Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

 

 

 

 

 

 


 

KIRISH 

 

Ishbilarmon,  mardlik  va  shijoat 



sohibi,  azmi  qat`iy  tadbirkor  va 

xushyor  bir  kishi-  ming-minglab 

tadbirsiz, 

loqayd 


kishilardan 

yaxshidir 

 Amir Temur 

 

O`zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotini  mustahkamlash,  har  tomonlama 



rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o`tishni tezlashtiruvchi 

eng  asosiy  yo`llardan  biri  bu  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish 

hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan 

qo`llab- 

quvvatlanishi, 

xususiy 


tadbirkorlikda 

tashabbus 

ko`rsatish, 

uni 


rag`batlantirishga bag`ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. 

Bularning  hammasi  O`zbekiston  taraqqiyotining  poydevori  hisoblangan  barkamol 

avlodni etishtirishni taqozo etadi. 

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini 

tadbirkorlik,  omilkorlik  va  ishbilarmonlik  xislatlarisiz  tasavvur  etish  qiyin.  Erkin 

bozor  munosabatlarining  keng  ravnaq  topishi  kishilar  hayotida,  ularning  turmush 

tarzida, ma`naviy va hayotiy ko`nikmalarida namoyon bo`lmoqda.  

Bugungi  kunda  mamlakatimiz  Jahon  bankining  ma`ruzasida  keyingi  yillarda 

tadbirkorlik  faoliyati  uchun  ishbilarmonlik  muhitini  yaxshilash  sohasida  eng  yaxshi 

natijalarga erishgan dunyodagi o`nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.  

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 

ustuvor  yo`nalishlariga  bag`ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  ma`ruzasida 

keng  ko`lamda  olib  borilayotgan  islohotlar  natijasida  yalpi  ichki  mahsulotimizda 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  ulushi  2000  yildagi  31  foizdan  bugungi 

kunda 56,7 foizga etgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta`kidlab o`tdilar.  

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  qo`llab  quvvatlanishi  nafaqat 

iqtisodiyotni  muttasil  rivojlanishi,  xo`jalik  aloqalarini  tuzatish,  raqobatni 

rivojlantirish  va  iste`mol  bozorini  to`ldirish  bilan  bog`liq  bo`lgan  iqtisodiy 

maqsadlarni ham ta`minlamoqda. 

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo'lgan xususiy 

mulk  ustuvorligini  mustahkamlaydigan  barqaror  qonunchilik  bazasi  yaratilganini 

qayd  etish  zarur.  O'rta  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish,  mamlakat  iqtisodiyotini 

barqaror  yuksaltirish,  yangi  ish  o'rinlari  yaratish  va  aholi  daromadini  oshirishning 

muhim  omili  bo'lgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  jadal  rivojlantirish 

bo'yicha  qulay  ishbilarmonlik  muhiti  hamda  ishonchli  huquqiy  kafolatlar 

yaratilmoqda.

 

   



  

 



 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin