11
3. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va
yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy
va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga
bo`linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha
ifoda etish mumkin (2-chizma).
Tadbirkorlik faoliyati turlari
Ishlab
chiqarish
Tijorat
Moliyaviy
Konsalting-lar
Innovastion
Savdo
Bank
Umumiy
boshqarish
Ilmiy-texnik
Savdo-xarid
Sug`urta
Ma`muriy
boshqaruv
Tovar ishlab
chiqarish
Savdo-
vositachilik
Auditorlik
Moliyaviy
boshqarish
Xizmat
ko`rsatish
Tovar
birjalari
Lizingli
Xodimlarni
boshqarish
Iste`mol
tovarlari ishlab
chiqarish
Fond
birjalari
Marketing
Iste`mol
xizmatlari
ko`rsatish
Ishlab
ichqarishni
boshqarish
Axborot
Axborot
texnologiyasi
2-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari
Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak
xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar
ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga
keladi.
12
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat
tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va
xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi,
chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab
chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa
bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga
kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan
iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi
mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muas-
sasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting
(maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat
bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti
guvohlik beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib
keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab
chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish,
xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish
tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir
ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa
mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab
olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan
shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial
iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi
tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar
o`rtasida
shartnoma
tuzilishi
bilan
yakunlanadi.
Tuzilgan
shartnoma
tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar
amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish
faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan
mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan
hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning
mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki
bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Venchur biznesi, ya`ni innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha
rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi
texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog`liq. Venchur biznesi yuqori tex-
nologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish
bilan bog`langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya`ni ma`lum
tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan
shug`ul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning
daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq.
Shuni ta`kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni
rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Venchur biznesi o`zining egiluvchanligi
13
bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator
ustuvorlikka egadir.
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga
binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
- yakka tartibdagi tadbirkorlik;
- xususiy tadbirkorlik;
- jamoa tadbirkorligi;
- aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng
oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respubli-
kasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga
muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga
oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish
bilan shug`ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi:
- shaxsiy tadbirkorlik;
- birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy
tadbirkorlik
tushunchasi
«Tadbirkorlik
va
tadbirkorlar
faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha
bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi
tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan
foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan
mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka
quyidagilar kiradi:
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy
tadbirkorlik;
- dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga
oshiriladigan dehqon xo`jaligi;
- o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk
negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor
sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi
haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish
reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i
ochish, soliq
organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun
asos bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da
xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda)
olish
maqsadida
amaldagi
qonunchilik
asosida
amalga
oshiriladigan
tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
14
Xususiy
tadbirkorlikning
yakka
tartibda
faoliyat
ko`rsata-yotgan
tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar o`z faoliyatini
yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish
ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan
mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil
qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma
– muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga
ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan
erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka
xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko`p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin
(3-chizma).
Dostları ilə paylaş: