Mavzu: O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhiti va unga ta`sir etuvchi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#37713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yonalishlari

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhiti va unga ta`sir etuvchi 

omillar 

 

O`zbekistonda  keng  ko`lamli  bozor  o`zgarishlarini  amatga  oshirish 



jarayonida  mulkdor  shaxslar  doirasi  kengayib  bormoqda.  Mamlakatimiz 

Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning 

asosiy,  eng  katta  maqsadi,  ustuvor  yo`nalishi  O`zbekistonda  haqiqiy  mulkdorlar 

sinfini  shakllantirishdan  iboratdir.  Bizning  qabul  qilgan  barcha  farmonu 

qarorlarimiz,  qonunlarimiz,  hamma  ishimiz  ana  shu  maqsadga  qaratilgandir.  Bu 

vazifalarni  hal  etmasdan  kutilgan  natijaga,  hayotimizda,  iqtisodiyotimizda 

istalgan o`zgarishlarga erishib bo`lmaydi».  

Bozor  islohotlarining  hozirgi  bosqichidagi  g`oyat  muhim  vazifa,  eng  avvalo, 

ishlab  chiqarish  sohasidagi  davlat  korxonalarini  xususiylashtirish  va  ular 

negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo`llab-

quvvatlash  orqali  mulkdorlar  sinfini  shakllantirishdan  iboratdir.  Jamiyatimiz 

uchun  yangi  bo`lgan  mana  shu  ijtimoiy  turni,  uning  faoliyat  sohalari  shakllarini 

o`rganishni  nazariya  ehtiyojlarigina  emas,  balki  amaliy  zaruriyat  ham  shart  qilib 

qo`ymoqda.  Bugungi  kunda  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilayotgan  yalpi  ichki 

mahsulotning  qariyb  80  foizi,  sanoat  mahsulotlarining  78  foizidan  ortig`i, 

qishloq  xo`jaligi  va  chakana  savdo  aylanmasining  deyarli  barcha  mahsulotlari 

nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelmoqda.  

Har qanday tadbirkorlik ma`lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki 

qishloq  miqyosida  olib  boriladi.  Tadbirkorlik  faoliyatini  samarali  olib  borish 

uchun ma`lum bir ishchi muhiti bo`lishi kerak. 

Bunday 

muhit 


ayrim 

hududlar 

miqyosida 

mujassamlanib, 

o`zida 

ishbilarmonlik  funkstiyalarini  amalga  oshirishni  mujassamlantirgan.  Umumiy 

holda  tadbirkorlik  muhiti  asosan  quyidagi  to`rtta  omil:  huquqiy,  siyosiy,  ijtimoiy 

va  iqtisodiy  omillarning  o`zaro  bog`likligi  natijasida  amalga  oshiriladi.  Ular 

ijobiy  yoki  rag`batlantirish  ko`rinishida  ham  shakllanishi  mumkin.  Ushbu  holda 

mamlakat  yoki  mintaqadagi  mavjud  shart-sharoitlar  tadbirkorlik  faoliyatini  olib 

borish uchun mos bo`ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan 

ishlarining  natijalari  qanday  bo`lishini  oldindan  ko`ra  bilishiga  keng  imkoniyat 

tug`diradi.  Tadbirkorning  o`z  ishi  natijalarini  oldindan  ko`ra  bilishi  tavakkallik 

tushunchasiga  teskari  holda  ifoda  etiladi.  Agar  tadbirkor  ma`lum  bir  muhitda 

tavakkalchilik  asosida  faoliyat  ko`rsatayotgan  bo`lsa,  u  holda  u  o`zgaruvchanlik, 

barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan 

ijobiy  muhitga  to`g`ri  kelmaydi.  Amalda  ko`p  hollarda  tadbirkorlik  muhitining 

ma`lum  bir  omili  tadbirkorning  ish  natijalariga  asosiy  ta`sir  ko`rsatadi,  deb 

bo`lmaydi.  Chunki,  tadbirkorni  ko`proq  tadbirkorlik  muhitini  belgilovchi  omil-

larning o`zaro bog`liqligi qiziqtiradi. 

Yuqorida  ta`kidlab  o`tilgan  omillardan  huquqiy  omillar  asosiy  omil  bo`lib 

hisoblanadi,  chunki  tadbirkorlik  faoliyatini  olib  borish  uchun  tadbirkorlik 

muhitida  amalga  oshirilishi  mumkin  bo`lgan  o`yinlar  qoidasini  ko`rsatib  beradi. 

O`yinlar  qoidasi  tushunchasi  ruxsat  etilgan  va  amalga  oshirilayotgan  ish 

(harakat)larni  o`z  ichiga  oladi.  Ruxsat  etilgan  ish  (harakat)larga  nisbatan  o`yin 



 

qoidalari  turli  shaklda  namoyon  bo`ladi.  O`yin  qoidalari  nima  qilish  mumkin-u  nima 



qilish  mumkin  emas  tamoyili  asosida  ishlab  chiqilishi  mumkin.  Bu  qoidalarda 

tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo`lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol 

ko`rsatilib berilishi kerak. Umuman olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini 

yuritish  yo`lidagi  barcha  qonunlar  (soliq,  er,  mehnat  munosabatlari)  va 

yo`riqnomalar  majmui  bo`lib,  tadbirkorlik  faoliyatini  tartibga  soladi  hamda 

tadbirkorning  iqtisodiy  jarayondagi  boshqa  sub`ektlar  bilan  munosabatini 

mujassamlantiradi. 

Huquqiy  bazaning  to`liq  yoki  bir  me`yorda  yuritilmasligi  tadbirkorlik  faolligi 

darajasiga  katta  salbiy  ta`sir  ko`rsatishi  mumkin.  Hozirgi  kunda  O`zbekiston 

Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil 

qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir. 

Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning 

ostida  millatning  qonunlarga  to`liq  rioya  qilishi,  ya`ni  insonlarning  ongida  qonunlar 

talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo`lishi tushuniladi. Agar, kerak bo`lgan 

barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tadbiq qilinmasa, 

bunday  jamiyatni  qonunlarga  bo`ysunuvchan  deb  bo`lmaydi  va  buni  tadbirkor  o`z 

faoliyatini yuritishda e`tiborga olishi shartdir. 

Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo`layotgan barcha hodisalarga davlatning 

munosabatini  va  ularga  davlatning  ta`sirini  belgilab  beradi.  Davlatning  tadbirkor 

faoliyatiga  qay  darajada  ta`sir  ko`rsatishi  yoki  aralashishi  kerakligi  ham  siyosiy  omil 

tushunchasiga  kiradi.  Bunday  aralashish  oldindan  belgilanmagan  yoki  belgilangan 

bo`lishi  mumkin.  Umuman  olganda,  tadbirkorlik  faolligi  darajasiga  davlatning 

munosabati rag`batlantirish yoki qo`shilishmaslik ko`rinishida namoyon bo`ladi. 

Har  bir  mamlakatda  tadbirkorlikning  rivojlanishiga  undagi  siyosiy  tizimning 

barqarorligi  katta  ta`sir  ko`rsatadi.  Agar  siyosiy  tizim  barqaror  bo`lmasa,  tadbirkorlar 

katta  investistiyalarni  jalb  qilmasdan  yuqori  darajadagi  foyda  olish  maqsadida  kichik 

muddatga mo`ljallangan turli xildagi operastiyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi. 

Siyosiy  ahvolning  barqarorligi  tadbirkorga  o`z  faoliyatini  strategik  jihatdan 

loyihalashtirish, ya`ni uzoq muddatga mo`ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini 

beradi. 


Ijtimoiy  omil  boshqalarga  nisbatan  o`zining  tarkibi  jihatidan  anchagina 

murakkab  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  uning  tarkibi  ko`pgina  elementlardan 

tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e`tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib 

kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi: 

-  jamiyatda mafkuraning holati; 

-  milliy urf-odatlar; 

-  millatning madaniy va maishiy odatlari; 

-  atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati; 

-  davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati. 

Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o`zida aks ettiradi. Narx-

navo tizimi, o`z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor 

tomonidan  jalb  qilinayotgan  ishlab  chiqarish  omillari,  ishchi  kuchi,  kredit  stavkasi 

miqdori hamda soliq va majburiy to`lovlarni o`z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat 

shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi. 




 

Tadbirkorlikni  davlat  tomonidan  ma`lum  bir  shart-sharoitlar  yaratilgandagina 



amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor  jamiyatdagi  ma`lum  bir 

vaziyatning  vujudga  kelishi  bilan  bog`liq  bo`lib,  undagi  siyosiy  va  iqtisodiy  vaziyat 

tadbirkorlik  faoliyatini  tarkib  toptirishga  yo`naltirilgan  bo`ladi.  Shuning  uchun  ham 

O`zbekiston  Respublikasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  qo`llab-quvvatlash 

bo`yicha  Prezidentimiz  I.A.  Karimov  tashabbusi  bilan  kerakli  qonunlar,  qarorlar, 

farmonlar  va  shu  kabi  huquqiy-me`yoriy  hujjatlar  qabul  qilingan  bo`lib,  ular  hayotga 

tadbiq  kelinmoqda.  Shu  bilan  birga  tadbirkorlik  faoliyatini  rag`batlantirish  maqsadida 

ikkita  fond:  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  kichik  biznesni  rivojlantirishga  ko`maklashish 

fondlari tashkil etilgan. 

Tadbirkorlik  faoliyatining  kelajagi  tadbirkorlik  muhiti  bilan  belgilanadi,  u  esa 

jamiyatdagi  ijtimoiy-iqtisodiy  vaziyatni  aks  ettiradi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  vaziyatga 

iqtisodiy  mustaqillik,  tadbirkorlar  sinfi,  iqtisodiy  aloqalarda  bozorning  ustuvorligi, 

tadbirkorlik  kapitalini  mujassamlantirish  sharoitining  mavjudligi  va  kerak  bo`lgan 

resurslarni ishlatish kiradi. 

Tadbirkorlikning  ijtimoiy  mustaqallik  darajasi  bozorda  vujudga  kelayotgan 

mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. 

Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish 

usullari  ma`muriy  yoki  direktiv  ko`rinishida  bo`lishi  mumkin  emas.  Ularning  asosiy 

tadbirkorlik  faoliyati  sub`ektlariga  ta`sir  qiladigan  choralardan  emas,  balki  shunday 

sub`ektlarning tarkib topishi yo`lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lishi 

kerak. 

Tadbirkorlik  muhitini  tarkib  toptirish  ko`p  jihatli  jarayon  bo`lib,  u  o`z  ichiga 

quyidagi tarkiblarni qamrab oladi: 

-  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  falsafaning  hamda  ular  bilan  bog`liq 

bo`lgan jamiyat a`zolari psixologiyasining o`zgarishi; 

-  tadbirkorlikni rag`batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi. 

Tadbirkorlikni  rivojlantirishning  asosiy 

maqsadi 


mamlakat  iqtisodiy 

o`sishining  qo`shimcha  manbai  sifatida  ijtimoiy  muammolarni  bartaraf  etishda  katta 

rol o`ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o`stirish va millatning 

farovonligi uchun xizmat qiladi. (1-chizma) 

 

Zamonaviy 



ijtimoiy-iqtisodiy 

falsafaning shakllanishi 

 

Tadbirkorlik 



muhitini shakllantirish 

 

Iqtisodiy 



faollikning alohida 

shakli sifatida 

tadbirkorlikni 

shakllantirish 

 

 

 



 

 

 



 

 

Ijtimoiy muhitni 



tarkib toptirish 

 

Tadbirkorlik 



infratuzilmasini 

shakllantirish 

 

Milliy boylik va 



milliy faravonlikning 

o`sishi 


 

 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin