Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

 

 


11 

 

3. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari 



  

Tadbirkorlik  faoliyati  turlari  xilma-xildir.  Faoliyat  maqsadi,  turi  va 

yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy 

va konsalting turlarini ajratish mumkin. 

Qayd  etilgan  ushbu  tadbirkorlik  faoliyatining  har  bir  turi  kichik  turlarga 

bo`linadi.  Mavjud  tadbirkorlik  faoliyati  turlarini  chizma  shaklida  quyidagicha 

ifoda etish mumkin (2-chizma). 

 

 



 

Tadbirkorlik faoliyati turlari 

 

 

 



 

 

 



 

Ishlab 

chiqarish 

 

Tijorat 

 

Moliyaviy 

 

Konsalting-lar 

 

 



 

 

 



 

 

Innovastion 



 

Savdo 


 

Bank 


 

Umumiy 


boshqarish 

 

 



 

 

 



 

 

Ilmiy-texnik 



 

Savdo-xarid 

 

Sug`urta 



 

Ma`muriy 

boshqaruv 

 

 



 

 

 



 

 

Tovar ishlab 



chiqarish 

 

Savdo-



vositachilik 

 

Auditorlik 



 

Moliyaviy 

boshqarish 

 

 



 

 

 



 

 

Xizmat 



ko`rsatish 

 

Tovar 



birjalari 

 

Lizingli 



 

Xodimlarni 

boshqarish 

 

 



 

 

 



 

 

Iste`mol 



tovarlari ishlab 

chiqarish 

 

 

 



Fond 

birjalari 

 

Marketing 



 

 

 



 

 

 



 

Iste`mol 

xizmatlari 

ko`rsatish 

 

 

 



 

 

Ishlab 



ichqarishni 

boshqarish 

 

 

 



 

 

 



 

Axborot 


 

 

 



 

 

Axborot 



texnologiyasi 

2-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari 

 

Ishlab  chiqarish  tadbirkorligini  tadbirkorlik  faoliyatining  asosiy  turi  desak 



xato  bo`lmaydi.  Zero,  bunday  tadbirkorlik  faoliyati  tufayli  mahsulot,  tovarlar 

ishlab  chiqariladi,  xizmat  ko`rsatiladi,  ma`lum  ma`naviy  qadriyatlar  yuzaga 

keladi. 



12 

 

O`zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o`tishning  dastlabki  yilla-rida  tijorat 



tadbirkorligi  yaxshi  rivojlandi.  Tadbirkorlik  faoliyatining  bu  turi  tovar  va 

xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, 

chunki  bu  sohada  qisqa  vaqat  orasida  daromad  olish  mumkin.  Agar  ishlab 

chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa 

bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi. 

Moliyaviy  tadbirkorlik  tadbirkorlik  sohasining  alohida  olingan  turiga 

kiradi.  Uning  faoliyat  sohasi  qiymatlarni  alma-shinishi  va  almashtirilishidan 

iborat.  Moliyaviy  faoliyat  ish-lab  chiqarish,  tijorat  sohasini  ham  qamrab  olishi 

mumkin.  Shu-ningdek,  moliyaviy  tadbirkorlik  mustaqil  bank  va  sug`urta  muas-

sasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi. 

Keyingi  vaqtda  O`zbekistonda  tadbirkorlik  faoliyatining  konsalting 

(maslahat)  turi  rivojlanmoqda.  Bu  tadbirkorlik  turi  ko`p  yo`nalishlardan  iborat 

bo`lib,  kelajakda  yaxshi  rivojlanib  ketishiga  jahon  iqtisodiyoti  taraqqiyoti 

guvohlik beradi. 

Tadbirkorlik  faoliyati  turlari  nisbatan  mustaqil  bo`lib,  bir-birini  to`ldirib 

keladi.  Tadbirkorlik  faoliyatining  barcha  turlarini  belgi-lab  beruvchi  ishlab 

chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. 

Innovastion,  ilmiy-texnik  faoliyat,  tovarlarni  bevosita  ishlab  chiqarish, 

xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish 

tadbirkorligiga  kiradi.  Ishlab  chiqarish  bilan  shug`ullanmoqchi  bo`lgan  har  bir 

ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa 

mahsulot  ishlab  chiqarishini,  qanday  xizmat  ko`rsatishini  oldindan  belgilab 

olishi  lozim.  Shu  ish  amalga  oshgandan  keyin  tadbirkor  marketing  bilan 

shug`ullanadi.  Tovarga  bo`lgan  talabni  bilish  maqsadida  u  tovarning  potenstial 

iste`molchilari,  xari-dorlari,  ulgurji  va  chakana  savdo  bilan  shug`ullanuvchi 

tashki-lotlar  bilan  aloqa  qiladi.  Muzokaralar  ishbilarmon  va  bo`lajak  xaridorlar 

o`rtasida 

shartnoma 

tuzilishi 

bilan 


yakunlanadi. 

Tuzilgan 

shartnoma 

tadbirkorlikdagi  tavakkalchilikning  oldini  olishga  imkon  beradi.  Shu  ishlar 

amalga  oshmasa,  tadbirkor  faqat  og`zaki  va`dalar  asosida  ishlab  chiqarish 

faoliyatini  boshlaydi.  Shakllangan  barqaror  bozor  sharoitida  rivojlangan 

mamlakat-larda  og`zaki  kelishuvlar  ishonchli  kafolat  bo`lib,  kerak  bo`lgan 

hollarda  shartnoma,  bitim  shaklida  rasmiylashtiriladi.  Biroq,  bizning 

mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyoti  endi  shakllanayotgan  davrda  og`zaki 

bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir. 

Venchur  biznesi,  ya`ni  innovastion  tadbirkorlik  keyingi  vaqtda  ancha 

rivojlandi  va  u  tavakkal  biznesi  turiga  kiradi.  Biznesning  bu  turi  yangi 

texnologiyalarning  joriy  etilishi  bilan  bog`liq.  Venchur  biznesi  yuqori  tex-

nologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish 

bilan  bog`langan.  Bu  sohalarda  samara  olinishi  kafolatlanmagan.  Ya`ni  ma`lum 

tavakkalchilik  mavjud.  Yangi  va  eng  yangi  texnologiyalarni  joriy  qilish  bilan 

shug`ul-lanuvchi  ilmiy-texnika  firmalarga  venchur  firmalar  deyiladi.  Ularning 

daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq. 

Shuni  ta`kidlash  kerakki,  kichik  korxonalar  innovastion  tadbirkorlikni 

rivojlantirishda  katta  rol  o`ynaydi.  Venchur  biznesi  o`zining  egiluvchanligi 




13 

 

bilan  innovastion  ishbilarmon-likning  boshqa  shakllariga  qaraganda  qator 



ustuvorlikka egadir. 

O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga 

binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: 

- yakka tartibdagi tadbirkorlik; 

- xususiy tadbirkorlik; 

- jamoa tadbirkorligi; 

- aralash tadbirkorlik. 

Yakka  tartibdagi  tadbirkorlik  –  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishning  eng 

oddiy  shakli  bo`lib,  uni  tashkil  qilish  tartibi  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respubli-

kasida  xususiy  tadbirkorlik  to`g`risidagi  Nizom»  bilan  belgila-nadi.  Ushbu  nizomga 

muvofiq  yakka  tadbirkor  o`z  faoliyatini  yuridik  shaxs  tashkil  qilmay  amalga 

oshirishi  mumkin.  Yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  odatda  mayda  ishlab  chiqarish 

bilan shug`ullanadilar. 

Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: 

- shaxsiy tadbirkorlik; 

- birgalikdagi tadbirkorlik. 

Shaxsiy 


tadbirkorlik 

tushunchasi 

«Tadbirkorlik 

va 


tadbirkorlar 

faoliyatining  kafolatlari  to`g`risida»gi  qonunning  15-moddasida  quyidagicha 

bayon  etiladi:  «Shaxsiy  tadbirkorlik  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarning  o`zi 

tomonidan  mulk  huquqida,  shuningdek,  mulkka  egalik  qilish  va  (yoki)  undan 

foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan 

mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi». 

Ushbu  qonunning  16-moddasiga  binoan  birgalikdagi  tadbirkorlikka 

quyidagilar kiradi: 

-  er-xotinning  umumiy  mol-mulki  negizida  amalga  oshiriladigan  oilaviy 

tadbirkorlik; 

-  dehqon  xo`jaligining  umumiy  birgalikdagi  mulki  negizida  amalga 

oshiriladigan dehqon xo`jaligi; 

-  o`zlariga  umumiy  ulushi  mulk  huquqida  tegishli  bo`lgan  umumiy  mulk 

negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi. 

Yuridik  shaxs  tashkil  qilmay,  o`z  faoliyatini  amalga  oshiradigan  tadbirkor 

sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi 

haqidagi  guvoxnoma  beriladi  va  u  jismoniy  shaxslarni  ro`yxatdan  o`tkazish 

reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i

 

ochish, soliq 



organlaridan  ro`yxatdan  o`tish,  muhr  va  boshqa  rekvizitlarni  tayyorlash  uchun 

asos bo`lib hisoblanadi. 

O`zbekistan  Respublikasida  «Xususiy  tadbirkorlik  to`g`risidagi  Nizom»da 

xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan: 

Xususiy  tadbirkorlik  –  bu  fuqarolar  (alohida  fuqaro)  tomo-nidan  o`zlarining 

tavakkalchiliklari  va  mulkiy  javobgarliklari  ostida,  shaxsiy  daromad  (foyda) 

olish 

maqsadida 



amaldagi 

qonunchilik 

asosida 

amalga 


oshiriladigan 

tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir. 




14 

 

Xususiy 



tadbirkorlikning 

yakka 


tartibda 

faoliyat 

ko`rsata-yotgan 

tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar  o`z  faoliyatini 

yollanma  ishchi  kuchi  yordamida  olib  boradilar.  Ular  yuridik  shaxs  sifatida  ish 

ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar. 

Jamoa  tadbirkorligi  –  bu  bir  guruh  fuqarolarning  o`zlariga  ma`qul  bo`lgan 

mulkchilik  shakllarida  jamoalarga  birlashib,  jamoa  korxonalarini  tashkil 

qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. 

Jamoa  tadbirkorligi  faoliyati  firmalar  faoliyatida  o`z  ifodasini topadi.  Firma 

–  muayyan  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqarishga  va  xizmat  ko`rsatishga 

ixtisoslashgan, bozordagi  talab va taklifga  qarab ish  tutadigan,  iqtisodiy  jihatdan 

erkin va mustaqil korxonadir. 

Xususiy  firma  deganda  ayrim  shaxs  yoki  oilaga  tegishli  bo`lgan,  yakka 

xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi. 

Firmalarning  turlari  juda  ko`p,  ularni  chizmada  quyidagicha  tasvirlash  mumkin 

(3-chizma). 

 

 



 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin