Mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


II. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə2/5
tarix01.08.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#138289
1   2   3   4   5
Xolida tariyx refarat

II. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.


Ko‘ppartiyaviylik (siyosiy plyuralizm) – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimini izchil rivojlantirish — davlat hokimiyatini dеmokratlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Ko‘ppartiyaviylik dеmokratik siyosiy tizimning uzviy bеlgisidir. Siyosiy tizimda xilma-xil siyosiy partiyalarning mavjud bo‘lishi, hokimiyat uchun kurash olib borishi yoki hokimiyatni amalga oshirishda faol ishtirok etishi siyosiy jarayonlar dеmokratik tartibda, o‘zaro raqobatlashuv va hamkorlikda amalga oshishining garovidir. Mustaqiliik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ko‘p partiyaviylik prinsipi asosida partiyalar tizimi shakllantirildi. Partiya so‘zi – lot. partio – bo‘laman, ajrataman degan ma’noni anglatadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. 1996-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi 337-I-sonli Qonuni qabul qilinib, siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimi shakllandi, jamiyat tashkilotlari tubdan yangilandi. Hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1. «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)» — 1991-yil 14-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Kommunistik partiyasining 9 oxirgi favqulodda XXIII s’yezdi bo‘lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot – «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi»ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi. 1991-yil 1-noyabr Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida O‘zbekiston XDP ga asos solingan. Bu quriltoyida partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP ning «O‘zbekiston ovozi», «Голос Узбекистана» gazetalari va «Muloqot» jurnali nashr etilmoqda. Veb manzili: https://xdp.uz/ 2. O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi — 1995-yil 18- fevralda Toshkentda bo‘lgan I ta’sis qurultoyida tuzildi, uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda «Adolat» SDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: https://www.adolat.uz / 3. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP) — 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 1995-yil 9-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi partiyani ro‘yxatga olgan. Partiyaning «Milliy tiklanish» haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: https://mt.uz/ 4. O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep) — 2003-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. Unda partiya Nizomi va Dasturi ham tasdiqlandi. Partiyaning asosiy maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. O‘zLiDepning «XXI asr» haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: https://uzlidep.uz/ 5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi — 2019-yilning 8-yanvarda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-yanvar kuni 864-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Veb manzili: https://ecouz.uz/ Mustaqillik yillarida yuqoridagi siyosiy partiyalardan tashqari «Vatan taraqqiyoti» partiyasi (1992-yil 24-mayda tuzilgan; bu partiya 2000-yil 14- aprelda Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi bilan birlashgan) va O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi (1998-yil 28-dekabrda tuzilgan; 2008- yil 20-iyunda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bilan birlashgan) ham faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz Ustavi asosida amalga oshiradi.

Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin