» esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari (masalan, birlashmalar, kichik va o‘rta biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir) hisoblanadi. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini tartibga solishda 1999-yil 14-aprelda qabul qilinga O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi 763-I-sonli Qonuni muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2005 yilda 150 ta rеspublika va viloyatlar miqyosida faoliyat yurituvchi еtakchi fuqarolik institutlari tashabbusi bilan «O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi» tashkil topgan. 2017-yilning o‘zida bu assosiasiya mamlakatimizdagi yirik jamoat tashkilotlardan biri sifatida 575 nodavlat notijorat tashkilot say-harakatlarini birlashtirgan edi. Veb manzili: http://ngo.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF -5430-sonli Farmoni nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Mazkur farmonda quyidagilar ta’kidlab o‘tildi: «… Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda». Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilda berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarning (NNT) umumiy ro‘yxati 462 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib, ularning soni 520 taga yetgan. 2020-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarning soni 556 taga yetdi (https://www.minjust.uz/uz/interactive/reestr-nocommerce/) № 2021-yil 1-yanvardagi holat bo‘yicha ma’lumotlar:


1. Assotsiatsiya 91 ta. 7. Uyushmalar 28 ta.
2. Jamiyatlar 77 ta. 8. Federatsiyalar 91 ta.
3. Jamg‘armalar 80 ta. 9. Qo‘mitalar 5 ta.
4. Kasaba uyushmalari 15 ta. 10. Harakatlar 3 ta.
5. Markazlar 68 ta. 11. Klublar 8 ta.
6. Partiyalar 5 ta. 12. Boshqa tashkilotlar 85 ta. Jami: 556 ta. 11 Ijtimoiy-sherikchilik.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash maqsadida ijtimoiy-sherikchilik munosabatlarini tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikni kafolatlovchi asosiy qonun hisoblanadi. Konstitutsiyaning 37-46-moddalarida ijtimoiy huquqlar bilan birga inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlangan. Ya’ni bu moddalarda har bir shaxsning mehnati va salomatligi muhofazasi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi oid masalalar ko‘rsatiladi. Ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ijtimoiy muhit va xizmatlar tizimi rivojlandi, davlat pensiyasi, nafaqalar va ijtimoiy himoya kafolatlari belgilab qo‘yiladi. Ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari Prezident farmonlari bilan tartibga solib turildi. Ijtimoiy-sherikchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi» muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur kodeks 1996-yil 1-martdan e’tiboran amalga kiritildi. 2014-yil 25-sеntyabda O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ijtimoiy shеriklik to‘g‘risida»gi O‘RQ-376-sonli Qonuni ham qabul qilindi. Bu qonunning
3- moddasida, «ijtimoiy sheriklik» tushunchasiga huquqiy ta’rif berilgan: «Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari (FBJI) bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativhuquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridir». Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasida Mehnat kodeksining yangi tahriri ko‘rib chiqilmoqda. Yangi tahrirdagi kodeks loyihasi 2 qism, 34 bob va 621 moddadan iborat. Yangi kodeksda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilari manfaatlarining muvozanati ta’minlash, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat qonunchiligini tadbiq qilishni engillashtirish, egiluvchan ish rejimlaridan keng foydalanish uchun ish beruvchilar tomonidan xodimlarni mehnat jarayoniga jalb qilishning soddaroq shakllarini tanlashga zamin yaratish (masalan, mahsulot, tovarlar va xizmatlarga ehtiyojning mavsumiy o‘zgarishida) va boshqa zamonaviy mehnat talablarini aks ettirish ko‘zda tutilmoqda.



Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin