2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam
huquqiy bog’lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning shu davlatga nisbatan huquq va
burchlari hamda uning suveren hukumatga bo’ysunishida ifodalanadi.
Mazkur huquqiy aloqa insonning tug’ilganida yuzaga kelib, uning butun umri
davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog’liqlik insonning tug’ilgan va yashayotgan hudud
bilan cheklanmay, davlat tashqarisida ham o’z kuchini yo’qotmaydi. Fuqarolar huquqi va
burchlarini davlat o’zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda fuqarolarning huquq va
burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
darajasiga bog’liq.
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlati tomon
rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo’lga
kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolikning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy tomoni
shudan iboratki, mamlakatda istiqomad qilib turgan har bir kishining muayyan, aniq sanab
o’tilgan huquqlari, jamiyatdagi o’rni
mamlakatning konstitutsiyasida, maxsus qaror yoki
qonunda yozib qo’yilgan va ularga rioya qilish, ularni bajarish barcha fuqarolardan talab
qilinadi. Ya’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o’zboshimchalik, zo’ravonlik, qonunsizlikga
o’rin qo’ymaydi. Chunki, bunday xatti-harakatlar fuqarolik haqidagi qonunga xilofdir.
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan,
feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya
va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo’la boshladi
va ilk bor “shaharli“ ( fransuzcha “situayyan”, inglizcha “situzen”, ruscha “gorojanin-
grajdanin” va h. k ), ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feudal munosabatlardan ozod
degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi
“grajdanlik” so’zi o’rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga
chiqib olgach, o’z oldiga
asrlar davomida o’zbek xalqi orzu qilgan demokratik, adolatli, fuqarolar jamiyati va
huquqiy davlat qurish vazifasini qo’ydi, qabul qilgan fuqarolik to’g’risidagi huquqiy
hujjatlarda esa o’zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi.
Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki
siyosiy- huquqiy tomondan
himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida
himoyalanishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi, yangi turdagi jamiyat va
shaxs o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqib, quyidagi ijtimoiy qoidalarga asoslanadi:
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlar tili, dinidan
qat’I nazar teng huquqliligi;
erkaklar va ayollarning tengligi;
fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, ijtimoiy mavqeidan qat’I
nazar qonun oldida tengligi;
fuqarolikni qay tarzda qilganligidan qat’i nazar, ularning huquqiy holatining bir xil
belgilanganligi;
butun O’zbekiston hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi;
“ikki davlat fuqarosi” bo’lish qonun bilan man etilganligi;
fuqarolikni olish va to’xtatish tartibi huquqiy hal etilganligi;
ota-onalarning fuqaroligi o’zgarganda bolalar fuqaroligining o’zgarishi tartibi aniq
belgilanganligi;
fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy aktlarni
qabul qiluvshi va ijrosini
tekshiruvchi davlat organlari tizimi birligi;
fuqarolik masalalariga oid qarorlar yuzasidan shikoyat qilish tartibining aniq
ravshanligi;
fuqarolik bo’yicha xalqaro shartnomalar turlari, xarakteri qonunda aniq
belgilanganligi.
1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to’g’risidagi
Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq
va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini
oily ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta’minlashga
va muhofaza qilishga
majburdirlar.
O’zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra O’zbekiston
Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O’zbekiston
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqaro tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa kishilarning
huquqlariga zid bo’lmasligi lozim. Har bir kishi Konstitutsiyada belgilangan
vazifalarni bajaradi, jamiyatning normal rivojlanishi uchun shu vazifalar bajarilishi
zarur.
Konstitutsiyaning qoidalariga bevosita amal qiladi va barcha davlat
idoralari, mansabdor
shaxslar, jamoat tashkilotlari, fuqarolar tomonidan ijro etilishi
majburiydir. Konstitutsiyada mustahkamlab berilgan barcha huquqlar va
erkinliklar sud yo’li bilan himoya qilinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan 1992-yil 2-iyulda
“O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi” qonunda fuqarolik
masalalari, uning huquqiy holati qonun yo’li bilan mustahkamlangan.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs
bilan davlatning doimiy
siyosiy- huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o’zaro huquq va
burchlarida ifodalanadi.
O’zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo’lishi huquqiga egadir.
Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum qilinishi
mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi o’z idoralari va mansabdor shaxslar
orqali fuqarolar oldida mas’uldirlar, fuqaro esa davlat oldida mas’uldir.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari bo’ladilar:
1.
Kelib chiqishi,
ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi,
ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlaridan, mashg’ulotining turi va
saviyasidan qat’iy nazar, ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston
Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lmagan
hamda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar;
2.
Davlat yo’llanmasi bilan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida
ishlayotgan, harbiy hizmatni o’tayotgan yoki o’qiyotgan shaxslar, agar ular
O’zbekiston Respublikasining hududida tug’ilgan bo’lsalar yoki doimiy
yashaganliklarini isbot qilgan bo’lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lsalar
va ushbu qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida O’zbekiston
Respublikasining fuqarosi bo’lishi istagini bildirgan bo’lsa;
3.
O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston
Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el
fuqarosi bilan yohud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tish,
shuningdek, bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligini
to’xtatishiga olib kelmaydi.