Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

 

 

 


21 

 

XULOSA 



 

Tadbirkorlik  deganda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  mahsulot 

ishlab  chiqarish  (xizmatlar  ko`rsatish)  yo`li  bilan  tavakkal  qilib,  o`z  mulkiy 

javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi. 

Tadbirkorlikning  shakllanishi  va  rivojlanishi  uchun  iqtiso-diy,  siyosiy, 

ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim. 

Tadbirkorlik  ijtimoiy  munosabatlar  namoyon  bo`lishining  shakllaridan  biri 

sifatida  faqat  jamiyatning  salohiyatini  oshi-rishga  ko`maklashib  qolmay,  balki 

har  qanday  insonning  qobi-liyati  va  mahoratini  namoyon  qilish  uchun  qulay 

zamin  yaratadi,  milliy  boyliklarning ko`paytirishga va  jahon  integrastiyalashuvi 

jarayonida  milliy  ruhni  saqlab  qolishga  yordam  beradi.  Shuning  uchun 

tadbirkorlikni  rivojlantirishga  va  uning  huquqiy  bazasi-ni  mustahkamlashga 

davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda. 

O`zbekistonda  tadbirkorlik  faoliyatining  ishlab  chiqarish,  tijorat,  moliya 

va  maslahat  tadbirkorligi  kabi  turlari  keng  rivoj  topmoqda.  Mamlakatimizda 

tadbirkorlikning  yakka  tar-tibdagi,  xususiy,  jamoa  va  aralash  shakllari  faoliyat 

ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topa-di. Firma 

–  muayyan  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqarishga  va  xizmat  ko`rsatishga 

ixtisoslashgan,  bozordagi  talab  va  taklifga  qarab  ish  tutadigan,  iqtisodiy 

jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko`p. Ularni  

- xususiy firmalarga;  

- shirkat firmalariga;  

- davlat korxonalariga;  

- aralash firmalarga ajratish mumkin. 

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari 

bo`lib  hisoblanadilar.  Ulardagi  xodimlarning  o`rtacha  soni  qonun  tomonidan 

belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak. 

Kichik  korxonalar  fuqarolar,  oila  a`zolari  va  boshqa  shaxslar  tomonidan,  davlat, 

ijara,  jamoa,  qo`shma  korxonalar,  hissadorlik  jamiyatlari,  xo`jalik  uyushmalari,  jamoat 

tashkilotlari  tomonidan  yoki  mulk  egasining  roziligi  bilan  jamoa  tashabbusi  asosida 

amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi. 

Xorijiy  mamlakatlarda  kichik  korxonalarni  belgilovchi  mezon-lar  bo`lib, 

xodimlar  soni,  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  miqdori,  sotish  hajmi  va  asosiy 

kapitalning balans qiymati hisoblanadi. 

O`zbekistonda  esa  kichik  biznesni  belgilovchi  mezon  bo`lib,  unda  ishlovchi 

xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi. 

O’zbekistonda  amalga  oshirila

yotgan  iqtisodiy  islohotlarning  hozirgi  bosqichi 

kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  unga  keng  iqtisodiy  erkinlik 

berish  bilan tavsiflanadi. Shu  jihatdan, hozirgi kunda  respublikamizda kichik biznes 

va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.   

 

 



 


22 

 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin