Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni


 O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

4. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 

rivojlantirish yo`nalishlari 

 

O`zbekistonda  ijtimoiy  yo`naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etishning  asosiy 



maqsadlaridan  biri  mamlakatda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  shakllarini 

ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar 

o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik 

faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga 

ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda 

xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli 

bormoqda.  

Kichik  biznes  faoliyati  bilan  shug`ullanuvchi  korxonalar  davlatga  bog`liq 

bo`lmagan  holda,  ya`ni  katta  kapital  mablag`larsiz  o`zlari  ish  joylarini  joriy 

etishlari,  vaqtinchalik  mavjud  bo`lgan  tovarlar  tanqisligini  kamaytirishlari  va, 

hattoki,  bu  tanqislikni  butunlay  yo`qotishlari  mumkin.  Hozirgi  jamiyatimizda 

kichik  korxonalar  faoliyatini  ayrim  kishilarning  ehtiyojlarini  qondirish  sari 

yo`naltirish  zarur.  Bu  narsa  maishiy  xizmat  ko`rsatish  hamda  xalq  iste`moli 

tovarlari  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaqqol  ko`rinmoqda.  Kichik  korxonalar 

texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega. 

Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari 

soni  va  ular  ishlab  chiqargan  mahsulotlar  hajmi  yildan-yilga  oshib  bormoqda. 

Kichik  korxonalar  O`zbekistan  Respublikasining  «Korxonalar  to`g`risida», 

«Mulk  to`g`risida»,  «Erkin  tadbirkorlik  faoliyati  kafolatlari  to`g`risida»gi  kabi 

qonunlari,  Prezident  farmon-lari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  boshqa 

me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti 

sharoitida  sano-atning  etakchi  sohalarini  yangi  texnologiyalarga  o`tishda  tobora 

o`z  o`rnini  topib  bormoqda.  Ular  yangi  fikrlar  va  ishlab  chiqarishni 

takomillashtirish,  yangi  axborot  texnologiyalarini  joriy  qilish  bilan  ish 

jarayonini  ta`minlovchi  butun  tizimni  asosiy  bog`lovchilik  sifatini  o`zlarida 

namoyon etmoqdalar. 

Bugungi  kunga  kelib,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub`ektlari 

mamlakatimiz  iqtisodiyotining  barcha  jabhalarida,  mashinasozlik  mahsulotlari 

ishlab  chiqarishda,  xalq  iste`moli  mollarini,  qishloq  xo`jaligi  va  oziq-ovqat 

mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  korxonalari  ishlab  chiqargan 

mahsulot  davlat  korxonalarida  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlardan  sifati  jihatidan 

qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. 

Respublikamizdagi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub`ektlari 

faoliyatining  60-70  foizi  bevosita  ishlab  chiqarish  bilan  uzviy  bog`langan,  ular 

fermerlar,  dehqonlar,  sanoatchilar  va  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlarini  qayta 

ishlovchilar va hokazolardir. 

Xususiy  tadbirkorlik,  kichik  biznesni  jadal  rivojlantirish  asosida 

mulkdorlar  sinfini  shakllantirish,  tegishli  institutlar  tizimini  tashkil  etish,  kichik 

va  xususiy  tadbirkorlik  faoliyati  sohasiga  kredit  resurslarini  keng  jalb  qilish  va 



17 

 

xorijiy  sarmoyalar  olib  kirish  uchun  maqbul  sharoit  yaratish  maqsadida 



O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1998  yil  9  apreldagi  «Xususiy 

tadbirkorlik,  kichik  va  o`rta  biznesni  rivojlantirishni  yanada  rag`batlantirish 

chora-tadbirlari  to`g`risida»gi  Farmoniga  o`zgartirish  va  qo`shimchalar  kiritish 

haqida»gi  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003  yil  30  avgustda  PF-

3305-sonli Farmoni qabul qilindi.   

Kichik  korxonalar  yirik  kompaniyalarga  nisbatan  ular  bozor  sharoitiga  tez 

moslashadilar  hamda  ishlab  chiqargan  mahsulotlarini  bozorda  muvaffaqiyatli 

o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z 

faoliyatlarini  tor  ishlab  chiqarish  dasturlariga,  ilg`or  texnologiyaga,  kam 

turkumli  ilm-fan  talab  qiladigan  mahsulotlar  chiqarishga  tezda  moslaydilar 

hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar. 

Mulkchilik  shakllariga  ko`ra  kichik  korxonalarning  quyidagi  turlarini  ajratib 

ko`rsatish mumkin: 

1.  Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 

2.  Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 

3.  Fuqarolarning  mulkiga  asoslangan  yakka  tartibda  ishlay-digan  kichik 

korxonalar. 

4. Ijara korxonalari. 

5. Kichik qo`shma korxonalar. 

Respublikamizda  kichik  biznes  korxonalari  sonining  izchillik  bilan  ortishi, 

iqtisodiyotning  barcha  sektorlarida,  jumla-dan,  transport,  aloqa,  sog`liqni 

saqlash va boshqa noishlab chiqa-rish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham 

asta-sekin  rivojlanmoqda.    Kichik  biznes  korxonalarining  asosiy  eksporti  – 

qishloq  xo`jaligi,  to`qimachilik,  ishlov  beruvchi,  elektrotexnika  ishlab  chiqarish 

mahsulotlari hamda halq amaliy san`ati buyumlaridir. 

Yuqoridagi  tahlillar  shuni  ko`rsatadiki,  so`nggi  yillarda  O`zbekiston 

Respublikasida 

xususiy 

tadbirkorlik, 

kichik 

biznes 


faoliyati 

bilan 


shug`ullanuvchi  korxonalar  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  tashkil 

etilmoqda.  Shu  bilan  kichik  korxonalarning  iqtisodiyotdagi  o`rni  va  ahamiyati 

ortib  bormoqda.  Xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznesning  milliy  iqtisodiyotni 

rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: 

-  xususiy  tadbirkorlik  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  zarur  tezkorlikni 

ta`minlab,  ishlab  chiqarishdagi  chuqur  ixtisoslashuv  va  tarmoqlashgan 

kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi; 

-  bozor  uchun  zarur  bo`lgan  raqobatchilik  muhitini  yaratadi  hamda 

o`zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib 

olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; 

-  iste`molchilik  sohasida  yuzaga  keladigan  bo`shliqni  tezda  to`ldirishga 

qodir  bo`lib,  eng  zamonaviy  mashina  uskunalari  va  texnologiyadan  foydalanib 

sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tabdirkorlikning  xususiyatlari  (muomala 

kapitalining  kichikligi,  uning  tez  aylanuvchanligi,  ishlab  chiqarish  vositalarini 



18 

 

tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi 



imkoniyatlarini yaratadi: 

-  izlanish,  yangi  mahsulotlarni  maromiga  etkazish  va  o`zlashtirish, 

ularni  talabning  tez  o`zgarib  turishi  xatarini  hisobga  olgan  holda  kichik 

uyushmalarda ishlab chiqarish; 

-  tezkor  texnik  servisning  ishonchliligi  va  iste`molchilar  bilan 

mustahkam aloqalar o`rnatish; 

-  ishlab  chiqarishni  moslashuvchan  tarzda  tashkil  etish  va  mahsulot 

sotishni bozor  talablariga hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib 

borish; 

-  ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish; 

-  boshqarishning  oddiyligi,  katta  ma`muriy  apparatning  yo`qligi,  qurilish 

va  loyiha  quvvatlarini  o`zlashtirishda  qisqa  muddat,  kapital  sarflarining  tez 

o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; 

xom  ashyo  va  mehnat  resurslari,  ishlab  chiqarish  chiqindila-ridan 



to`liqroq va samaraliroq foydalanish. 

Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  hamda  u  bilan  bog`liq  barcha 

narsalar  zamonaviy  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tashkiliy  tuzilmasini  muhim  va 

tarkibiy  qismini  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  davlatimiz  iqtisodiyotini 

rivojlantirishda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikka  muhim  o`rin  ajratilib, 

ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. 

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish, 

sanoatning  ilg`or  tarmoqlarida  yangi  tex-nologiyalarga  o`tish  sharoitida  o`z 

o`rnini  topib  bormoqda.  Bunday  tadbirkorlik  yangi  axborot  texnologiyalarini, 

yangi  g`oyalar  va  ishlab  chiqarishni  modernizastiyalash  bilan  ishlashni 

ta`minlov-chi  butun  tizimning  ajralmas  qismini  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari, 

kichik  korxonalar  tavakkalchilik  xavfi  yuqori  bo`lgan  sharo-itlarda  ishlab 

chiqarishning ma`qul shakllaridan hisoblanadi. 

Kichik  korxonalar  texnologiya  yangiliklarini  joriy  etishda  ham  g`oyat  katta 

ahamiyatga  ega.  Yangi  texnologik  g`oyalarni  yirik  korxonalarga  nisbatan  tezroq 

qabul  qiladigan  kichik  biznesda  xatar  kamroq  va  katta  turkumdagi  ishlab 

chiqarishga  qaraganda  ishni  tezroq  yo`lga  qo`yish  mumkin.  Bu  esa  bizning 

sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. 

Iqtisodiyotning  umumiy  taraqqiyotini  ta`minlashda,  tovarlar  va  xizmatlar 

etishmovchiligini  bartaraf  etishda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  katta 

o`rin tutadi. Mehnat resurslari tez o`sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi 

o`ziga  xoslik  sharoitlarida  O`zbekistonda  kichik  korxonalar  tizimini  vujudga 

keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 

- erkin mehnat resurslarining, yangi xo`jalik munosabatlarining joriy etilishi, 

yangi  mulkchilik  shakllarining  paydo  bo`lishi  natijasida  ishlab  chiqarishda 

bo`shatiladigan  shaxslarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishga  ko`proq  jalb  etish, 

mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`lishi; 

-  aholining,  birinchi  navbatda,  yoshlarning,  moddiy,  ma`naviy  va  kasb 

darajasini ko`tarish; 



19 

 

-  aholining  sust  harakatchanligini  hisobga  olgan  holda  sanoat  ishlab 



chiqarishini  aholi  yashaydigan  joylarga  yaqinlashtirish  hamda  aholining  xalq 

iste`moli mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish; 

-  milliy  va  badiiy  hunarmandchilikni  tiklash,  shuningdek,  kichik  va  o`rta 

shaharlarni,  qishloq  aholi  punktlarini  rivoj-lantirishga  yordam  ko`rsatish, 

umuman,  har  bir  mintaqa  uchun  g`oyat  muhim  bo`lgan  iqtisodiyot 

samaradorligini oshirish. 

Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy 

ahamiyatini  e`tirof  etgan  holda,  uning  ahamiyatini  ortiqcha  baholab  yuborish  ham 

to`g`ri  emas.  Xususiy  tadbirkorlik  faqat  muayyan  doiradagina  faollik  ko`rsata 

oladi,  shu  sababli  kichik  biznes  faoliyatini  rivojlantirish  uchun  kerakli  sharoitni 

yaratish  zarur.  Buning  uchun  bizningcha,  moliya  jamg`armalarini  tashkil  etish 

kerak.  Bu  jamg`armalar  tadbirkorlar  tijorat  banklarida  imtiyozli  kreditlar  olish 

uchun  kafil  bo`lishlari,  subsidiyalarga,  shu  jumladan  qaytarib  berilmaydigan 

subsidiyalarga  (iqtisodiyotning  alohida  ustuvor  sohalaridagi  korxonalarni 

rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim. 

O`zbekistonda 

kichik 

korxonalarni 

moliyaviy 

qo`llab-quvvatlash 

tizimining  takomillashtirilishi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikka  xizmat 

ko`rsatadigan  banklar,  fondlar,  investiiyalar  va  sug`urta  tashkilotlarining 

faoliyatlarini  rag`batlantirish  yo`nalishida  olib  borilishi  lozim.  Xorijiy 

mamlakatlardagi  kabi  O`zbekiston  Respublikasida  ham  agar  korxona  ustuvor 

davlat  dasturida  (yangi  texnikani  yaratish,  uzoq  hududlarni  rivojlantirish  va 

boshqalar)  qatnashayotgan  bo`lsa,  imtiyozli  qarzlar  olishi  mumkin.  Bunda 

foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi 

asosiy shartlardandir. 

Kichik  korxonalar  faoliyatiga  oldindan  ko`rib  bo`lmaydigan  xilma-xil 

xatarli  vaziyatlar  katta  ta`sir  ko`rsatadi,  kon`yunkturaning  keskin  o`zgarib 

ketishi,  mijozlarning  to`lovga  qodir  bo`lmay  qolishi,  tabiiy  ofatlar  ularni  tang 

ahvolga  tushirib  qo`yadi.  Shu  sababli  rivojlangan  mamlakatlarda  sug`urtalar  tizimi 

yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bizning mamlakatimizda  ham  sug`urtalar  barpo  etilishi  zarur. 

Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo`lgan 

sohalarda)  qulay  sharoitlarni  kafolatlashi,  o`ziniki  bo`lgan  yoki  qarz  olingan  kapital 

bilan  tavakkal  qilib  ish  boshlagan  tadbirkorlarga  ishonch  va  zarur  barqarorlikni 

yaratishi kerak. 

Iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 

rivojlantirish 

respublikamizda 

o`tkazilayotgan 

iqtisodiy 

islohotlarning 

asosiy 


yo`nalishlaridan  biri  bo`lib  hisoblanadi.  Bu  esa  iqtisodiy  raqobatning  rivojlanishini, 

iste`mol  bozorini  tovarlar  va  xizmat  turlari  bilan  to`ldirishni,  shuningdek,  xususiy 

tadbirkorlarning  keng  qatlamini  yaratishni  taqozo  etadi.  Bularni  hisobga  olib, 

bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim: 

-  aholining  keng  tabaqalarini  bozor  faoliyatiga  olib  kirish,  ulardagi 

boqimandachilik,  iste`molchilik  psixologiyasini  bartaraf  qilish,  aholida  xususiy 

tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug`ullanish istagini uyg`otish; 

- qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer 

xo`jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, 



20 

 

hududlarda  kichik  korxonalar  tashkil  etish  yo`li  bilan  vaqtincha  ishsiz  yurgan 



kishilarni qo`shimcha ish joylari bilan ta`minlash; 

-  mintaqada  bozor  munosabatlari  va  infratuzilmani  jadallashtirish,  iqtisodiy 

raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

-  respublika  aholisining  ortib  borayotgan  talab  va  ehtiyojlarini  to`laroq 

qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; 

-  ko`rsatiladigan  xizmatlar  turini  va  miqyosini  keskin  oshirish,  bank,  auditorlik, 

konsalting  hamda  turli  vositachilik  faoliyatlarini  hozirgi  zamon  fan  va  texnikasi 

yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta`minlash; 

- korxonalarni boshqarish  samaradorligini  oshirish, ularning iqtisodiy  jihatdan 

mustaqil bo`lishlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; 

- joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga 

ko`ra  osonlik  bilan  moslashtira  oladigan  iste`mol  bozorini  tovar  bilan  to`ldirib, 

eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish. 

Ma`lumki,  respublikada  mehnatga  layoqatli  aholining  65  foizidan  ortiq  qismi 

qishloqlarda  yashaydi.  Bu  qishloq  joylarda  tadbirkorlikning  rivoji  uchun  juda  katta 

imkoniyatlar  mavjudligini  ko`rsatadi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  qishloq  xo`jaligi  ishlab 

chiqarishida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko`rsatish, qayta ishlash va 

shu  kabi  yo`nalishlarga  qayta  taqsimlash  kerak.  Qishloqda  tadbirkorlikni,  uning  kichik 

biznes  shakllarini  rivojlantirish  bilan  bog`liq  turli  boshqaruv  pog`onalarida  tashkiliy-

iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.  

Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  mamlakatimiz  miqyosida    quyidagi 

masalalarni hal qilish lozim: 

-  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlash  uchun  kadrlar  tayyorlash  va  ularning 

malakasini oshirish; 

- hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; 

-  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  moliyaviy  jihatdan  qo`llab-

quvvatlash; 

- kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; 

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta`minlashni 

qo`llab-quvvatlash; 

- islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga 

etkazish. 

  

 

 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin