Erkin iqtisodiy xududlarning turlari. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududi.
O`zbekistonda 2012 yilda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilashga yo`naltirilgan bir qator qo`shimcha muhim qonun hujjatlari va huquqiy normalar qabul qilindi Navoiy viloyatida ishlab chiqarishni rivojlantirishda zamonaviy yuqori texnologiyalarga ega bo’lgan korxonalarni tashkil etish orqali jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorida o’z ulushiga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash, hamda sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ishtimoiy infratuzilmalarni tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabr №UP-4059 qabul qaroriga asosan «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy hududni yaratish» to’grisida nizom ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda “Angren” maxsus industrial zonasi hududida qiymati 186,0 million dollarlik 8 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Shular qatorida zarurat va ehtiyoj baland bo`lgan turli tayyor mahsulotlarni va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, Shuningdek, yangi shakar zavodini qurish, tayyor charm buyumlar ishlab chiqaradigan kompleksni barpo etish alohida o`rin tutadi. “Angren” maxsus industrial xududi faoliyat yuritish muddati reja bo’yicha o’ttiz yilga mo’ljallangan
“Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatini rivojlantirish
doirasida to`rtta loyiha amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari,
21 loyihani joriy etish uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda
va ushbu loyihalar yuzasidan Xitoy delegatsiyasining
O`zbekistonga tashrifi doirasida shartnomalar imzolandi. .
Qo`lga kiritgan tajribamiz shuni tasdiqlab bermoqdaki,
mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham Navoiy va Angren kabi maxsus industrial zonalarni, zamonaviy
logistika tizimlari va transport infratuzilmalarini
yaratish bo`yicha boshlagan ishlarimizni davom
ettirish maqsadlarimizga javob beradi.
Иктисодий тарбия усуллари ва шакллари